So’zlar | Lug’at | 523
(511-605)
Falillahilhamd-hamd Allohga maxsusdir
falokati moziy-moziydagi falokatlar, o’tgan musibatlar
fan ahli-fan bilimlari ila shug’ullanganlar
Fanni Bayon Ma`oni-balog’at ilmining, ya`ni adabiyotning haqiqat, tashbeh, istiora, majoz, kinoya qismlaridan baxs etgan ilm shoxidir
fano-yo’qlik, yo’q bo’lmoq; o’tkinchi dunyo
fano-i nafs-nafsning o’limi, nafsga g’olib kelmoq
Faol-un Lima Yurid-"Qayyumiyatning siri ila va doimiy faoliyati ila har on istaganini istagani kabi qilar" ma`nosida bir oyat
farangi-Ovrupaga oid, g’arb ila bog’liq, Ovrupa tillari va yomonligi
fard-bir, yagona; o’xshashi bo’lmagan; *kishi, shaxs, individ
fardi favqulodda-favqulodda bo’lgan bir fard
Fardi Samad-har narsa O’ziga muhtoj bo’lgani holda O’zi hech bir narsaga muhtoj bo’lmagan fard, Alloh
fardoniyat-yolg’izlik, yagonalik, birlik
farj-tashqi tanosil a`zosi
faryodu fizor-yuksak ovoz ila baqirib hayqirmoq, yordam istamoq
farzi kifoya-i jihod-musulmonlarning hammasi bo’lmasdan, ammo bir qismining muhaqqaq qilishi kerak bo’lgan va bu shaklda farz bo’lgan jihod
farzi mahol-bo’lishi imkonsiz bo’lib, bor kabi qabul etilgan; bo’lmaydigan narsani bo’lgan kabi o’ylamoq
Farmoni A`zam-eng buyuk farmon, eng buyuk yozuvli amr
farmoni jalil-Janobi Haqning yuksaklardan kelgan farmoni
faroh-sevinch
farsh-yer, dunyo, zamin
far`iy-ikkinchi darajada bo’lgan, asosga oid bo’lmagan
far`iy masalalar-asosga oid bo’lmasdan tafsilotlarga doir bo’lgan masalalar
fasih-ochiq va tushuniladigan, tartibli va go’zal
fasohat-ochiq, to’g’ri va go’zal so’z so’ylamoq
fath-ochmoq, boshlamoq; zabt etmoq, qo’lga kirgizmoq, zafar, nusrat, foydali narsalarni qo’lga kirgizmoq uchun yo’llar ochmoq
Faxri Rasul-Rasululloh bo’lgan Hz.Muhammad (S.A.V.)
Faxri Risolat-payg’ambarlik muassasining faxrlanish sababi bo’lgan Payg’ambarimiz (S.A.V.)
faqd-ul ahbob-ahbobsizlik, do’stsizlik
faqr-faqirlik
favqiyat-ustunlik
favqulodda-mustasno va yuksak bir suratda, xususiy suratda, odatdan tashqari
Fayyozi Mutlaq-mutlaq va cheksiz fayz va to’kinlik sohibi bo’lgan Alloh
fayzi tajalliy-tajalliyning fayz va barakasi
fayzi Qur`on-Qur`onning fayzi, Qur`on bergan ilhom
fazl-iymon, saxiylik, ehson, karam, ilm, ma`rifat, ustunlik, hunar, inoyat; ortmoq
fazli Rahmon-Janobi Allohning Rahmoniyati ila mo’l rizq ehson etishi
fazo-i latif-go’zal ko’k olami
fazoyi koinot-koinot fazosi
Аудио мавжуд эмас