So’zlar | Lug’at | 532
(511-605)
Ihyo-i din-dinning jonlanishi
Ihyo-i Fard-birgina fardning ihyosi, jonlantirilishi
Ihyo-i Nav-bir tur yoki jinsning ihyosi, hayot berilishi
ijmol-qisqacha tushuntirish, qisqartirish
ijmolan-qisqacha, xulosali ravishda
ijmoliy-qisqacha
ijmo`-fikr birligi; to’planmoq, tarqoq narsalarni to’plamoq; tayyorlamoq
ijob-lozim, kerakli, sabab bo’lmoq
Ijob va qabuli shar`iya-bir oldi berdida mol sohibining taklifi va molni olganning qabulini dinga uyg’un bo’lishi
ijoz-oz so’z ila ko’p ma`no anglatmoq, juda qisqa va oz so’zla juda keng va chuqur ma`nolarni anglatmoq
ijro-i faoliyat-faoliyat ichida bo’lmoq
ijroot-qilingan ishlar, amaliyot, tatbiqot
ijtihod-qudrat va quvvatini to’liq ishlatib ishlamoq, g’ayrat etmoq; tushunish; qanoat; *(fiqh) shariatning far`iy (asosga oid bo’lmagan) masalalariga oid hukmlarni Islom mujtahidlarining usuliga uyg’un bo’lib Qur`on va Hadisi Shariflardan chiqarishlari va buning uchun to’liq g’ayrat etishlari, bunday ijtihod etgan zotlarga Mujtahid aytilar
ijtihod ahli-mujtahidlar, ehtiyoj bo’lgan zamon oyat va hadis boshda bo’lib boshqa dalillardan hukm chiqargan buyuk Islom olimlari va peshqadamlari, Imomi A`zam, Imomi Shofe`iy kabi
ijtimo-to’planish, to’planmoq
ijtimo-i bino-jamiyat hayotiga oid va aloqador, ijtimoiy
ikromi Rahmoniy-Allohning ikrom va ehsoni
ikromiya-bonus
iksir-juda ta`sirli, har dardga davo sanalgan mavhum modda; bir narsaning bo’lishiga yoki xastaning yaxshilanishiga sabab bo’lgan ahamiyatli modda
iksiri ismi a`zam-Asmoyi husna ichidagi Allohning buyuk ismlarining ta`sirli davosi
ila oxiri oyat-"... Va boshqa oyat", "va oyatning davomi kabi" ma`nosidagi ifoda
ilhod-dinsizlik, iymonsizlik
ilhod ahli-to’g’ri maslak va dindan, Haq yo’lidan chiqib botil yo’lga kirgan iymonsizlar, dinsizlar
illat-asl sabab; * xastalik, dard, nogironlik
illati tomma-har qanday bir narsaning bor bo’lishi uchun lozim kelgan sabablarning tamomi, bu sabablar bor bo’lgandan keyin natijasining vujudga kelishi majburiy va vojib bo’lar
illiyat-sabab ila aloqali, asos sabab ila aloqadorlik
ilm ahli-ilm sohiblari
ilmalyaqiyn-ilm yo’li ila borilgan aniq bilim, ko’ringanlardan va bilinganlardan harakat ila borilgan aniq bilim
ilmi azaliy-Janobi Haqqa oid boshi-oxiri bo’lmagan, cheksiz, azaliy ilm
Ilmi Hikmat-hikmat ilmi, falsafa va tabiat ilmlari
ilmi Ilohiy-Allohning ilmi dohilida bo’lganlar
Ilmi Muhit Qonuni-butun olamlarni qamragan Ilohiy ilmning qonunlari
ilmi yaqiniy-haqiqatni aniq bir tarzda bilmoq
Ilmiy Ihota Qonuni-har yerni qamragan Alloh ilmining qonuni
ilmiy ihota taqozosi-har narsani qamragan Alloh ilmining kerakligi
ilm-ul g’uyub-g’aybiy ilmlar
Аудио мавжуд эмас