So’zlar | Lug’at | 541
(511-605)
Jud va Jamol Bobi-cheksiz go’zallik va saxiylik eshigi
Judi-i Islomiyat-Islomiyat tog’i, har turli falokatdan Islomiyat ila najot topilishini ifoda etgan bir tashbehdir
juz-qism, parcha
juzdon-guvohnoma, kitobcha, hamyon
juz`iy fard-bir borliqdan yoki bir vujuddan bir parcha; atom
juz`iy ixtiyor-erkin va hur harakatlana olish qobiliyati, istagani kabi harakat qila olish, insonga Janobi Haq tarafidan berilgan oz bir orzu erkinligi
juz`iya-ozdan bo’lgan, parchaga oid bo’lgan, biroz, juda oz, qiymatsiz, muhim bo’lmagan, asosga oid bo’lmagan, juzga oid bo’lgan, kulliy bo’lmagan
juz`iyat-ozlik, juz`iy bo’lmoq
juz`iyot-kichik narsalar
jumhur-xalq jamoati, hay`at, jamoat, ayni qaror yoki hukmni qabul qilganlar; olimlarning ko’pchiligi, aksariyati; bir joyga to’plangan qum, tuproq
Jumhuri nas-insonlarning aksarisi
jumudiya-aysberg
jundi Subhoniy-Allohning nuqsonsiz va kamchiliksiz qo’shini
junudulloh-Allohning askarlari
kabir-katta, oliy, yuksak
kaboir-katta gunohlar
Kahkashon-Samon yo’li (galaktikamizning ismi)
kalima-ma`nosi bo’lgan eng kichik so’z yoki jumlaning tuzilishini tashkil etgan unsurlardan birisidir.
Kalima-i vohida-birgina kalima
Kalima-i Shahodat-shahodat kalimasi
Kalimatulloh-Allohning kalomi, shariat, Qur`on
kalimot-kalimalar, kalomlar, so’zlar
kalit kulchasi-bir ip yoki simga bog’langan kalitlar yig’indisi
kaliti kanz-xazina kaliti
kalom-so’z, bir ma`noni ifoda etgan, bir maqsadni tushuntirgan ifoda; Allohga maxsus bir sifat
Kalom Ilmi-Janobi Haqning zot va sifatlaridan va nubuvvat va e`tiqodga oid masalalardan Islomiy asoslar doirasida bahs etgan ilm, usuli din ham deyiladi, bu sohada faoliyat ko’rsatgan olimlarga Mutakallimiyn deyiladi
kalom siboqi-so’zning kelishi, so’zning oldingi holati
kalomi pur-maol-ko’p ma`noli so’z
Kalomi Rahmoniy-Rahmon bo’lgan Allohning shafqatli kalomi
Kalomulloh-Allohning kalomi
kalomchilar-Islom va iymon asoslarini Qur`on haqiqatlari ila isbot va izohini qilgan buyuk Islom olimlari, allomalari
kamarbasta-qo’l bog’lamoq
kammiyat-miqdor, son, oz yoki ko’p bo’lish
kamol-komillik, butun go’zal sifatlar ila sifatlanmoq, fazilat; qiymat, baho; ortiqlik; sidq ila qilingan go’zal ish
Kamoli Adolat-kamchiliksiz va nuqsonsiz adolat
kamoli qudrat-qudratning mukammalligi
Аудио мавжуд эмас