So’zlar | Lug’at | 603
(511-605)
Shamsi Sarmad-"Abadiy Quyosh" ma`nosida bo’lgan bu ta`bir hamma narsani nurlantirgan Alloh uchun tashbehan qo’llanilar
Shamsi Sarmadiy-Vojib-ul Vujud va abadiyan bor bo’lgan, hamma narsani nurlantirgan Alloh (J.J.) haqida tasbehan aytilgan bir ta`birdir
Shams-ush Shumus-quyoshlar quyoshi, eng katta quyosh
Shamsushshumus-Quyoshlarning Quyoshi
shaqovat-har turli yomonlik ichida bo’lmoq, balo va siqintilarga tushmoq
shaqqi Qamar-Oyning ikkiga bo’linishi (Payg’ambarimizning (S.A.V.) mo’`jizasi bo’lib barmoq ishorasi ila Oyning ikkiga bo’linishi)
shar-yomon ish, yomonlik; urush; Allohga isyon, amrlariga uymaslik, zid harakat qilmoq; yomon odam, yomonlik qilgan odam; yanada yomon, eng yomon
shariat-to’g’ri yo’l, haq din yo’li; katta va keng yo’l; nur, oydinlik, ishiq; Qur`oni Karim va Hazrati Payg’ambar Alayhissalotu Vassalamning tarif etgan va bildirgan yo’li. Alloh (J.J.) tarafidan Payg’ambar Alayhissalotu Vassalam vositasi ila va`z va tablig’ qilingan hukmlarni ichiga olgan Ilohiy qonunlarning hay`ati majmuasi
Shariat tadvini-diniy masalalarning to’planishi, bir oraga keltirilib tartib etilishi
Shariati Ahmadiya (S.A.V)-Payg’ambarimizning (S.A.V.) haq din yo’li, Islom
Shariati Ilohiy-Ilohiy shariat
shariati kubro-Allohning tabiatga qo’ygan buyuk qonuni
Shariati Fitriya-Allohning (J.J.) yaratilish dunyosida qo’ygan qonunlar, koinotda butun borliqlarning harakatlarini va hodisalarni tartiblagan Allohning qo’ygan (J.J.) qonunlar tartibi.
shariati mashhura-bilingan Islom shariati
Shariati G’arra-porloq va nurli shariat, Islomiyat
shariq-chiqqan; porlagan
sharr-yomonlik
sharri hazin-qayg’u va g’amni hosil qilgan yomonlik
sharti avval-birinchi shart
sharti vujudi kull-lozim bo’lgan hamma narsaning bo’lishi sharti ila
Sharh-ul Mavoqif-kalom ilmining peshqadam olimlaridan bo’lgan Sayyid SHarifi Jurjoniyning muhim bir asari
Sharh-ul Maqosid-kalom ilmining muhim olimlaridan Saadaddini Taftazoniyning eng muhim asari
Shar`-amr va ta`qiq kabi hukmlarni va`z etmoq; bir ishni boshlamoq; sho’ng’imoq; kirmoq; ko’rsatmoq; Janobi Haqning amri; oyat, hadis va ijmo`i ummat ila faqihlarning qiyosi ila sobit bo’lgan dinning asoslari, shariat
shar`i anvor-eng nurli qonun va nizom, eng ziyoda saodatga, salomatga, amniyatga vasila bo’lgan shariat
shar`i Ahmadiy-Payg’ambarimiz (S.A.V.) sohibi bo’lgan din, Islom
Shar`i Islom-Islom shariati, Islomiy hukmlarga, e`tiqodlarga to’liq uyg’un qonun
shar`i taqviniy-taqviniy shariat, Allohning (J.J.) koinotdagi qonunlari, koinotdagi butun borliqlarning harakatlarini va hodisalarni tartiblagan Allohning (J.J.) qonunlar tartibi
shatahot-ma`naviy sarxushlik (o’zidan ketmoq) paytida aytilgan o’lchovsiz so’zlar
shavq-angiz-shavq beruvchi istak, sevinch to’la orzu
shavqi maaliy-yuksak fikrlarning shavqi
shavqi nafsoniy-nafsning xushiga yoqqan, harakatlantirgan narsalar
shavqi sa`y-ishlash shavqi
shavqi taqlid-taqlid qilish, o’xshashini qilish orzusi
Аудио мавжуд эмас