So’zlar | Lug’at | 595
(511-605)
xabari mavt-o’lim xabari
xabari vohid-bir manbadan kelgan xabar
xalita-i dimoq-aqldagi muxtalif masala va fikrlar, miyadagi turli, aralash ma`lumotlar
xalifa-oldingining o’rniga o’tgan; *(fiqh) Ilohiy, ya`ni shar`iy hukmlarning tatbiq va ijrosi uchun Payg’ambarga (S.A.V.) vakil bo’lgan zot, Imom, Imomati kubro
xalifa-i Arz-Yerning xalifasi
xalifa-i zamin-yer yuzining xalifasi
Xalloq-yaratgan, har narsani xalq etgan, Qodiyri Zuljalol, Alloh Taolo Hazratlari (J.J.)
Xalloqi Bemisol-har narsani o’xshovsiz va mislsiz bir g’oya ila yaratgan Alloh
Xalloqi Koinot-koinotni yo’qdan bor etgan Alloh
Xalloqi Lamyazal-abadiyan bor bo’lgan Yaratuvchi
Xalloqi Rahiym-yaratganlariga marhamat va shafqat ila qaragan
Xalloqiyat-yaratuvchilik
xaloskori Islom-Islomning qutqaruvchisi
xalq-yaratmoq, ijod etmoq
xalqa-i kubro-eng buyuk doira
xalqa-i zikr-tasavvvufda zikr paytida doira shaklida o’tirmoq
xalqi azdod-bir-biriga zid hollarni bir narsada yaratmoq, masalan: bir zarrada ham itaruvchi, ham tortuvchi quvvatning bo’lishini yaratmoq
Xarkul burji-yulduzlar sistemasining biriga berilgan ism
xarobiyat-yiqilish, parchalanib tarqalish, zillat va faqirlik ichida
xat-chegara, chiziq, hudud; yozuv, qo’l yozuvi; noma, maktub; yoshlarda endi chiqqan mo’ylov yoki soqol; kemalarning harakatdagi istiqomati; barmoqning o’n ikkidan biri bo’lgan bir o’lchov; farmon, buyruq, podshoh amri; *(geometriya) faqat uzunligi bo’lgan
xatib-xitob etgan, so’z so’ylagan, jamoatga qarshi go’zal so’z so’ylagan kishi; masjidda musulmonlarga diniy nasihatlar va go’zal so’zlar ila xitob etgan vazifador zot
xatibi Rabboniy-o’zini idora va tarbiya qilgan Rabning xatibi
Xato-i aksariyat-aksariyat xatosi, kamchiligi
xavfulloh-Allohdan qo’rqish
xayoli mahol-bo’lishi mumkin bo’lmagan xayol
xayoliy shon-xayoliy bo’lib kattalashtirilgan shon va shuxrat
xayr-halol ish; foydali, nurli va savobli amal; ibodat, adolat, ehson, mol kabi ne`mat
Xayri Mutlaq-har tomoni ila xayrli bo’lgan, cheksiz va chegarasiz yaxshilik
xayru sharr-yaxshilik va yomonlik
xazayon-yomon so’zlar, sovuq hazillar
xizmati Qur`oniya-Qur`on xizmati
xilof-qarshi, zid, qarshi qo’ymoq, ziddiyat
xilqat-yaratilish
xilvat-yolg’izlik
xil`ati vujud-vujud ko’ylagi, ruhning ichida bo’lgan tan ko’ylagi, jasad
xitob-so’z so’ylamoq, jamoatga yoki bir kishiga qarata so’z so’ylamoq
xitobi Yazdoniy-Allohning xitobi
xiyla-ancha, ko’p
xodimi Qur`on-Qur`onning xizmatkori
Xoliq-yo’qdan yaratgan, Yaratuvchi, Alloh (J.J.)
Аудио мавжуд эмас