So’zlar | Lug’at | 522
(511-605)
dinor-avvallari qo’llanilgan oltin va muhrli pul
diqqat ahli-diqqatlilar, diqqat sohiblari
dirham-eski og’irlik o’lchov birligi, taxminan 3 gr, o’qqa deyilgan eski og’irlik o’lchovining 1/400 qadardir; shar`an o’rta kattalikda yetmish dona arpa og’irligi; eski vaqtlar qo’llanilgan va besh kurush qiymatidagi kumush pul, aqcha
diyonat-dindorlik, dinning hukmlariga rioya va lozimligicha amal qilmoq, din amrlarining husni ixtiyor ila tatbiqi, din ishlari
Dohil-ichkari, ich, ichida, ichkari kirgan
dohiliy-ichkariga oid
dohiya-i xilqat-yaratilish ajoyiboti
doim-davom etgan (doimiy, doimo)
Doimi Boqiy-cheksiz hayot sohibi bo’lgan Alloh
doira-i funun-fanlar doirasi
doira-i jahl-johillik doirasi
doira-i mumkinot-koinot, imkon olami, borligi va yo’qligi teng bo’lib, bor yoki yo’q bo’lmoq uchun Allohning tarjihiga (ustun tutmoq, bir narsani ikkinchisidan ortiq yoqtirmoq, ortiq e`tibor bermoq) muhtoj bo’lgan yaratilganlar doirasi (Allohdan tashqari har narsa doira-i mumkinotdandir)
doira-i nuroniy-nurli doira
doira-i oxirat-oxirat olami
doira-i vujub-hech bir zamon o’zgarmagan va mumkinotdan bo’lmagan olamlar (Allohning ismlari va sifatlari kabi)
domla-i dono-olimlarning domlasi, juda buyuk olim
domonkashi ta`siri haqiqiy-haqiqiy ta`sirdan qo’l-oyoq tortmoq
dona-i haqiqat-haqiqat urug’i
dono-i bi-mudoniy-tengsiz olim, ilmi yuksak kishi
dori baqo-so’ngsiz yashaladigan boshqa dunyo
dori dunyo-dunyo
dori saodat-saodat yeri bo’lgan Jannat
dori uxro-oxirat yurti
dorulfunun-universitet
dorus-salom-salomat yeri, hech bir tahlika va qo’rquv bo’lmagan qutulish va ishonch yeri bo’lgan Jannat
dur-marjon, marjon donasi
EDDAI-"ma`lum bir duochi, duochingiz, xayringizni istagan" ma`nosida imzo o’rnida yozilgan bir ta`bir
efir-butun koinotda bor bo’lib, har tarafni qoplagan latif jism; elektr, yorug’lik va haroratning tarqalishiga vosita bo’ladigan modda; ko’rinmaydigan, ammo mavjudligi barcha ahli ilm tarafidan qabul qilingan latif, yupqa, elastiksimon oquvchi jism
ehson-yaxshilik, lutf; saxiylik qilmoq; Allohni ko’rayotganday ibodat etmoq; chiroyli bilmoq
Ehsoni Ilohiy-Allohdan kelgan yaxshilik, Allohning lutfi
ehtimolot-ehtimollar
ehtimoloti kasira-bir qancha ehtimollar
ekl-ovqat yemoq
enam-xalq, butun yaratilgan borliqlar
e`timod-tayanmoq, ishonmoq
Аудио мавжуд эмас