So’zlar | Lug’at | 538
(511-605)
Jabriya mazhabi-juz`iy irodani inkor etgan bir zalolat firqasi, insonning irodasini inkor etib qulning shamol qarshisidagi yaproq kabi qadarning mahkumi bo’lganini iddio qilgan botil mazhab, ziddi Mo’`tazila
jahannam-Alloh o’rniga tabiat, modda, sabablar va shunga o’xshash yaratilgan narsalarni Iloh qabul etgan; Allohga qul bo’lmasdan orzulariga va havaslariga, boshqa insonlarga va maxluqotga qul bo’lganlarning qilgan gunoh va ayb sababli Ilohiy adolat ila jazo ko’radigan joylari (Jahannamning borligini butun o’tgan payg’ambarlar va ularning yo’lidan ketgan butun olimlar va avliyolar aniq bir ma`lumot sifatida bildirgandirlar. Asosan Allohning adolati jahannamni talab qilar. Ezganlar ila ezilganlar, haqlilar ila haqsizlar, zolimlar ila mazlumlar, yaxshilar ila yomonlar, ishonganlar ila ishonmaganlar, Allohga qul bo’lganlar ila bo’lmaganlar teng bo’lolmas. Allohning adolati yaxshilarga mukofot, yomonlarga jazoni talab etar. Inkorchilar hayotni ma`nosiz o’ylaganlaridek, o’limni ham o’zlarini va butun sevgnalarini yo’q etgan abadiy bir i`dom deb o’ylab hali hayotda ekan jahannaming bashoratchisi bo’lgan ruhiy kasodlikka uchraydilar. Ichki, qimor, zavq, ayshu ishrat, safohat ularni ruhiy kasodlikdan qutqarolmaydi. Jahannamning yetti tabaqasining ismlari: Sair, Saqar, Jahim, Hutama, Lazi, Haviya, Darki Asfal)
jahl-johillik, bilmaslik, ilmdan mahrum bo’lishlik, nodonlik, tajribasizlik, yoshlik
jahli murakkab-bilmaslik ila barobar bilmasligini ham bilmaslik
jahon-baho-dunyo bahosida
jahon-qiymat-dunyo qiymatida
jahonpisand-jahonga qarshi chiqqan
jahonshumul-butun jahonni va olamni ichiga olgan
jahriy zikr-baland ovoz ila qilingan zikr
jahriya tariqi-ochiqchasiga va baland ovoz bilan zikr etgan tariqat
Jalil-haybat va quvvat sohibi, azim, martabasi yuksak
Jaliyl-shonu sharafi buyuk, yuksaklik va jalol sohibi
Jaliyli Jamiyl-cheksiz buyuklik va go’zallik sohibi bo’lgan Alloh (J.J.)
Jaliyli Zuljamol-cheksiz go’zallik, buyuklik va hashamat sohibi bo’lgan Alloh (J.J.)
Jaliyli Loyazal-hech yo’q bo’lmagan va cheksiz jalol sohibi Alloh (J.J.)
Jaliyli Purkamol-cheksiz kamol va buyuklik sohibi
jalol-nihoyat darajada buyuklik; azamat; Janobi Haqning qahrining va azamatining aksi; Janobi Haqning navdagi aksi; Janobi Haq vahdoniyatiga dalil bo’ladigan ko’p narsalar yaratganidan yoki qamrashdan oliy va jalil bo’lgani yoki hislar ila idrok etilishdan jalil bo’lganidan Jalol aytilar
jaloli qudsiyat-kamchilik va nuqsondan uzoq bo’lish sharafi va yuksakligi
Jaloliddini Suyutiy-(hi.849-911) Misrlikdir; tafsir, fiqh, hadis mavzusida muhim asarlar yozgan juda buyuk bir Islom olimidir; mujtahid va hadis imomidir
jaloliy ko’rinishlar-Allohning buyukligining ko’rinishlari
Jaloliy tajalliyot-Allohning buyukligining ko’rinishlari
Jaloliy tasarrufot-Allohning jalol sifatining ko’rinishi bo’lgan ijrootlar
jamila-tabga o’tirmoq uchun qilingan harakat
Jamiyl-chiroyli; cheksiz go’zallik sohibi bo’lgan Alloh (J.J.)
Jamiyli Bemisol-o’xshovsiz go’zallik sohibi Alloh
Jamiyli Boqiy-borligi cheksiz va cheksiz go’zallik sohibi Alloh (J.J.)
Jamiyli Lamyazal-hech yo’q bo’lmagan va abadiy go’zallik sohibi Alloh (J.J.)
Jamiyli Mutlaq-har narsasi ila go’zal bo’lgan Alloh (J.J.)
Jamiyli Zuljalol-jalol sohibi va cheksiz go’zallikda bo’lgan zot (Alloh)
Jamiyli Zulkamol-kamol va go’zallik sohibi Alloh (J.J.)
Аудио мавжуд эмас