So’zlar | Lug’at | 567
(511-605)
Odili Hakiym-hikmat va adolat ila ish ko’rib tasarruf etgan
Odili Mutlaq-hamma narsaning haqqini bergan zulmdan munazzah bo’lgan va cheksiz adolat sohibi bo’lgan Alloh (J.J.)
Odili Rahiym-adolat va rahmati ila har ishni qilgan Alloh
ofoqiy-koinot va ichidagi hodisalarga oid, nafsning xorijidagi olamga doir; qiymatsiz so’zlar va masalalar (ob`yektiv)
ofoqiy sayr- Allohni (J.J.) tanish va bilish uchun koinotning keng maydonlarida borliqlar ustida qilingan ma`naviy sayr va yurish
olami arvoh-ruhlar olami, ruhlarning va ruhoniylarning bo’lgan olami
olami arz-dunyo olami
olami Arziya-dunyo olamlari
olami asg’ar-eng kichik olam; inson
olami barzoh-barzoh olami, qabr olami
Olami Jismoniy-modda olami, borliq dunyosi
olami vujud-vujud olami
olami ziyo-ziyo olami
olami ziyodor-ziyodor olam
olami insoniyat-insoniyat olami
Olami Islom-Islom dunyosi, Islom millatlari
Olami Islomiy-Islom dunyosi, Islom millatlari
olami Islomiyat-Islomiyat olami
olami kufr-kufr olami
olami misol-tushda ko’rilgan olam, dunyoda mavjud bo’lgan butun ashyo va maydonga kelgan butun ishlarning aynisi ila tartib etilgan va hosil bo’lgan bir tarzi yoki olami ruhoniyning bir navi
olami misoliy-tush olamiga o’xshagan
olami nur-nur olami, oxirat
olami nuri anvor-olam nurining nuri
olami oxirat-oxirat olami
olami shahodat-shahodat olami, bu dunyo, Janobi Haqning oyatlariga va amrlariga iymon keltirganlarning, haqqa, haqiqatga shahodatda bo’lganlari va Allohga itoat va ibodat ila vazifador bo’lganlari dunyo olami
olami sag’ir-kichik olam, inson badani
Olam-ul g’uyub-g’ayb olamlari, ko’rinmagan olamlar
olamshumul-butun olamni va jahonni ichiga olgan
olat-bir ishda yoki bir san`atda qo’llaniladigan vosita, bir uskunani vujudga keltirgan va ishlashiga yordam bergan parchalardan har biri; sabab, vasila
olati lavh-o’yin-kulgi vositalari
olimona-olimlarga yarashadigan suratda, bilganlarga yarashadigan shaklda
olud-"qo’shilgan, aralashgan" ma`nosida kelgan qo’shimacha so’z
omi-avom bo’lgan, johil tabaqasidan bo’lgan, xalq tabaqasidan bo’lgan
omiyona-oddiy ravishda, johillarga o’xshab
omonati kubro-buyuk omonat, Alloh (J.J.) tarafidan berilgan cheklangan qobiliyat va san`at o’lchovlari ila Allohning (J.J.) chegarasiz va cheksiz sifat va ismlarini anglamoq va tanimoq vazifasi va majburiyati
on ba-on-borgancha, asta-asta, zamon o’tishi bilan
Аудио мавжуд эмас