So’zlar | Lug’at | 542
(511-605)
kamoli Rububiyat-Janobi Haqning yaratganlarini tarbiya etuvchilik va ta`minlovchilik vasfining mukammalligi
Kamoli Sarmadiyat-cheksizligining to’liq va kamchiliksiz bo’lishi
kamoli sur`at-mukammal tezlik
kamolot-fazilatlar, yaxshiliklar, mukammalliklar; axloq go’zalligi, adablilik
kamoloti Ahmadiya-har hol va harakati ila kamol nuqtasida bo’lgan Hz.Muhammad (S.A.V.)
kamoloti Muhammadiya-har hol va harakati ila kamol nuqtasida bo’lgan Hz.Muhammad (S.A.V.)
kanzi g’ino-boylik xazinasi
karam-nafosat, izzat, sharaf, oliyjanobona ehson, inoyat; qiymatli narsalarni kamoli rizoi nafs ila bermoq; Janobi Haqqa qarshi aytilsa Ilohiy ehsonlar va lutflar qasd etilar; insonga qarshi aytilsa axloq go’zalliklari qasd etilar
Karam va Rahmat Bobi-shafqat, marhamat va saxiylik, ikrom va ehson eshigi
karamnomdor-ikromi ila shonu shuxrat topganlar
Kariym-karam ila vasflangan bo’lgan, ehson va inoyat sohibi, sharafli va izzatli, muhtaram, saxiy (Qur`oni Karim ta`birida bu so’z juda aziz, mukarram ma`nosida keladi)
Kariymi Zuljamol-cheksiz ikrom, ehson va go’zallik sohibi bo’lgan Alloh
Kariymi Mutlaq-cheksiz ikrom va ehson sohibi bo’lgan Alloh
Kariymi Rahiym-cheksiz ikrom va ehson sohibi, juda marhamatli bo’lgan Alloh (J.J.)
kariymona-kariym bo’lganga maxsus holda, lutf etib, kariymga xos bir suratda
kasb-qozonch, sa`y va amal ila qozonmoq, qo’lga kiritmoq; *(fiqh) bir insonning o’z qudrat va iqtidorini bir ishga sarf etishi
kasbi tashahhusi shuxrat-shaxsiy shuxrat qozonmoq
Kasbi shar-yomon bir ishni qilmoq yoki u ishga vosita bo’lmoq yoxud tarafdor bo’lmoq
kasir-ko’p, ko’p miqdorda bo’lgan; turli
kasofat-dog’, kir, ochiq yoki shaffof bo’lmaslik; qalinlik
kasrat-ko’plik
kavn -borliq, koinot
kavniy hodisalar-dunyoda maydonga kelgan hodisalar
kashf-ochmoq; bo’ladigan ishni oldindan tushunmoq, yashirin qolgan bir narsaning Janobi Haq tarafidan birisiga ilhom qilinishi ila u yashirin narsaning o’rtaga chiqarilishi
kashf ahli-pardali bo’lgan va zohir hislar ila bilinmagan haqiqatlarni Janobi Haqning lutfu-ehsoni ila bilgan valiylar
kashfi avliyo-avliyoning ma`naviy kashfi
kashf-ul qubur ahli-qabrlardagi o’liklarning holini ko’rganlar
kashshof-kashf etgan, yashirin narsalarni topib maydonga chiqargan; mashhur bir tafsir ismi; razvedkachi
kibri san`at maol-san`at e`tibori ila buyuklik
kibriyo-buyuklik, Allohning (J.J.) har jihatdan buyukligi
kifoyat-yetishmoq, iqtidor, layoqat
kirim-daromad
kitobat-yozmoq, kotiblik
kitobat fani-yozuv darsi, farqli yozuv usul va shakllarini o’rgatgan ilm
kitobi kabiri koinot-buyuk bir kitob kabi ma`nolar va hikmatlar ifoda etgan koinot
kitobi kabiri olam-katta bir kitob kabi ma`nolar ifoda etgan olam
Аудио мавжуд эмас