So’zlar | o’ttizinchi so’z | 362
(355-368)
IKKINCHI MAQSAD
[Zarralarning Almashinishiga Doir]
Shu oyatning Xazinasidan Bir Zarraga Ishora Etajakdir.

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لاَ تَاْتِينَا السَّاعَةُ قُلْ بَلٰى وَرَبِّى لَتَاْتِيَنَّكُمْ عَالِمِ الْغَيْبِ
لاَ يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى السَّمٰوَاتِ وَلاَ فِى اْلاَرْضِ وَلاَۤ اَصْغَرُ مِنْ ذٰلِكَ وَلاَۤ اَكْبَرُ اِلاَّ فِى كِتَابٍ مُبِينٍ

[Shu oyatning juda buyuk xazinasidan bir misqol zarra miqdorida, ya`ni zarra sanduqchasida bo’lgan javharni ko’rsatar va zarraning harakat va vazifasidan bir oz bahs etar. Shu maqsad bir "Muqaddima" ila "Uch Nuqta"dan iboratdir.]

MUQADDIMA
Zarralarning almashinishi Naqqoshi Azaliyning qudrat qalamining koinot kitobida yozgan taqviniy oyatlarining hangomidagi tеbranishi va harakatidir. Bo’lmasa Moddiyun va Tabiiyunlarning o’ylaganlari kabi tasodif o’yinchog’i va chalkash, ma`nosiz bir harakat emasdir. Chunki butun mavjudot kabi zarralar va har bir zarra ilk harakatida "Bismilloh" dеr. Chunki nihoyatsiz, quvvatidan ortiq yuklarni ko’tarar va bug’doy donasi qadar bir urug’ning katta bir qarag’ay daraxti kabi bir yukni yеlkasiga olishi kabi... Ham vazifasining oxirida "Alhamdulillah" dеr. Chunki butun aqllarni hayratda qoldirgan hikmatli bir san`at go’zalligi, foydali bir naqsh husnini ko’rsatib Sonе`i Zuljalolning madhlariga bir madhiya qasidasi kabi bir asar ko’rsatar. Masalan, anor va makkajo’xoriga diqqat et.
Ha, zarralarning almashinishi(Izoh) g’ayb olamidan bo’lgan hamma narsaning o’tgan aslida va kеladigan naslidagi intizomlarga mador va Ilohiy ilm va amrning bir unvoni bo’lgan "Imomi Mubin"ning dasturlari va yozilishi taxtida va hozirgi zamon va shahodat olamidan tashkil va ashyo ijodida tasarrufga mador va Ilohiy qudrat va irodaning bir unvoni bo’lgan "Kitobi Mubin"dan nusxa ko’paytirmoq ila va oquvchi zamonning haqiqati va misoliy sahifasi bo’lgan "Lavhi Mavh-Isbot"da qudrat kalimalarini yozmoq va chizmoqdan kеlgan harakatdir va ma`nodor tеbranishlardir.
----------------------------------------------------------------
(Izoh) Ikkinchi Maqsadning zarralar almashinishining ta`rifiga doir bo’lgan uzun jumlaning izohidir.
Qur`oni Hakimda "Imomi Mubin" va "Kitobi Mubin" ko’pgina yerlarda zikr qilingandir. Tafsirchilar "ikkisi birdir", bir qismi "boshqa boshqadir" deganlar. Haqiqatlariga doir bayonlari muxtalifdir. Xulosa: "Alloh ilmining unvonlaridir" deganlar. Faqat Qur`onning fayzi ila shunday qanoatim kelganki: "Imomi Mubin" Alloh ilm va amrining bir naviga bir unvondirki, shahodat olamidan ziyoda g’ayb olamiga boqar. Ya`ni hozirgi zamondan ziyoda moziy va istiqbolga nazar etar. Ya`ni, hamma narsaning zohiriy vujudidan ziyoda asliga, nasliga va ildizlariga va tuxumlariga boqar. Alloh qadarining bir daftaridir. Shu daftarning vujudi Yigirma Oltinchi So’zda, ham O’ninchi So’zning izohida isbot etilgandir. Ha, shu "Imomi Mubin" bir navi Alloh ilm va amrining bir unvonidir. Ya`ni, ashyoning asoslari