So’zlar | Lug’at | 600
(511-605)
Zoti Vohid-bir bo’lgan Alloh
zoti zifunun-fanlarni bilgan zot
Zoti Zuljalol-cheksiz buyuklik va kuch sohibi Alloh (J.J.)
Zoti Zuljaloli Valkamol-haybat va yuksaklik, ya`ni kamol va jamol sohibi bo’lgan Alloh
Zoti Zuljamol-cheksiz go’zallik sohibi va cheksiz buyuk bo’lgan Alloh (J.J.)
Zoti Zulkamol-cheksiz mukammallik sohibi bo’lgan zot Alloh
Zoti Kibriyo-Janobi Allohning qudrat va azamati; har jihat ila buyukligi
Zoti Muazzam-buyuk kishi
Zoti Muqaddas-kamchilik va nuqsondan munazzah bo’lgan Alloh
Zoti Muqaddasa-i Ilohiya-har turli nuqson sifatlardan uzoq va pok bo’lgan Janobi Haq
Zoti Muhammadiya-Payg’ambarimizning (S.A.V.) zoti
Zoti Mo’`jiznamo-mo’`jiza ko’rsatgan zot
Zoti Rahiymi Kariym-juda marhamatli va ikromi ko’p bo’lgan Zot, Alloh
Zoti Rahmonir Rahiym-yordam, ehson va marhamat sohibi bo’lgan Alloh
Zoti Qodiyr-har narsaga kuchi etgan zot
Zoti Qodiyri Aliym-hamma narsani bilgan va hamma narsaga kuchi yetgan Alloh
Zoti Qodiyri Hakiym-har narsani hikmat ila yaratgan va har narsaga qudrati yetgan Alloh
Zoti Vojib-ul Vujud-borligi va vujudi vojib bo’lib, mutlaq kerak bo’lgan Janobi Haq
zotiy-zotga mansub, o’ziga oid, o’zi bilan aloqali, xususiy; maxsus
zotiy husn-go’zalligi xorijiy bir sababla bo’lmasdan o’zidan bo’lgan
zotiy jamol-Alloh zotining go’zalligi
zotiy imkon-bo’lishi mumkin bo’lgan ish, bir narsaning aslida mumkin bo’lishi
zotiy kamol-zotning lozimi bo’lgan va undan hech ayrilmagan kamol
zotiy kamolot-Janobi Haqning zotiga maxsus buyukliklar, mukammalliklar
zotiy qobiliyat-zotga oid qobiliyat
zotiy sha`n-zotning lozimi bo’lgan va hech ayrilmagan qobiliyat
zotiy shuun-zotidan tashqari tushunilolmaydigan va zotining keragi bo’lgan iste`dod va qobiliyat
zotiy shuunot-Zoti Ilohiyaning xos ishlari va amr doirasida oid qonunlari
zohir-ko’ringan, oshkor bo’lgan, ochiq, maydonda bo’lgan; ko’rinishga ko’ra; shubhasiz; surat, tashqi yuz, ko’rinish; tushunilgan; o’ylayman, albatta
zohiran-ko’rinishdan, ko’ringani kabi
zohiriy-ko’rinishda bo’lgani kabi, zohirga oid, asl va haqiqiy bo’lmagan; zohiriyun mazhabiga oid bo’lgan
zohirparast-bir narsaning ich yuziga, haqiqatiga qiymat bermasdan ko’rinishiga qiymat bergan, tashqi yuziga ahamiyat bergan
Zuhal-Saturnning yo’ldoshi
zuhd-dunyo zavqlaridan va orzularidan o’zini tortib ibodatga va din ila aloqador ishlarga berilmoq
Zuhol-Saturn planetasi
Zuhro-Venera planetasi
zuhur-maydonga chiqmoq, birdaniga o’rtaga chiqmoq, bosh ko’rsatmoq, ko’rinmoq
zuhurot-birdan bo’ladigan narsalar, hisobda bo’lmagan kutilmagan hodisalar, qalbga kelgan ma`nolar
zulf-yuzning ikki tomoniga tushgan soch
zulfvori-zulf kabi
Аудио мавжуд эмас