So’zlar | Lug’at | 587
(511-605)
Tarajjuh bila murajjih-bir narsaning o’z zotida boshqa narsaga qarshi bir ustunlik vasfi bo’lmagani holda hech sababsiz ustun bo’lishiki, bunday bir hol imkonsizdir, maholdir
tarakkub-birlashmoq, qorishmoq, bir narsaning bir qancha parchalardan maydonga kelishi
tarannum-go’zal-go’zal anglatmoq, musiqalashtirmoq
Tarannumoti havo-havoning go’zal va ohangli ovozlar chiqarishi
tarassud-nazorat
Tarattubi natija-natija bo’lib o’rtaga chiqmoq
tarashshuh-sizmoq, oqmoq, sochilmoq
Tarbiya-i vohida-bir tarbiya
tard-quvmoq
tarhib-qo’rqitish, ko’p qo’rqitish
tarjih-ustun tutmoq, bir narsani ikkinchisidan afzal bilmoq va ustun tutmoq
Tarjih bila murajjih-hech bir ustunlik sababi yo’q ekan bir-biriga teng ikki narsadan birisini ikkinchisidan ustun tutmoq
tariq-yo’l, tarz, usul; vosita, maslak; bir maqsadga noil bo’lmoq uchun ijrosi lozim bo’lgan xusus yoki bu xususlarning hay`ati majmuasi
tariqat-yo’l, ma`naviy yo’l; usul, tarz
tariqi iymon-iymon yo’li
tariqi zulmoniy-qorong’ulik yo’li
tarixcha-i hayot-biografiya, hayot tarixi, bir kishi yoki borliqning bor bo’lishidan o’limiga qadar o’tqazgan hodisalar to’plami
tarki siloh-taslim bo’lmoq, qo’lidagi qurolni tashamoq
Tartibi mabodi-bir ish uchun boshlang’ichda kerakli shartlarning o’rniga keltirilishi
tartibi maxluqot-maxluqotning farqli qiymatlarda, faqat mukammal bir tartiblash ila yaratilishi
taryoq-hamon shifo beruvchi kuchli dori
tarzi bayon-bayon tarzi
tarzi hozir-hozirgi usul, hozirgi tarz, hozirgi shakl
Tarzi Nazar-qarash tarzi
tarzi tazkiri-xotirlatmoq, tushuntirmoq tarzi
targ’ib-shavqlantirmoq, umidlantirmoq, rag’bat berdirmoq, istaklantirmoq
tasallub-qattiqlashmoq
tasalsul-zanjirlanish, bir-biriga bog’liqlik, silsila paydo etmoq; ulashtirmoq
tasannu`-sun`iylik
tasarruf-idora ila qo’llamoq, sarf etmoq, idora etmoq, sohiblik, ishlatmoq haqqi
tasarrufi azim-buyuk tasarruf, ijroot
tasarrufi hikmat-hikmatning tasarrufi
Tasarrufi Qudrat-Janobi Haqning har narsada O’z qudrati ila tasarruf etishi
tasattur-avratlarni berkitish
tasavvuri zavol-yo’qligini tasavvur etmoq
tasbehi rahmat-rahmat tasbehi
tasbehot-Janobi Haqni (J.J.) sifatiga loyiq ifodalar ila yod etishlar
tasbehoti jazba-ado-tortuvchi bo’lgan tasbehot
tasbeh-fashon-juda ko’p tasbeh etgan
tasbit-sog’lom bo’lib yerlashtirmoq, yaxshilab yerlashtirmoq; * bir narsaning aslini aniq qilib o’rganmoq va topmoq
Аудио мавжуд эмас