va ildizlari va asllari mukammal intizom ila ashyoning vujudlarini g’oyat san`atkorona keltirib chiqarishi jihati ila albatta Ilohiy ilm dasturlarining bir daftari ila tartiblanganligini ko’rsatar va ashyoning natijalari, nasllari, tuxumlari oldinda keladigan mavjudotning dasturlarini, mundarijalarini ichlariga olganliklaridan albatta Ilohiy amrlarning bir kichik majmuasi bo’lganini bildirarlar. Masalan: Bir urug’ butun daraxtning tashkilotini tartiblaydigan dasturlari va mundarijalari va u mundarija va dasturlarni tayin etgan u taqviniy amrlarning kichkina bir mujassami hukmida deb bo’ladi. Al-hosil: "Imomi Mubin" moziy va istiqbolning va g’ayb olamining atrofida shox-shoda solgan yaratilish daraxtining bir dasturi, bir mundarijasi hukmidadir. Shu ma`nodagi "Imomi Mubin" Alloh qadarining bir daftari, bir dastur majmuasidir. U dasturning imlosi ila va hukmi ila zarralar ashyo vujudidagi vazifalariga va harakatlariga chorlanar. Ammo "Kitobi Mubin" esa g’ayb olamidan ziyoda shahodat olamiga boqar. Ya`ni, moziy va istiqboldan ziyoda hozirgi zamonga nazar etar va ilm va amrdan ziyoda Alloh qudrat va irodasining bir unvoni, bir daftari, bir kitobidir. "Imomi Mubin" qadar daftari bo’lsa, "Kitobi Mubin" qudrat daftaridir. Ya`ni hamma narsa vujudida, mohiyatida va sifat va shuunotida mukammal san`at va intizomlarni ko’rsatadiki; bir komil qudratning dasturlari ila va bir nufuzli irodaning qonunlari ila vujud kiydirilar. Suratlari tayin, tanlanib; bittadan muayyan miqdor, bittadan maxsus shakl berilar. Demak u qudrat va irodaning kulliy va umumiy bir qonunlar to’plami, bir katta daftari bordirki, har bir narsaning xususiy vujudlari va maxsus suratlari unga ko’ra bichilar, tikilar, kiydirilar. Xullas, shu daftarning vujudi "Imomi Mubin" kabi qadar va juz`iy ixtiyor masalasida isbot etilgandir. G’aflat va zalolat va falsafa ahlining ahmoqligiga boqki: Qudrati Fotiraning u Lavhi Mahfuzni va Rabboniy hikmat va irodaning u basirona kitobining ashyodagi jilvasini, aksini, misolini his etganlar. Aslo, "Tabiat" nomi ila nomlaganlar, ko’rsatganlar. Xullas, "Imomi Mubin"ning imlosi ila, ya`ni qadarning hukmi ila va dasturi ila Alloh qudrati ashyo ijodida har biri bittadan oyat bo’lgan mavjudot silsilasini "Lavhi Mavh-Isbot" deyilgan zamonning misoliy sahifasida yozadi, ijod etadi, zarralarni harakatlantiradi.
Demak, zarralarning harakati u yozishdan, u nusxa ko’paytirishdan mavjudot g’ayb olamidan shahodat olamiga va ilmdan qudratga o’tishlarida bir tebranishdir, bir harakatlardir. Ammo "Lavhi Mavh-Isbot" esa sobit va doim bo’lgan Lavhi Mahfuzi A`zamning mumkinot doirasida, ya`ni o’lim va hayotga, vujud va fanoga doimo mazhar bo’lgan ashyoda almashinadigan bir daftari va yozar buzar bir taxtasidirki, zamon haqiqati udir. Ha, hamma narsaning bir haqiqati bo’lgani kabi, zamon deganimiz koinotda jarayon etgan azim bir daryoning haqiqati ham "Lavhi Mavh-Isbot"dagi qudrat yozuvining sahifasi va siyohi hukmidadir. لاَ يَعْلَمُ الْغَيْبَ اِلاَّ اللّهُ
Аудио мавжуд эмас