So’zlar | Lug’at | 571
(511-605)
Qoziyul Hojat-butun ehtiyojlarni bajo keltirgan Hakiym Alloh (J.J.)
qozonch-daromad
qol lisoni-so’z ila tushuntirilgan ma`no, so’zlashish tili
qoliy-so’z ila aloqali, so’z ila
qomati himmat-himmatning darajasi
qomati qiymat-qiymatining martabasi, ma`naviy buyuklik
qonuni mashiat-tirikchilik qonuni
qorovuli iymon-iymon qorovuli
qovlan-so’ylamoq surati ila
Qovli navala sisabin-Ashobi kiromning qahramonliklaridan bahs etgan to’rt yuz baytlik uzun bir qasidadir, zuhd va taqvosi ila tanilgan Mullo Og’a as-Zibariy tarafidan Kurdcha qalamga olgandir
qubh-chirkinlik, yomonlik
qudrat qalami-ya`ni qalam ma`noga moddiy vujud bergani kabi qudrat ham aynan ilmiy vujudga xorijiy vujud (moddiy borliq, jismoniy narsalar) berar
Qudrat taalluq joyi-qudrati Ilohiyning yer va markaziga tayangan, Ilohiy qudratning markazidan chiqqan
qudrati azaliya-borligining boshlang’ichi bo’lmagan Allohning qudrati
qudrati Fotira-hamma narsani o’xshovsiz suratda yo’qdan yaratgan Allohning qudrati
qudrati Ilohiy-Allohning qudrati
qudrati olam-shumul-butun dunyoni aloqador etgan, dunyoni qoplagan va har erda tanilgan qudrat
qudrati Samadoniya-hamma narsa O’ziga muhtoj bo’lgani holda O’zi hech bir narsaga muhtoj bo’lmagan Allohning qudrati
qudrati Xoliq-hamma narsani yo’qdan yaratgan yuksak Allohning qudrati
qudrati zotiya-shaxsan o’zidan bo’lgan kuch, qudrat; Allohning zotidan bo’lgan qudrati
Qudrati Zuljalol-cheksiz jalol sohibi bo’lgan Allohning qudrati
qudsiya-muqaddaslik, azizlik
qudsiyat-muqaddaslik, azizlik; tozalik, poklik
qurbiyat-yaqinlik qozonmoq, yaqinlik, bir narsaga o’z g’ayrati ila yaqinlashmoq
Qur`on-Alloh (J.J.) tarafidan Hz.Muhammad Alayhissalotu Vassalamga Jabroil Alayhissalom vositasi ila (ya`ni vahiy ila) yuborilgan va bashariyatning butun saodat dasturlarini ichiga olgan eng muqaddas va eng so’nggi samoviy kitobdir. Din va dunyoning nizomini eng yaxshi shaklda bildirar, koinotning nima uchun va qanday yaratilganini va hikmatlarini bayon etar. Bekorchilik va daydilikdan qutqarib ibodat va toatga, amniyat va nizomga va saodatga chorlar va insonning abadiy salomatiga vasila bo’lar; lug’aviy ma`nosiga ko’ra Qur`on tilovat, o’qimoq, jamlangan va qo’shilgan, o’qilgan ma`nolarini ifodalaydi. Furqon, Zikr, Hudo, Xitob, Kitob, Mushaf, Nur, Najm, Mav`iza, Aziz, Burhon kabi ellik beshta ismlar ila nomlanadi
Qur`on muhit dengizi-katta bir okeanga o’xshagan cheksiz ilm xazinasi bo’lgan Qur`on
Qur`oni Azimi Koinot-buyuk bir Qur`on kabi chuqur ma`nolar ifoda etgan koinot
Qur`oni Azimushshon-shoni yuksak Qur`on
Qur`oni Azhar-porloq va ishiq sochgan Qur`on
Qur`oni Akbari Olam-buyuk bir Qur`on kabi chuqur ma`nolar ifoda etgan koinot
Qur`oni Hakiymi Mo’`jiz-ul Bayon-ifoda va tushuntirishlari mo’`jiza bo’lgan va har bir jumlasida bir qancha foyda va g’oyalar bo’lgan Qur`on
Qur`oni Mubiyn-haq va haqiqatni ochiqlagan Qur`on
Qur`oni Mubin-Haq va haqiqatni ochiqlagan Qur`on
Аудио мавжуд эмас