So’zlar | Lug’at | 540
(511-605)
jazbadorona-Alloh sevgisi ila o’zidan ketib
Jazirat-ul Arab-Arabiston Yarim oroli
jazoyi amal-qilingan ishning jazosi
jazolat-kalimalarning mavzuga, g’oyaga va bir-birlariga uyg’unlik ichida tizilishlari
jazolati nazmiy-Qur`ondagi kalima va harflarning g’aroyib bir ohang va munosabat ila nazm va tartibidagi jazolat
jilva-Ilohiy ismlarning tajalliysi; tajalliy; go’zallarga yarashadigan turish va harakat, dilbarona harakat, noz va ado
jilva-i iroda-iroda va qasdni ko’rsatgan tazohur va tajalliy; Janobi Haqning o’z shaxsan istagi va qilganini ko’rsatgan bo’lish va intizom, mukammaliyat
jilva-i ma`nodor-ma`nodor jilva
jilva-i rahmat-Janobi Haqning marhamat, shafqat va lutfining jilvasi
jilva-i vahdat-Alloh birligining tajalliysi
jinon-jannatlar
jinoyati sariya-boshqa narsalarga ham ta`sir qiladigan, yoyiladigan jinoyat
jinoyot-jinoyatlar
jinsi amal-amal jinsi
jinsi jazo-jazo jinsi
jinsiyat mayli-jinsiy yaqinlik va o’xshashlik
jismi Muhammadiy (S.A.V.)-ruhi Muhammadiyaning (S.A.V.) hadsiz vazifasining va jihozlarining madori va xazinasi bo’lgan uning pok va toza jismi va badani
jismoniy-badanga mansub, vujud ila aloqali
jismoniy hashr-jism ila, jasad ila tirilmoq, badanlarning va vujudlarning hashri
jismoniyat-jismoniylik, moddiy badan sohibi bo’lmoq holi
Jihati Ne`mat-ne`mat tarafi
jihati sitta-olti tomon
jihod-dushman ila urushmoq; ilm va iymon ila, so’z ila, fe`l ila, mol va jon ila butun quvvatini sarf etmoq; Alloh yo’lida urush; din uchun harakat qilmoq; iymon ruknlarini va dinning asoslarini muhofaza va iymonni kuchlantirmoq uchun jahd va g’ayrat etmoq; Islomiyatning ruknlarini muhofaza, Kalimatullohni i`lo, kufri mutlaqning va kufforning (sufyon va dajjolning) fitnalarini daf qilish ila hokimiyati Haqni ta`min aylamoq
jozbadorona-Alloh sevgisi ila o’zidan ketish
jozib-tortuvchi, jozibali; xush ko’rinishli bo’lib diqqatni tortgan
joziba-tortish, tortish kuchi; *(majoziy ma`no)latofat zamoni, chehra go’zalligi
joziba tuyg’usi-tortish quvvati, insonda bo’lgan va foydali narsalarni tortgan tuyg’u
joyi diqqat-diqqat etiladigan nuqta, diqqat etiladigan yer yoki narsa
jome`-jam etuvchi, to’plovchi, ichiga olgan, jam etgan, to’plagan, ichiga olgan va qamrovli bo’lgan
jome`iyat-ko’p sonli xususiyatlarni o’zida jamlamoq
jome`iyati purshon-ustun darajada juda ko’p haqiqatlarni o’zida to’plamoq
jomia-birlik, jam, bir jismni tarkib va tashkil qilgan qismlarning butun hay`atiga aytilar
jon-turk-yosh turk. 1868 dan so’ng Yevropadagi kabi go’yo yangilik va taraqqiy istagan Yosh Usmonlilarga berilgan ism
johiliyat asri-Payg’ambarimizdan (S.A.V.) oldingi asr, insonlarning butga sig’ingan, kufr va johillik asri
jud-saxiylik, ko’p bermoq
Аудио мавжуд эмас