So’zlar | Lug’at | 572
(511-605)
Qur`oni Murshid-haq yo’lni ko’rsatgan Qur`on
Qur`oni Mo’`jiz-Bayon-bayon va ifodasi mo’`jiza bo’lgan Qur`on
Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon-tushuntirish tarzi mo’`jiza bo’lgan Qur`on
Qur`oni xatibi mo’`jiz-bayon-bayon va xitobi mo’`jiza bo’lgan Qur`on
qusur-nuqson, kamchilik
qut-yashatadigan ozuqa, rizq; quvvatlantirmoq
qutb-haq tariqatlarning raislari, shoxlari
qutbi a`zam-eng buyuk qutb, zamonning eng buyuk valiysi
qutbi iymon-iymonning bir rukni, asosi
quvva-quvvat, kuch; salohiyat, iqtidor; fikr, niyat; his, tuyg’u, malaka; qobiliyat
quvva-i dafia-zararli narsalarni man etish va ulardan saqlanish hissi, itarish quvvati
quvva-i hofiza-eslash qobiliyati
quvva-i joziba-tortish quvvati, insonda bo’lgan va foydali narsalarni tortgan tuyg’u
Quvva-i Insoniya-insondagi tuyg’ular
quvva-i muvallida-tug’uvchi quvvat, maydonga keltiruvchi quvvat, ko’payish qobiliyati
quvva-i musavvira-Janobi Haqning izni va qonuni ila moddiyotning shakl va suratini olish qobiliyati
quvva-i qudsiya-avliyo quvvati, Janobi Haqning yordamiga mazhar bo’lgan quvvat, iymon va Qur`on haqiqatlarini g’oyat nozik va chuqur bir farosat va zako ila tushuna olish quvvati
Quvva-i Sariya-ko’rinmagan ruhoniy borliqlar, malaklarning xato bir shaklda ifodalanishi
quvva-i xayoliya-xayol qilish qobiliyati
quvva-i zoiqa-tildagi ta`m sezish tuyg’usi
quvva-i g’azabiya-istanilmagan va zararli ko’ringan narsalardan chekinmoq, saqlanmoq va qarshi qo’ymoq kuchi va tuyg’usi
quvva-i shahaviya-har xil ehtiyojlarni qo’lga kiritmoq va zavqli va foydali narsalarni qo’lga kirgizmoq tuyg’usi
quvva-i shahaviya va g’azabiya-shahvat va g’azab tuyg’usi
quvvati iymon-iymon quvvati
quvvatparastlik-quvvatni sevmoq, quvvatga tayanmoq va ishonmoq
Qo’mondoni Aqdas-muqaddas qo’mondon
qo’mondoni a`zam-eng buyuk qo’mondon
Rab-tarbiya etgan, to’ydirgan, yetishtirgan, sohib; * hamma narsaning sohibi va tarbiya etuvchisi, boqib yetishtiruvchisi bo’lgan Alloh (J.J)
Rab Ismi-Allohning (J.J.) “hamma narsaning sohibi va tarbiyachisi bo’lgan” ma`nosida kelgan ismi
Rabbi Azim-cheksiz buyuklik sohibi va hamma narsani tarbiya etgan Alloh
Rabbi A`lo-har narsadan yuksak bo’lgan Alloh
Rabbi Hakiym-cheksiz hikmat sohibi, har narsani hikmat ila qilgan, marhamat va shafqat ila idora qilgan Alloh
Rabbi Kariym-cheksiz ikrom va ehson sohibi, hamma narsani idora va tarbiya etgan Alloh
Rabbi Rahiym-cheksiz marhamat va shafqat sohibi, hamma narsani idora va tarbiya etgan Alloh
Rabbi Zuljalol-jalol sohibi va hamma narsani tarbiya etgan Alloh (J.J.)
Rabboniy iltifotlar daftari-cheksiz marhamat sohibi bo’lgan Allohning iltifotlarini ichiga olgan daftar, Qur`on
rabboniy inoyat-Rabboniy yordam
Аудио мавжуд эмас