So’zlar | Lug’at | 535
(511-605)
Ismi A`zam -Allohning (J.J.) eng buyuk ismi; Allohning(J.J.) boshqa ismlarini ma`nocha o’zida saqlagan eng boshda kelgan va eng keng ma`noli ismi; Allohning (J.J.) Qur`on va hadisi shariflarda zikr etilgan yuz ismining ma`nocha eng jamlovchisi bo’lganidir; Ismi A`zam boshqa ismlarning ham ma`nolarini ichida to’plar; har ismi Ilohiyning ham, har maxluqning ham bir a`zamiylik martabasi bordir
ismi foil-*(gramatika) o’zidan fe`l, ish chiqqan kishining sifati; foil, xodim, kotib kabi
ismi jome`-butun ismlarning ma`nolarini ichida to’plagan ism
ismiy ma`no-o’zini bildirib tanitgan ma`no, bir narsaning to’g’ridan o’zi haqida ma`lumot berishi
ismlar barzohi-Alloh ismlarining Qobi Qavsayn maqomida ko’rinishi
isnod-bir so’z yoki xabarni birisiga nisbat etmoq; Payg’ambarimiz (S.A.V.) so’zlarini navbat ila kimlardan naql etilganini bildirmoq; bir narsaga tayanmoq; birisi uchun bir ishni qildi demoq, iftiro etmoq
isrofi jasadiy-badanni bo’sh joyga sarf etmoq
Isrofil-to’rtta katta malakdan biri bo’lib Qiyomat kuni jasadlarga ruh uflamoq va Surni chalmoq ila vazifadordir
isqot etmoq-jim qildirmoq; javob bermaydigan holga keltirmoq; qondirmoq; rozi qilmoq
istehson-yoqtirgan, go’zal deb bilgan, maqtamoq, tahsin etmoq
Iste`dodi kamol-kamolga yetgan iste`dod
Iste`dodi nafsoniy-nafsning chegara bilmagan orzu va istaklari
istibdod-tazyiq
istibdodi shaytoniy-shaytonning istibdodi
istidroj-dindan uzoq bo’lgan insonlarda ko’ringan g’aroyib ishlar va muvaffaqiyatlar, haqqi va haqiqiy qiymati bo’lmagani holda va qobiliyatsizligiga qaramasdan bir kishining ko’p ne`matga mazhar bo’lishi va bu sabab ila kufr va isyonga davom etishi ila Allohning azob va g’azabiga yaqinlashishi
istifo-tanlamoq, ayirmoq, bir narsani isloh etib soflashtirmoq
istifoda-foydalanmoq, foydalanishga harakat qilmoq; tushunib o’rganmoq; tahsil etmoq
istifoza-fayz olmoq, fayzlanmoq, ma`naviy foydalanmoq
istifhomi inkori taajjubiy-taajjubda qolish yoki hayron bo’lishda so’raladigan savol (Hech ham shunday bo’larmi? Buni qanday qilasan? Jumlalarida bo’lgani kabi)
istihfom-anglamoq uchun so’ramoq; (adabiyot) javob istamoq uchun emas, yanada ko’p diqqatni tortmoq, hislarni quvvatlantirmoq maqsadi ila savol shaklida aytmoq san`atidir
istilo-qoplamoq, yoyilmoq; qo’lga o’tkazmoq, ishg’ol etmoq; g’alaba qilmoq
istimdod-yorlam so’ramoq, madad istamoq
istimdodkorona-yordam berganga yarashadigan tarzda
istinas-o’rganmoq, vahshiylikning ketishi
istinbod-bir so’z yoki bir ishdan yashirin bir ma`noni chiqarmoq; mujtahid yoki buyuk bir olimning yashirin bir ma`noni ijtihodi ila chiqarishi; bir masalani chuqur tadqiq natijasida manbalaridan qiyinchilik ila tushunmoq
istinod-tayanmoq, ishonmoq; sanad yoki dalil aytmoq, ko’rsatmoq
istinodgoh-tayanadigan joy, ishonadigan joy yoki kishi
istinsoh-sahifani ko’paytirmoq, nusxasini yozmoq, nusxasini qilmoq; o’chirilishini va yo’q qilinishini istamoq
istintoq-gapirtirmoq
Istioza-"A`uzu billahi minash shaytonir rojiym" o’qib Allohdan panoh so’rash
istiqloli Islom-Islomning qutulishi va mustaqilligi
Аудио мавжуд эмас