So’zlar | Lug’at | 516
(511-605)
arshiy va sullamiy-borliqlarning zanjirli sabablar natijasida bir-birini maydonga keltirgan nazariyasi bo’lgan "davr va ketma-ketlik"ning botil bo’lganini isbotlamoq uchun qo’llanilgan mantiqiy bir dalil
arshin-taxminan 68 sm.lik uzunlik o’lchovi
Arsh-ur Rahmon-Rahmon bo’lgan Allohning arshi, kechirgan va yordam bergan eng yuksak Ilohiy maqom
Asari itqoni san`at-sog’lom va kamchiliksiz san`at asari
asbobi ifsod-buzuvchi va buzg’unchi sabablar
Asbobi nuzul-tushishining sabablari; Qur`oni Karim oyatlarining kelishiga (Jabroil Alayhissalom vositasi ila tushirilishiga) sabab bo’lgan hodisalar
asfali sofiliyn-pastning eng pasti, Jahannamning eng past tabaqasidagilar
asl parchalar-asos moddalar-atomlar va molekulalar
asliy-aslga oid va bog’liq
asliy jihozlar-vujudda asos tashkil etgan parchalar va qismlar, unsurlar
asliyat-aslning xususiyati va holi, xususiylik; boshqa narsalar qo’shilmagan bir narsaning ilk holi
Asmo-i Fotir-yaratganning yaratgan narsasidagi asl va hokim ismi (yomg’irni Rahmon ismi ila yaratishi kabi)
asmoyi husna-Allohning go’zal ismlari
Asoyi Muso-Muso Alayhissalomning hassalari
asorat-asirlik, qullik
Asorati hayvoniy-hayvon kabi yashamoq, nafsiga asir bo’lmoq
asos zarralari-asos molekulalar
asosga oid zarralar-asos qilinish bilan bog’liq eng kichik parchalar (molekulalar, atomlar va efir moddasi)
Asri Saodat-saodat asri, Payg’ambar Afandimizning (S.A.V.) payg’ambar bo’lib dunyoda bo’lgan davr
asri hozir-hozirgi asr
asror-sirlar, yashirin hikmatlar va ma`nolar, bilinmagan narsalar; kayf bergan zahar, narkotik modda; qo’lida va kaftida bo’lgan chiziqlar
asror-angiz-sirli, yashirin
asrori jahannam va jinon-Jannat va Jahannamning sirlari
asrori shahodat-shahodat sirlari
asg’ar-eng kichik, yanada kichik
ato-lutf, ehson
atrofi fazo-fazo bo’shlig’i, koinotning har tarafi
Attaxiyyatu lillah-butun maxluqotning hayotlari, so’z va hol tillari ila Xoliqlari bo’lgan Allohga (J.J.) qarshi qilganlari hamdlar, shukrlar, ma`naviy hayot hadyalari
Atuf-juda achinuvchi, juda marhamatli bo’lgan Alloh
atvor-hollar, harakatlar
avhom-soz-vahima bergan
av kama qol-aytilgani kabi, aytgani kabi; Hadisi Sharif lafzi ila aynan naql etishda bir xato bo’lmoq ehtimoliga binoan, mas`uliyatdan qutulmoq uchun bu kalom aytilar; "Bu naql etganim hadisning matnida bir xato bo’lsa, Payg’ambar (S.A.V.) aslida qanday aytgan bo’lsalar, aynan uni qasd etmoqdaman" demoqdir
avliyo-valiylar
avom-xalqdan bo’lgan, faqirlar sinfidan bo’lgan, johil tabaqasidan bo’lgan
Аудио мавжуд эмас