So’zlar | Lug’at | 524
(511-605)
fe`liy duo-istanilgan bir narsaning ro’yobga chiqishi uchun lozim kelgan shartlarga va sabablarga tashabbus etmoq
fikr ahli-tafakkur sohiblari, fikrlashga ahamiyat berganlar, amal va ibodatdan ziyoda ilm va fikrga e`tibor berganlar
firdavs-Jannat, Jannatning oltinchi qavati; bo’ston
firdavsi ma`naviy-ma`naviy jannat
firoq-ayriliq
Firoq-ul ahbob-do’stlardan ayrilmoq, ahboblarning ayrilig’i
fir`avn-Misrda yashagan va Hz.Musoga (A.S.) ishonmagan, u ila urushgan va Allohga isyon etib ilohlik da`vo etgan hukmdor, fir`avn kabi ilohlik da`vo etganlarga ham bu ism berilar
fir`avniyat-Fir`avn kabi bo’lish, isyonkorlik ila Allohni tanimaslik, qaysarlik ila isyon etib xalqni buzuq yo’llarga, zalolatga va dinsizlikka chorlashga harakat qilmoq
fisq-gunoh, haqdan ayrilmoq; *fiqh-Allohning amrlarini tark va Unga isyon etmoq va to’g’ri yo’ldan chiqmoq, bundaylarga shariat tilida fosiq aytilar
fiston-xotinlarning bellaridan pastlarida kiyganlari keng va uzun ko’ylak
fitrat-tabiat, yaratilish, xilqat
fitrat jamiiyati-yaratilish nuqtai nazaridan hamma narsa ila aloqador va juda ko’p xususiyatli va ko’p narsaga muhtoj bo’lmoq
fitratan-yaratilishdan, yaratilish jihatidan
fitrati zishuur-idrok sohibining fitrati
fitriy-tug’ilishdan, yaratilishdan, fitratga oid, hayot qonunlariga uyg’un
fitriy ajal-har maxluqning yaratilish e`tibori ila Janobi Alloh (J.J.) tarafidan tayin qilingan o’rtacha umri; biologik umr
fitriy ehtiyoj-yaratilishdan kelgan ehtiyoj, insonning yeb-ichishga ehtiyoj sezishi kabi
Fitriy Shariat -Allohning (J.J.) yaratilish dunyosida qo’ygan qonunlar, koinotda butun borliqlarning harakatlarini va hodisalarni tartiblagan Allohning qo’ygan (J.J.) qonunlar tartibi
fizor-ovozli yig’lamoq
fizori istimdotkorona-yordam istar shaklda yig’lab yolvorib yig’lash
fojir-haqdan ayrilgan, haroma va gunohga sho’ng’igan yomon inson, gunoh qilgan
foil-ish qilgan, fe`lni ishlagan
Foili Hakiym-butun hikmat fe`llarining sohibi bo’lgan Alloh
foili muxtor-istagan shaklida erkin bo’lib ish qilgan (Alloh (J.J.))
Foili Zuljalol-cheksiz jalol va fe`l sohibi bo’lgan Alloh
foniy-o’tkinchi
fosiq-gunohkor, haq yo’lidan xorij bo’lgan, Allohning amrlariga qarshi zid harakat qilgan, katta gunohni qilgan yoki kichik gunoh qilishda bardavom bo’lgan
Fosiqi mahrum-gunoh qilishga tayyor bo’lgani holda fursat topolmagan
fotin-ul asr-asrning eng aqllisi va zakovatlisi
Fotir-o’xshashi bo’lmagan narsani yaratgan, g’aroyib ustun san`ati ila yaratgan, yaratuvchi Alloh (J.J.)
Fotiri Aliym-har narsani bilgan va har narsani o’xshovsiz suratda yaratgan Alloh
Fotiri Bemisol-g’aroyib ustun va mislsiz san`atlar ila har narsani o’xshovsiz yaratgan Alloh
Fotiri Hakiym-so’ngsiz hikmat sohibi bo’lgan yaratuvchi Alloh, har narsani foydali va g’oyali qilgan Alloh
Fotiri Hakiymi Zuljamol-go’zallik sohibi, hamma narsani foydali, hikmatli va yo’qdan yaratgan Alloh
Аудио мавжуд эмас