So’zlar | Lug’at | 593
(511-605)
vahshatzor-vahshat yeri, vahshatli bir hol
vajd-ishq, muhabbat, o’zidan ketadigan, o’zini unutadigan darajada Ilohiy bir ishq holi; yuksak hayajon, ishtiyoq g’alabasi; qalbga zavq beradigan holatlar
vajh-chehra, yuz, surat; tarz; sabab; imkon; munosabat; Qur`oni Karimni o’qishdagi farqlar
vajiz-oz so’z ila ko’p ma`no ifodasi; qisqa
vajiza-keng va ko’p ma`noli qiymatli so’z, ma`nosi keng bo’lgan juda qiymatli qisqa so’z
Vakili dalil-vakil bo’lib ko’ringan, isbot dalili
vakili umumiy-har mavzuda bir shaxsning yoki guruhning o’rnida harakat etish salohiyati bo’lgan kishi, umumning nomiga harakat etgan vakil
valad-erkak bola, o’g’il, bola; nasl
valine`mat-ne`matlantiruvchi, ne`matga sabab bo’lgan
Valodati Ahmadiya (S.A.V.)-payg’ambarimiz Hz.Muhammadning (S.A.V.) tug’ilishlari
valoyat-valiy bo’lgan kishining holi, valiylik, darvishlik; do’stlik; sadoqat; boshqasiga so’zini o’tkazmoq, bir narsaga qudrat jihati ila bizzot mutasarrif bo’lmoq
valoyat ahli-avliyolar, valiylar maqomida bo’lganlar
valoyati Ahmadiya (S.A.V.)-payg’ambarimizning (S.A.V.) vafotidan so’ngra nubuvvat tarzidagi xizmatining suratan, fe`lan, shaklan tugatishining valiylik tarzida va maqomida davom etgan ma`naviy xizmat tarzi va ma`naviy borligi bu shaklda ismlantirilmoqdadir
vaqti fajr-bomdod vaqti
vaqti sahar-sahar vaqti, bomdodga yaqin kecha vaqti, ro’zada og’izni yopish vaqti
Varosati Ahmadiya (S.A.V.)-Payg’ambarimizning (S.A.V.) haqqiqiy tablig’, Islomni nashr va Allohning hukmlarini hokim qilishdagi vazifalariga voris bo’lmoq
varosati nubuvvat-payg’ambar vorisi holida bo’lgan buyuk olim va valiylarning yo’li
vase`-keng, enli; har ehtiyoji bo’lganga beradigani kifoya va ko’p-ko’p ehson etgan, ilmi jumla ashyoni qamragan, rizqi butun maxluqotga shomil va rahmati butun narsalarni qoplagan Alloh (J.J.)
vasiqa-bir holning, bir hodisaning yoki bir so’zning to’g’riligini ko’rsatgan ishontiruvchi narsa, belgi, nishon
vasila-bahona, sabab; vosita
vasila-i haq-haq vasilasi
vasoili pur-sayyol-so’ng daraja tez harakat qilgan va oquvchi bo’lgan vositalar (elektr, ishiq, tortish kuchi kabi)
vassof-vasflarni sanab madh etgan, vasf va bayonda orif va olim bo’lgan
vasfi iroda-iroda vasfi
Vasfi Kalom-kamol va yetishganlik vasfi
vasfi kamol-kamol vasfi
vasflangan-yaxshi yoki yomon bir sifat ila ta`rif etilgan
vavaylo-i mavtiy-o’lim ila bog’liq faryodlar
vavoylo-i g’ino-ashula baqirig’i
vazn-tortmoq, o’lchamoq, hisoblamoq; tortadigan narsa; og’irlik
va`d-so’z bermoq
Va`d va Va`id Bobi-va`da bermoq va qo’rqitmoq eshigi
va`id-yaxshilikka chorlash yoki yomonlikdan qutqarmoq uchun kelajakda bo’ladigan qat`iy hodisalarni xabar berib qo’rqitmoq, Jahannamni xabar bermoq
vijdon-suz-vijdon yoquvchi, vijdonni istirobga solgan
viqor-og’irboshlilik, jiddiylik, haybatli bo’lish, azamat va izzat
Аудио мавжуд эмас