So’zlar | Lug’at | 514
(511-605)
Amantu billahil vahid-il ahad-har bir narsaga butun muqaddas sifat va ismlari ila birdan yo’nalgan, zot va sifatlarida tengsiz va yagona bo’lgan Allohga iymon keltirdim
amin-qalbida qo’rquv va andishasi bo’lmasdan rohatda bo’lgan, qo’rquvsiz, o’zidan qo’rqilmagan, o’ziga ishonilgan, shubha qilmagan
Amiri Aliym-cheksiz ilm sohibi bo’lgan Amir, Alloh
Amiri Mutlaq-qaydsiz shartsiz har narsaga hokim bo’lgan (Alloh)
ammora-amr etgan, majbur etgan, jabr etgan
amniyat-aminlik, amin bo’lmoq holi, qo’rquvsizlik, tahlikasizlik; e`timod, ishonmoq; militsiya va xavfsizlik tashkiloti
amnu amon-qo’rqmaslik va ishonch holi
amnu omonat-ishonchlilik va to’g’rilik
amonati kubro-buyuk omonat, Alloh (J.J.) tarafidan berilgan cheklangan qobiliyat va san`at o’lchovlari ila Allohning (J.J.) chegarasiz va cheksiz sifat va ismlarini anglamoq va tanimoq vazifasi va majburiyati
amr olami-faqat bir Allohning amri ila ishlarning darrov bo’lgan olam, yaratilishga oid qonunlar olami
amri azaliy-Janobi Haqning azaliy irodasiga tayangan "Kun fayakun" amri azaliysi
amri beamoniy-mutlaq itoat istagan va aytganini qildirgan amr
amri botil-botil amr
amri Ilohiy-Allohning amri
Amri kun fayakun-Alloh (J.J.) bir narsaga "Bo’l" deya amr etsa (Ya`ni "Kun" desa) u narsa darhol bo’lar (ya`ni "Fa yakun")
amri nisbiy-qiyos bilan bo’lgan amr, oldingilariga yoki boshqalariga ko’ra bo’lgan ish yoki amr yoki hodisa, illati tomma istamagan va xorijiy vujudi bo’lmagan amr
amri sobit-sobitlashgan, aniq bo’lgan, joylashgan ilohiy qonunlar, amrlar
amri taqviniy-yaratilishga oid Ilohiy qonun va nizom; taqvinga doir ishlar, hodisalar, moddalar; fitriy qonunlar va Odatullohning ichiga olgan amirlari
amri e`tiboriy-haqiqatda, xorijda vujudi bo’lmasdan bor deb qabul qilingan amr, ish (insonning ishlari, kasbi kabi)
amriy qonun-Janobi Haqning ma`no va amr olamidan chiqqan vositasiz, to’g’ri ishlagan qonuni. Badanga ruhni kirgizib chiqarmoq kabi
Amriqo qit`asi-Amerika qit`asi
amvot-o’liklar, mayyitlar
ana-men; (*gram) birinchi shaxs olmoshi
anbiyo-nabiylar, payg’ambarlar
andar-juda nodir,*ichida
anfusiy-bir kishiga maxsus nazar va fikrlash; nafsga, o’z hayotiga oid, dohilga oid (sub`yektiv)
anfusiy sayr- Allohni (J.J.) tanish va bilish uchun insonning ma`naviy qilinishida va toshigan xususiyatlari ustida qilingan ma`naviy tadqiqot va sayr
anis-do’st
anoniyat-menlik, o’ziga ishonmoq, o’ziga tayanmoq; insonda bo’lgan yaxshi xususiyatlarni o’zidan bilmog’i
anoniyati insoniya-insonning faqatgina o’ziga ishonishi, menlik
anvo-navlar, turlar
anvo-i i`joz-mo’`jizalikning, ustun vasf va go’zallikning turlari
anvo-i i`jozi Qur`on-Qur`onning farqli taraflardan mo’`jizaligi
anvo-i tavhid-tavhidning navlari, tur va martabalari
Аудио мавжуд эмас