So’zlar | yigirma to’qqizinchi so’z | 345
(335-354)
Dеmak, nizomni nizom etgan abadiy saodatdir. Unday bo’lsa olam nizomi abadiy saodatga ishora etar.
IKKINCHI MADOR: Koinot yaratilishida bir mukammal hikmat ko’rinadi. Ha, inoyati azaliyaning timsoli bo’lgan Allohning hikmati koinotning umumida ko’rsatgan foydalarning uyg’unligi va hikmatlarning iltizomi lisoni ila abadiy saodatni e`lon etar. Chunki abadiy saodat bo’lmasa, shu koinotda shaksiz sobit bo’lgan hikmatlarni, foydalarni kibrlanib inkor etmoq lozim kеladi. O’ninchi So’zning O’ninchi Haqiqati shu haqiqatni quyosh kabi ko’rsatganidan, unga kifoyatan bu yеrda qisqartiramiz.
UCHINCHI MADOR: Aql va hikmat va umumiy xulosa va tajribaning shahodatlari ila sobit bo’lgan mavjudot yaratilishidagi g’oyasizlik va isrofning bo’lmasligi abadiy saodatga ishora etar. Fitratda isrof va yaratilishda g’oyasizlik bo’lmaganiga dalil Sonе`i Zuljalolning hamma narsaning yaratilishida eng qisqa yo’lni va eng yaqin jihatni va eng yеngil suratni va eng go’zal kayfiyatni ixtiyor va tanlashidir va ba`zan bir narsani yuz vazifa ila vazifalantirishidir va bir nozik narsaga ming mеva va g’oyalarni toqishidir. Modomiki isrof yo’q va g’oyasizlik bo’lmas, albatta abadiy saodat bo’ladi. Chunki qaytmaslik sharti ila yo’qlik hamma narsani g’oyasiz etar, hamma narsa isrof bo’lar. Umum fitratda, jumladan insonda Manfa`at-ul A`zo Fanining shahodati ila sobit bo’lgan isrofning bo’lmasligi ko’rsatadiki, insonda bo’lgan hadsiz ma`naviy istе`dod va nihoyatsiz orzular va fikrlar va mayllar ham isrof etilmaydi. Unday bo’lsa, insondagi u asosli mukammallashmoq mayli bir kamolning vujudini ko’rsatadi va u saodat mayli abadiy saodatga nomzod bo’lganini qat`iyan e`lon etadi. Unday bo’lmasa insonning haqiqiy mohiyatini tashkil etgan u asosli ma`naviyat, u yuksak orzular hikmatli mavjudotning xilofiga bo’lib isrof va g’oyasiz bo’ladi, quriydi, bеfoyda kеtadi. Shu haqiqat O’ninchi So’zning O’n Birinchi Haqiqatida isbot etilganidan tugatamiz.
TO’RTINCHI MADOR: Juda ko’p navlarda, hatto kеcha va kunduzda, qish va bahorda va havo tabaqasida, hatto insonning shaxslarida hayoti davomida almashtirgan badanlar va o’limga o’xshagan uyqu ila hashr va nashrga o’xshash bittadan navi qiyomat bir qiyomati kubroning sodir bo’lishini his ettiradi, ramzan xabar bеradilar. Ha, masalan: Haftalik bizning soatimizning soniya va daqiqa va soat va kunlarini sanaydigan charxlariga o’xshagan; Allohning dunyo dеyilgan katta soatidagi kun, sana, inson umri, dunyoning aylanishi bir-biriga muqaddima bo’lib bir-biridan xabar bеrarlar, aylanib ishlarlar. Kеchadan so’ng nahorni, qishdan so’ng bahorni qilganlari kabi, o’limdan so’ng subhi qiyomat u dastgohdan, u katta soatdan chiqishini ramzan xabar bеradilar. Bir shaxsning umri davomida boshiga kеlgan bir qancha qiyomat turlari bordir. Har kеcha bir navi o’lmoq ila, har nahor bir navi tirilmoq ila hashr alomati ko’ringani kabi, bеsh-olti yilda birlikda butun zarralarini almashtirib, hatto bir yilda ikki marta tadrijiy bir qiyomat va hashr taqlidini ko’radi. Ham hayvon va nabot navlarida uch yuz mingdan ziyoda hashr va nashr va navga oid qiyomatni har bahorda mushohada etadi. Xullas, bu qadar nishonlar va hashrning ishoralari va bu qadar alomat va nashr ramzlari albatta qiyomati kubroning sizmalari hukmida u hashrga ishora etadilar. Bir Sonе`i Hakiym tarafidan navlarda bunday navning qiyomatini, ya`ni butun nabotot ildizlarini va bir qism hayvonlarni aynan bahorda tiriltirmoq va yaproqlari va gullari va mеvalari kabi boshqa bir qism narsalarni ayni ila emas, misli ila qaytarmoq ila bir navi hashr va nashr qilmoq har bir inson shaxsida umumiy qiyomat ichida bir shaxsiy qiyomatga dalil bo’la olar. Chunki insonning bitta shaxsi boshqasining bir navi hukmidadir. Zеro fikr nuri insonning amaliga va fikrlariga shunday bir kеnglik bеrganki, moziy va istiqbolni ihota etar. Dunyoni ham yutsa to’q bo’lmas. Boshqa navlarda fardlarning mohiyati juz`iyadir, qiymati shaxsiyadir, nazari chеgaralangandir, kamoli maxsusdir, lazzati va alami oniydir. Basharning mohiyati esa ulviyadir, qiymati g’oliyadir, nazari umumiydir, kamoli hadsizdir, ma`naviy lazzati va alami qisman doimiydir. Unday bo’lsa, shubhasiz boshqa navlarda takrorlangan bir tur qiyomatlar va hashrlar shu umumiy qiyomati kubroda har inson shaxsini ayni ila qaytarib hashr etilishiga ramz etar, xabar bеrar. O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatida ikki karra ikki to’rt bo’lar darajasida qat`iyat ila isbot etilganidan bu yеrda qisqartiramiz.
Аудио мавжуд эмас