So’zlar | Lug’at | 554
(511-605)
muattal-tark etilgan; ishsiz, tanbal
muattila-ishga yaramaydigan holga keltirgan; Allohning sifatlarini inkor etgan falsafachi, Allohni inkor etgan
muaxxar-keyinga qoldirilgan, kechiktirilgan
muazzam-buyuk, katta
muazzini a`zam-eng buyuk muazzin bo’lgan Hz.Muhammad (S.A.V)
muballig’-bildirgan, eshittirgan
mubarro-toza, uzoq, pok
mubham-yaxshicha aniq bo’lmagan, mutlaq oshkora bo’lmagan, yashirin
muboh-na savob va na gunoh bo’lgan ishlar
muboraza-so’z ila tortishish, urushish
Mubtil-haqni botil ko’rgan, yo’q qilgan, foydasiz holga keltirgan
Mudabbir-tadbir qiluvchi, zararlarni chetlagan va foydalarni ta`minlagan ishlarni oldindan rejalab qilgan
Mudabbiri Rahiymi Zuljamol-hamma ishni oldindan, kelishini bilib turib shafqat ila va eng go’zal tarzda to’g’rilagan Janobi Haq
Mudabbiri Hakiym-hikmat ila tadbir etgan, har ishini juda tadbir va hikmat ila qilgan Janobi Haq
mudabbirona-Mudabbir bo’lganga yarashadigan suratda, tadbirli ravishda, har ishni oldindan rejalashtirib, diqqatli ravishda kelajakni o’ylab
mudaqqiq-tadqiq etuvchi
mudg’a-go’sht parchasi
muddatan-muddat bo’lib
mudohala-aralashish, qo’shilish; ishlarga va kerakli hollarga kerak bo’lgani uchun qo’shilmoq; zararli hol bor bo’lsa, ishga qo’shilib zararni daf qilishga urinmoq
mufarrah-zerikishdan, xafagarchilikdan qutulgan, xursand
mufassal-tafsilli, izohli
mufassalan-keng tafsilotli
mufassir-tafsir etgan, izoh etgan, tushuna olgan ma`noni aytgan va yozgan; Qur`oni Karimni tafsir eta olmoq salohiyatiga ega bo’lgan, olim, fozil va valiy quvvatiga (Janobi Haqning yordamiga mazhar bo’lgan quvvat) ega zot
mufassiri a`zam-eng buyuk mufassir
mufassiri Qur`on-Qur`onni tafsir etgan
mufattish-taftish etuvchi, tadqiq qiluvchi, tekshiruvchi, nazoratchi
Mufazzil-fazilatlantirgan, yaxshilik qilgan, evazsiz ne`mat bergan Alloh
mufozala-bir-biridan ustun bo’lish, birining boshqasidan ustunligi; fazilatli bo’lishda raqobat etmoq
muftaris-parchalovchi, yirtuvchi
muhabbati zotiya-Zoti Ilohiyaga muhabbat
muhabbatulloh-Janobi Haqqa qarshi tuyilgan ixlosli sevgi
muhaddisini muhaddasun-Alloh (J.J.) tarafidan o’zlariga ilhom kelgan hadis olimlari
Muhammad-ul Amin-"ishonchli Muhammad" ma`nosida Payg’ambarimizga mushriklar tarafidan berilgan bir ism
muhaqqaq-aniq, to’g’ri
muhaqqiq-tadqiq etuvchi haq olimi, haqiqat olimi, haqiqatlarga haqqi ila voqif va tahqiq ahli bo’lgan buyuk Islom olimi
Аудио мавжуд эмас