So’zlar | Lug’at | 573
(511-605)
Rabboniy Tasarrufot-hamma narsani tarbiya etgan Allohning idorasi va ishlatishi
Rabboniy tuyg’u-abadiy olamdan va abadiy va azaliy bo’lgan Allohdan (J.J.) boshqasiga rozi bo’lmagan juda nozik va juda quvvatli va butun tuyg’ularning sultoni bo’lgan bir tuyg’u
Rabbul Olamiyn-butun olamlarning Rabbi, har olamni to’g’ridan to’g’riga Rububiyati ila ta`lim, tarbiya, tadbir va idora etgan Janobi Haq
rafiq-do’stlik, barobarlik
Rafiqa-i hayot-hayot do’sti, jufti halol
rahbari akmal-eng mukammal rahbar, yo’l ko’rsatuvchi
rahva-Aktsent bilan o’qilganida ovozning oqishini to’smagan va chiqish o’rnidan ta`sirlanishi zaif bo’lgan harflar. Bular : “Dot, zi, zol, g’ayn, ze, vov, e, fe, ha, se, he, shin, hi, sod, sin, alif” harflaridir
Rahiym-rahmat etuvchi, marhamat aylagan, rahm etuvchi, muhofaza etgan, kechiruvchi, rahmat va marhamat sohibi, shafqat etgan
Rahiymi Hakiym-nihoyatsiz hikmatlar ila rahmat va barakasini ehson etgan Alloh
Rahiymi Kariym-juda marhamatli va ikromi mo’l bo’lgan Alloh (J.J.)
Rahiymi Mutlaq-cheksiz marhamatli bo’lgan Alloh (J.J.), cheksiz darajada achinuvchi va shafqatli bo’lgan Alloh (J.J.)
Rahiymi Sarmadiy-abadiy marhamat sohibi bo’lgan Alloh
Rahiymi Zoti Zuljalol-nihoyatsiz rahmat va qudrat sohibi bo’lgan Alloh
Rahiymi Zuljamol-go’zallik sohibi, yaratganliklariga nisbatan cheksiz shafqat va marhamatli bo’lgan Alloh (J.J.)
rahiymona-juda ham marhamatli zotga uyg’un faoliyat
Rahimiyat-Allohning cheksiz shafqat va marhamati
rahmat-marhamat, achinmoq, shafqat etmoq, ehson etmoq;* majoziy ma`no-yomg’ir
rahmat manzumasi-Alloh (J.J.) marhamatining bir she`r kabi go’zal, o’lchovli, tartibli va ma`noli asari
Rahmatan-rahmat bo’lib, marhamat bo’lib
Rahmatan lil-olamin-"olamlarga rahmat bo’lgan" ma`nosida Payg’ambarimizning (S.A.V.) bir unvoni
Rahmati Ilohiya-Allohning cheksiz rahmati
rahmati omma-hamma narsani qamragan rahmat
Rahmati Rahmon-yaratganlariga cheksiz shafqat va marhamat ila muomala qilgan Allohning rahmati
rahmati Rahmon jozibasi-hamma narsani rahmat va lutfi ila bir-biriga bog’lagan, tortgan Ilohiy qonun
rahmati Zuljalol-buyuklik va hashamat sohibi bo’lgan Allohning marhamat va shafqat ila muomalalari
Rahmon-butun yaratilganlarga rizqlarini bergan, har on butun maxluqot haqida xayr va rahmat iroda etgan, butun maxluqotiga hisobsiz ne`matlar bergan; nizom va adolat sohibi
Rahmon Rahmati-yaratilganlarga cheksiz shafqat va marhamat ila muomala etgan Allohning rahmati
Rahmoni Rahiym-juda achinuvchi va shafqatli bo’lib son sanoqsiz ne`matlarning sohibi va beruvchisi bo’lgan Alloh (J.J.)
Rahmoni Zuljalol-cheksiz hashamat va buyuklik sohibi va har narsaga marhamat etib munosib rizqini bergan Alloh
Rahmoni Zuljamol-cheksiz go’zallik sohibi va hamma narsaga marhamat qilib munosib rizqini bergan Alloh
Аудио мавжуд эмас