So’zlar | Lug’at | 598
(511-605)
zamini vahshatzor-begona, cho’lday joy
Zammi Zimniy-yashirin yomonlamoq
zamoni imtihon-imtihon zamoni
Zamoni istiqbol-kelajak zamon
zamzama-xush ovoz, ohangli go’zal ovoz
zamzama-i azkor-zikrlar zamzamasi, xush va go’zal zikr ovozlari
zanni qabuli jumhur-dinda ilg’or olimlarning ko’pchiligining qabul etgan qanoati
zaqqum-Jahannamdagi bir daraxtning ismi, Jahannamliklarning yeydigan narsasi
zaqqum-daraxt-Jahannamdagi bir daraxtning oti, jahannamdagilarning yeydigani; ko’rinishi chiroyli, gulli va zaharli mevasi bo’lgan o’simlik
Zaqqumi Jahannam-Jahannamda bo’lgan bir daraxtning ismi, jahannamliklarning yeydigan daraxti
Zarari Mutlaq-har jihatdan mutlaq bir shaklda zararli
zarif-yupqa, mayin
zark-hiyla, riyo, ikki yuzlamachilik; ukol qilmoq
zarra-misol-zarra kabi
zarrot-zarralar
zarroti mavjudot-mavjudotning zarralari
zarura-i noshia-bir narsaning o’zida bo’lishi kerakli bo’lib undan ayrilishi mumkin bo’lmagan xususiyatlar
zaruriyat-majburiy ishlar, istar istamas bo’lgan ishlar
Zaruriyati diniy-iymon etilishi zaruriy bo’lgan dinning asoslari (Alloh Taollohga, Oxirat kuniga, Malaklarga, Payg’ambarlarga, Kitoblarga va yaxshilik va yomonlikning Allohdan bo’lganiga ishonmoq)
zarfi ziyo-ishiqning qopi

zavja-xotin
zavq-lazzat olmoq, totmoq; bo’sh vaqt o’tkazmoq, xursandchilik qilmoq
zavqi i`joz-vajizligidagi zavq va go’zallik
zavqi ruhiy-ruhiy zavqlar
zavqi sufliy-sufliy, past zavqlar
zavoli ismat-himoya va ma`sumiyatining yo’q qilinishi
zavolu firoq-tugamoq, ketmoq va ayrilmoq
Za`fi qalb-qalb zaifligi, qalb xastaligi
zehniy imkon-bir narsaning bo’la olishini zehnan o’ylamoq
zidargohi Ilohiy-Allohning dargohidan
Ziddi Maqsud-g’oyasining va maqsadining ayni aksi
zihayot-hayot sohibi, jonlilar
zihimmat-himmat sohibi
Zijamol-go’zallik sohibi
zikri azamat-buyuk zikr
zillat-xo’rlik, pastlik
zilliyat-zohiriy sohiblik, himoya etuvchi bo’lmoq, soyalik
ziloli Islomiyat-Islomiyatning shirin va zilol suvi
ziloli Nil-toza va sof oqqan Nil daryosi
zilzilayi raqsnamo-raqs etayotganday zilzila
Аудио мавжуд эмас