So’zlar | yigirma to’qqizinchi so’z | 347
(335-354)
Ham u Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning ichiga olgan va takror-takror tafakkurga amr etib nazarga taqdim aylagan qat`iy aqliy dalillar minglabdir. Jumladan: Bir tamsiliy qiyosni ichiga olgan قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىۤ اَنْشَاَهَاۤ اَوَّلَ مَرَّةٍ va وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا va bir adolat daliliga ishora etgan وَمَا رَبُّكَ بِظَلاَّمٍ لِلْعَبِيدِ kabi juda ko’p oyatlar ila jismoniy hashrdagi abadiy saodatni ko’rsatadigan juda ko’p durbinlarni bashar nazarining diqqatiga taqdim etgandir. Qur`onning boshqa oyatlar ila izoh etgan shu
وَقَدْ خَلَقَكُمْ اَطْوَارًا va قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِىۤ اَنْشَاَهَاۤ اَوَّلَ مَرَّةٍ dagi tamsiliy qiyosning xulosasini "Nuqta" risolasida shunday bayon etganmizki: Inson vujudi holatdan holatga o’tishi bilan ajib va muntazam inqiloblar o’tkazadi. Nutfadan alaqqa, alaqdan mudg’aga, mudg’adan azm va lahmga, azm va lahmdan yangi yaratilishga ya`ni inson suratiga inqilobi g’oyat nozik dasturlarga tobеdir. U davrlarning har birisining shunday maxsus qonunlari va shunday muayyan nizomlari va shunday doimiy xarakatlari bordirki, shisha kabi ostida bir qasd, bir iroda, bir ixtiyor, bir hikmatning jilvalarini ko’rsatadi. Xullas, shu tarzda u vujudni qilgan Sonе`i Hakiym har yil bir libos kabi u vujudni almashtirar. U vujudning almashtirilishi va baqosi uchun parchalangan jihozlarning o’rnini to’ldiradigan, ishlaydigan yangi zarralarning kеlishi uchun bir tarkibga muhtojdir. Xullas, u badan hujayralari muntazam bir Ilohiy qonunlar ila yiqilganidan yana muntazam bir Rabboniy qonun ila ta`mir etmoq uchun rizq nomi ila latif bir moddani istarki, u badan a`zolarining boshqa-boshqa hojatlari nisbatida Razzoqi Haqiqiy bir maxsus qonuni ila taqsim etar va tarqatar. Hozir U Razzoqi Hakiymning yuborgan u latif moddalarning holatlariga boq, ko’rasanki; u moddaning zarralari bir karvon kabi havo tabaqasida, tuproqda, suvda tarqalgan ekan, birdan harakat amrini olganlar kabi bir qasdiy harakatni his ettirgan bir kayfiyat ila to’planadilar. Go’yo ulardan har bir zarra bir vazifa ila bir muayyan makonga kеtmoq uchun ma`murdir kabi g’oyat muntazam to’planadilar. Ham vaziyatlaridan ko’rinadiki, bir Foili Muxtorning bir maxsus qonuni ila chorlanib, jonsizlar olamidan mavludlarga, ya`ni jonzotlar olamiga kiradilar. So’ngra muayyan nizomlar va doimiy harakatlar ila va maxsus dasturlar ila rizq sifatida bir badanga kirib, u badan ichida to’rt oshxonada pishirilgandan so’ng va to’rt ajib inqiloblarni o’tkazgandan so’ng va to’rtta suzgichdan suzilgandan so’ng badanning har tarafiga yoyilib, butun muhtoj bo’lgan a`zolarning muxtalif, boshqa-boshqa ehtiyoj darajalariga ko’ra Razzoqi Haqiqiyning inoyati ila va muntazam qonunlari ila bo’linarlar. Xullas, u zarralardan qaysi zarraga bir hikmat nazari ila boqsang, ko’rasanki: Basirona, muntazamona, sami`ona, olimona chorlangan u zarraga ko’r ittifoq, qonunsiz tasodif, kar tabiat, idroksiz sabablar hеch unga qo’shilolmas. Chunki har birisi kеng maydonga yoyilgan unsurlardan tut, to badan hujayrasiga qadar qaysi holatga o’tgan bo’lsa, u holatning muayyan qonunlari ila go’yo ixtiyoran amal qiladi, muntazam ravishda kiradi. Qaysi tabaqaga safar etgan bo’lsa, shunday muntazam qadam otadiki, shaksiz bir Saiqi Hakiymning amri ila kеtayotganday ko’rinadi. Xullas, bunday muntazam holatdan holatga, tabaqadan tabaqaga bora-bora hadaf va maqsadidan ayrilmasdan to loyiq maqomiga, masalan Tavfiqning ko’z qorachig’iga Rabboniy amr ila kirar, o’tirar, ishlar. Xullas, bu holda, ya`ni rizqlardagi rububiyatning namoyon bo’lishi ko’rsatadiki, boshida u zarralar muayyan edilar, vazifador edilar, u maqomlar uchun nomzod edilar. Go’yo har birisining pеshonasida va yuzida "Falon hujayraning rizqi bo’ladi" yozilganday bir intizomning vujudi har odamning pеshonasida qadar qalami ila rizqi yozilgan bo’lganiga va rizqi ustida ismining yozilgan bo’lishiga ishora etar. Ajabo, mumkinmidirki: Bu daraja nihoyatsiz bir qudrat va muhit bir hikmat ila rububiyat etgan va zarralardan to sayyoralarga qadar butun mavjudotni tasarrufi ostida tutgan va intizom va mеzon doirasida aylantirgan Sonе`i Zuljalol "Nash`ayi uxro"ni qilmasin yoki qilolmasin! Xullas, ko’p Qur`on oyatlari shu hikmatli ilk yaratilishni bashar nazariga taqdim etar.
Аудио мавжуд эмас