So’zlar | Lug’at | 569
(511-605)
purshasha`a-juda shasha`ali
qabih-chirkin, yomon
qabl-al vujud-kelmasdan oldin
qabohat-yomonlik, chirkinlik, gunoh
qabuli qiyos-o’ylana oladigan, o’lchana oladigan, qabul etila oladigan
Qabuli Tafriq-ayrilishi mumkin
qabza-qilich kabi narsalarning tutadigan joyi, poya; qo’l, panja; bir hovuch narsa
qabza-i rububiyat-Janobi Haqning idora va tarbiya qo’li
qadar-Janobi Haqning koinotda bo’lgan va bo’ladigan har narsaning vasflarini va xossalarini va boshqa kelajagini va o’tmishini azaldan bilib, lavhi mahfuzida taqdiri va yozishi; Taqdiri Ilohiy; azaliy qismat; tole`; baxt
qadiym-boshlang’ichi bo’lmagan, uzun zamondan beri bo’lgan; eski zamon; avvali bilinmagan hol va kayfiyat; borligining boshlang’ichi bo’lmagan Alloh
Qadiymi Boqiy-borligining boshlang’ichi bo’lmagan va cheksiz hayot sohibi bo’lgan
Qadiymi Lamyazal-hech bir zamon yo’q bo’lmagan va borligining boshlang’ichi bo’lmagan Alloh (J.J.)
qadrshunos-qadr va qiymat bilgan
Qahhor-G’olibi Mutlaq va har on qahr etishga iqtidorli bo’lgan Alloh (J.J.)
qalami qudrat-qudrat qalami, ya`ni qalam ma`noga moddiy vujud bergani kabi qudrat ham aynan ilmiy vujudga xorijiy vujud berar
qalb ahli-qalbi uyg’oq, basirati ziyoda bo’lgan, ko’ngil ahli, ma`naviyatga ko’p qiymat bergan zot
qalqala-tajvidda o’qirkan harflarning ustida birdan to’xtab harfni maxrajidan chiqarib chiqarmasdan to’xtamoq surati ila bu harflarni takror o’qimoq. Bular kof, te, be, jim, dol
Qamar-Oy
Qamarvoriy-Oy kabi
qardosh-aka-uka
qariybi mustaqim-to’g’ri va sog’lomlikka eng yaqin
qarina-bilinmagan bir narsaning tushunilishiga yaragan ishora, tushunilishi qiyin bo’lgan xususning haq va haqiqatiga doir juz`iy dalil bo’lgan narsa, ishora
qasdiy-istab, qasd etib, niyat ila bilib turib qilmoq
qasida-o’n besh baytdan kam bo’lmagan, baytlari qofiyali bo’lgan, buyuk kishilarni yoki har qanday bir narsani madhu-sano etgan, maqtagan she`r shakli. Buyuk zotlarni va yanada ko’proq Janobi Haqni yoki Payg’ambarni (S.A.V.) madh etgan she`r
qasr-toshdan yasalgan kichik saroy; qisqartirmoq; bir ishda tamballik etmoq; nuqsonlashtirmoq
qasri oliy-oliy bo’lgan qasr, saroy
qasri xayol-xayol qasri, xayol dunyosi
qatliom-bir yerda bir onda ko’p kishining o’ldirilishi, harkasni qilichdan o’tkazish
qat`iy hads-aniq va shubhasiz bo’lib oniydan haqiqatni sezmoq
Qaviyi Mutlaq-cheksiz va chegarasiz quvvat sohibi bo’lgan Alloh
qavl-aytilgan so’z, so’z jumlasi; e`tiqod; tarif; ilhom
qavsi mavhuma-mavhum, xayoliy qavs
Qaxxori Zuljalol-buyuklik sohibi va har narsaga har zamon mutlaq g’olib kelgan Alloh
qaydi asorat-asirlik bog’i
qaydi haysiyat-mohiyat va xususiyat
Аудио мавжуд эмас