So’zlar | Lug’at | 527
(511-605)
haqqalyaqiyn-hech bir shubhaga yer bermas aniqlikda, yashab sinab anglamoq darajasidagi bir aniqlik ila
haq-namo-haqni ko’rsatgan
haqoiq-haqiqatlar
Haqoiqi nisbiya-nisbatga, o’lchovga ko’ra bo’lgan haqiqatlar
haqoiqi shariat-shariatning hukm va haqiqatlari
Haqoiqi g’aybiya-g’ayb olami, ko’rinmagan olamlarning haqiqatlari
haqparastlik-to’g’rilikdan ayrilmagan, to’g’rilikni jiddiy va samimiy sevgan
haqparastona-to’g’rilikdan va haqdan ayrilmasdan
haqandish-haqni o’ylagan, haqni izlagan, to’g’rilik uchun andisha etgan
haraka-Qur`on harflarini bir-biriga birlashtirib o’qilishini ta`minlagan va "a,i,u" ovozlarini bergan ishoralar; *harakat
Harakoti ajrom-ko’k jismlarining harakati
harb-urush
harbiy-dor-ul harbda bo’lgan va muslim bo’lmagan kishi, orada kelishuv qilinmagan dushman; urushga mansub va aloqador
harju fasod-fitna va fasod
harju-marj-aralash-quralash, chalkash
harom-halol bo’lmagan, Islomiyatcha va dincha man etilgan narsalar va amallar; Allohning izn bermagan, ta`qiqlagan narsalari, halolning ziddi bo’lgan narsa
harf ilmi olimlari-Qur`onning bir harfidan bir sahifa qadar sirlar topganliklarini aytgan va da`volarini u fanning ahliga isbot etganlar
harfiy ma`no-bir narsaning o’zini emas, boshqasini tanitib bildirgan ma`nosi, o’zidan boshqasini ko’rsatgan ma`no
harfiya-o’zi mustaqil bir ma`nosi va ta`siri bo’lmagani holda, o’z jinsidan bir to’daning ichida bo’lgan vaqti faqat bir vazifa bajargan narsalarga aytilar
hasan-chiroyli, husnli, go’zallik; go’zal bo’lmoq
hasana-yaxshilik, xayrli amal, Alloh roziligiga juda uyg’un ish
hasanot-go’zalliklar, yaxshi amallar, yaxshiliklar
Hasbiy-bepul, Alloh rizoligi uchun
hasmi beomon-marhamatni bilmagan dushman
hasmi tabiat-ilon-ilon tabiatli dushman
hasorat-zarar, ziyon, zalolatga tushmoq
hasr-qisqartirmoq, faqat bir narsaga maxsus qilmoq, bir narsa uchun vaqf etmoq
hasri muhabbat-muhabbatni bermoq, butun sevgini bir narsada to’plamoq
hassos-o’ta sezgir
hasf-tutilmoq, ishig’i so’nmoq, ko’rinmas holga kelmoq
hatif-ovozi eshitiladigan faqat o’zi ko’rinmaydigan jin toifasida bir borliq
hatlamoq-o’tmoq, o’tish
havas-tuyg’ular; *to’plamning yuksak qismi, boylar, ilm sohiblari; *xususiyatlar
havasot-orzu va nafsoniy istaklar; bo’sh, botil va gunohli narsalarga doir bo’lgan istaklar, havaslar
Havasoti sehrboz-har turli hiylalar ila havaslarni erkalatmoq
havl-kuch, quvvat; yil, sana; bir holdan boshqa holga o’tmoq; hiyla
havo-bo’sh istak, havas, zararli va gunohga eltguvchi havas
havo-i nasim-yengil va xush esgan shamol, ertalabki havo, toza havo
Аудио мавжуд эмас