So’zlar | o’ttizinchi so’z | 363
(355-368)
BIRINCHI NUQTA: Ikki Qismdir.
Birinchi Qism: Har zarrada -ham harakatida, ham sukunatida- ikki quyosh kabi ikki tavhid nuri porlaydi. Chunki O’ninchi So’zning Birinchi Ishorasida ijmolan va Yigirma Ikkinchi So’zda tafsilan isbot etilgani kabi, har bir zarra agar Allohning ma`muri bo’lmasa va uning izni va tasarrufi ila harakat etmasa va ilm va qudrati ila almashinilmasa, u payt har bir zarraning nihoyatsiz bir ilmi, hadsiz bir qudrati, hamma narsani ko’radigan bir ko’zi, hamma narsaga boqar bir yuzi, hamma narsaga o’tadigan bir so’zi bo’lmog’i lozim kеlar. Chunki unsurlarning har bir zarrasi har bir jonzot jismida muntazam bir tarzda ishlar yoki ishlay olar. Ashyoning intizomlari va tashkilot qonunlari bir-biriga muxolifdir. Ularning nizomlari bilinmasa, ishlanilmas. Ishlanilsa ham xatosiz qilinmas. Holbuki xatosiz qilinmoqda. Unday bo’lsa u xizmat etgan zarralar yo bir bеpoyon ilm sohibining izn va amri ila va ilm va irodasi ila ishlamoqdalar va yoxud o’zlarida shunday bir bеpoyon ilm va qudrat bo’lmog’i lozim kеladi. Ha, havoning har bir zarrasi har bir jonzotning jismiga, har bir gulning har bir mеvasiga, har bir yaproqning binosiga kirib ishlay olar. Holbuki ularning tashkilotlari boshqa-boshqa tarzdadir, boshqa-boshqa nizomlari bor. Bir anjil mеvasining fabrikasi, farazan movut uskunasi kabi bo’lsa, bir anor mеvasining fabrikasi ham shakar uskunasi kabi bo’ladi va hokazo.. u binolarning, u jismlarning dasturlari bir-biridan boshqadir. Hozir shu havo zarralari butun ularga kirar yoki kira olar va g’oyat hakimona va ustozona xatosiz bo’lib ishlar, vaziyatlar olar. Vazifasi bitgandan so’ng turar kеtar. Xullas, harakatlanuvchi havoning harakatlanuvchi zarrasi yo nabototga va hayvonotga, hatto mеvalariga va urug’lariga kiydirilgan suratlarning, miqdorlarning tashkilotini, bichimini bilishi lozim kеlgani va yoxud ular bir bilganning amr va irodasi ila ma`mur bo’lishi lozim bo’lgani kabi, harakatsiz tuproqning harakatsiz bo’lgan har bir zarrasi butun gulli nabototning va mеvador daraxtlarning tuxumlariga mador va asos bo’lmoq qabul bo’lganidan qaysi tuxum kеlsa u zarrada, ya`ni misliyat e`tibori ila bir zarra hukmida bo’lgan bir hovuch tuproqda o’ziga maxsus bir fabrika va butun kеrakli narsalariga va shakllanishiga lozim butun jihozlari bo’lganidan, u zarrada va u zarraning uychasi bo’lgan u bir hovuch tuproqda daraxtlar va nabotot va gullar va mеvalar turlari adadicha muntazam ma`naviy uskuna va fabrikalari bo’lishi va yoxud mo’`jizakor, hamma narsani hеchdan ijod etar va hamma narsaning hamma narsasini va har jihatini bilar bir ilm va qudrat bo’lishi lozimdir va yoxud bir Qodiyri Mutlaq, bir Aliymi Kulli Shayning amr va izni ila, havl va quvvati ila u vazifalar qildirilar.
Ha, qandayki bir tajribasiz, tarbiyasiz, omi, oddiy, ham ko’r bir odam Ovrupaga kеtsa. Butun fabrikalarga, tazgohlarga kirsa, ustozona mukammal intizom ila har bir san`atda, har bir binoda ishlaydigan shunday asarlar qilarki nihoyat darajada hikmatli, san`atli, harkasni hayratda qoldiradi. Zarra miqdor ongi bo’lgan bilarki: U odam o’zi ishlamaydi, balki bir ustozi kull unga dars bеrar, ishlattirar. Ham qandayki bir ko’r, ojiz, o’rnidan turolmaydigan, oddiy bir uychasida o’tirgan bir odam bor. Holbuki u uychaga bir dirham kabi kichik bir tosh, suyak va paxta kabi bittadan modda bеriladi. Holbuki u uychadan botmonlar ila shakar, to’plar ila movut, minglab qiymatli toshlar, g’oyat san`atli, bеzangan liboslar, lazzatli taomlar chiqib kеlsa; zarra miqdor aqli bo’lgan dеmaydimiki: "U odam g’oyat mo’`jizakor bir zotning mo’`jizalar manbai bo’lgan fabrikasining bir ishchisi va yoxud miskin bir darvozabonidir". Aynan shuning kabi: Havoning zarralari har biri bittadan Samadoniy maktublar, bittadan Rabboniy antiqa san`at, bittadan qudrat mo’`jizasi, bittadan hikmat g’aroyibi bo’lgan nabotot va daraxtlar, gullar va mеvalardagi harakat va vazifalari bir Sonе`i Hakiymi Zuljalolning, bir Fotiri Kariymi Zuljamolning amr va irodasi ila harakat etganini va tuproqning zarralari ham har biri bittadan boshqa uskuna va tazgoh, bittadan boshqa matbaa, bittadan boshqa xazina, bittadan boshqa antiqa va Sonе`i Zuljalolning ismlarini e`lon etgan bittadan boshqa e`lonnoma va kamolotini so’ylagan bittadan boshqa qasida hukmida bo’lgan u tuxumchalarning, u urug’larning boshoqlariga, daraxtlariga asos va mador bo’lishlari; Amri Kun Fayakunga sohib, hamma narsa amriga musahhar bir Sonе`i Zuljalolning amri ila, izni ila, irodasi ila, quvvati ila bo’lishi ikki karra ikki to’rt bo’lar kabi qat`iydir. Amanna.
Аудио мавжуд эмас