So’zlar | Lug’at | 590
(511-605)
Ta`limi Nazariyot-nazariy bilimlarni o’rganmoq
ta`lif-asar yozmoq
ta`lifot-yozilgan asarlar, kitoblar
ta`mim-umumiylashtirish, hammaga yeshittirish
Ta`nisi azhan-tushunishni osonlashtirmoq, zehnlarni o’rgatmoq, zehnlarni erkalamoq
ta`rif-bir narsani aniq nuqtalar va ishoralar ila nozikdan nozik tushuntirib bildirmoq, tanitmoq; bir moddani butuni ila bir ibora holida tushuntirmoq
ta`siroti xorijiy-xorijdan kelgan ta`sirlar
ta`til-tanaffus; kesmoq; ziynatsiz qilmoq; Allohning sifatlarini inkor etgan falsafachilarning maslagi
ta`hir-kechiktirmoq
temir-sabot-temir kabi chidamli
Tersi-i ihtizozi-qimirlashlarni, chalqanishlarni to’xtatmoq
tibyon-ochiq ifoda ila bayon etmoq, ochiqlamoq; mashhur bir Qur`on tafsirining oti
tilsim-yashirin sir; harkasning bilib yecholmagan yashirin narsa; favqulodda quvvat va ta`siri bo’lgan narsa; xazinaning topilishiga mone` bo’lgan mavhum narsa
tilsimi mushkulkusho-ochilishi va tushunilishi qiyin bo’lgan Ilohiy yashirin ma`nolarni, haqiqatlarni ochgan tilsim (yashirin sir)
Tinnin-katta ilon, ajdarho
tinnineyn-ikki ilon, ikki ilonga o’xshatilgan Quyosh va Oy trayektoriyasining faraziy qavslari
tiryoq-hamon shifo beruvchi kuchli dori
tobeiy-boshqasiga ergashgan
toifa-i niso-xotinlar toifasi
tolib-istagan, istakli
tolibi haqiqat-haqiqatni qidirgan, haqiqatga tolib bo’lgan
tolih-baxt, qadar; qismat; foydasiz, ishga yaramaydigan
totli-shirin
tog’ut-insonlarni Allohga (J.J.) qarshi isyonga chorlagan, isyonkor, har botil ma`bud, shayton, Islomdan oldin Ka`badagi sanamlardan birining oti
tubo-qanday xush, qanday yaxshi, har narsaning yaxshisi va afzali; yaxshilik, go’zallik, baxt; Jannatda bo’lgan va ildizi ko’klarda va shoxlari pastda bo’lgan daraxt ismi; juda porloq va sof bo’gan; saodat, xayr, davlat
Tuboi Jannat-ildizi ko’klarda va shoxlari pastda bo’lgan Jannat daraxti
tubo-i xilqat-yaratilish daraxti (dunyoda va oxiratdagi yaratilgan va yaratiladigan ko’ringan va ko’rinmaydigan butun borliqlar dunyosi)
Turi Sino-Muso (A.S.) payg’ambarning Allohning kalomiga noil bo’lgan, Arabistonda Suvaysh va Akoba qo’ltig’i orasidagi bir yer va tog’ ismi
tug’yon ahli-Allohga isyon etgan, vahshiy kishilar
tushi sodiqa-maqbul va mo’`tabar kishilarning ko’rgan va ko’rganlari kabi dunyoda haqiqatlari ko’ringan sodiq tush
ubudiyat-qullik, Allohga (J.J.) qullik qilmoq, Allohning (J.J.) amrlariga va ta`qiqlariga rioya etmoq
ubudiyati kulliya-butun yaratilganlarning ibodatlarini ichiga olgan umumiy va keng qullik
ufuqiy-ufuqqa oid, gorizont shaklida
Uhudi Tavhid-Uhud tog’ida Tavhidga doir berilgan ahdlar
ujb-qilgan amalga ishonmoq
Аудио мавжуд эмас