So’zlar | Lug’at | 556
(511-605)
mukammal foil-har fe`li va ishi mukammal bo’lgan Alloh
mukarram-hurmat va ta`zim etilgan, muhtaram, karim bo’lgan
Mukarrar-takrorli, takror qilingan, ikki yoki undan ortiq ayniisi qilingan
mukarraran-takror-takror
mukni`-ishontiruvchi, qondiruvchi
Mukofoti ajil-kechiktirmasdan berilgan mukofot
mukrim-ikrom etgan, lutf etgan
mulhid-dindan chiqqan, dinsiz, kofir, iymonsiz; hashr va qiyomatga ishonmagan
mulk-mol, yer, bino; hukm ila bir narsaning zabt va tasarrufi; izzat, azamat, shavkat; bir narsaning tashqi yuzi; insonning sohib va ega bo’lgan narsasi; aql sohiblarini tasarruf etmoq; Malik bo’lmoq
mulk va malakut olami-borliqlarning tashqi va ichki yuzlari. Yaxshi, yomon, chiroyli, xunuk kabi zidlarni ichiga olgan sabablar dunyosi olami mulk; hech bir vosita va to’siqning aralashmagani, hukm va idorasi faqat Allohning qo’lida bo’lgan olam esa olami malakutdir.
mulkiya-mamlakat idorasi uchun ishlagan doira yoki bu doiraga mansub bo’lganlar; askar bo’lmaganlar; shariat olimlari xorijidagi ma`murlar sinfi
mulku malakut-modda va ma`no olami
Multabis-chalkash, birini boshqasi deb o’ylash, qo’shilgan; qorishiq, shubhali va o’xshash bo’lgan
multajiy-panoh so’rovchi, iltijo etuvchi
multaz-zavqlantirgan, lazzatlantirgan
mulzam-ilzom etilgan, sustirilgan
mumasalot-o’xshashlik, shakl va surat jihatidan bir-biriga o’xshamoq
mumassil-vakolat etgan, ma`naviy shaxsni tamsil etgan, o’xshatgan, vakil
mumdor-mum tutgan, ishiq tutgan, ishiq bergan
mumdori shaxnoz-juda go’zal oydinlatuvchi
Mumit-o’ldirgan, o’limni bergan Alloh (J.J.)
mumkina-bo’lishi mumkin yoki bo’lmasligi mumkin
mumkinot-mumkin bo’lganlar, imkonda bo’lganlar; bor yoki yo’q bo’lishi teng bo’lib, borligi va yo’qligi uchun Allohning tanlashiga muhtoj bo’lgan narsalar; Allohdan tashqari butun maxluqlar
mumkinot doirasi-koinot, imkon olami, borligi va yo’qligi teng bo’lib, bor yoki yo’q bo’lmoq uchun Allohning tarjihiga muhtoj bo’lgan yaratilganlar doirasi (Allohdan tashqari hamma narsa mumkinot doirasidandir)
mumkinot haqiqati-yaratilgan va yaratiladigan butun borliqlar dunyosi haqiqati
mumtaniyatun bizzot-borligi hech bir shaklda mumkin bo’lmagan
mumtazij-birlashgan, bir-biriga tamoman uyg’un bo’lib qorishmish bo’lgan
mumtoz-tanlangan, ustun
munavvar-*(majoziy ma`no) Qur`oniy va iymoniy asar o’qimoq ila va ibodat va toat ila nurlangan, nurlantirilgan; uyg’oq; aqlli olim, iymoniy va Islomiy tahsil va tarbiya ko’rgan
munavvar meva-natijada eng munavvar va maqbul bir inson
munavvarul aql-aqli nurlangan
munavvarul qalb-iymon va ibodat ila nurlangan qalb
munavvim-uxlatuvchi
Munavvir-Qur`on haqiqatlari, iymon haqiqatlari, ibodat va toat kabi nurlar ila nurlantirgan; nur bergan, oydinlatgan; hamma narsani moddiy va ma`naviy nurlantirgan, cheksiz nur sohibi bo’lgan Alloh
Аудио мавжуд эмас