So’zlar | Lug’at | 534
(511-605)
inoyati azaliya-narsalar orasidagi munosabat bog’lari va narsalarning sabablarga bog’liq bo’lib bir-birining yordamiga yugurtirilishi
inoyati Ilohiya-Allohning yordami
inqilob-boshqa tarzga o’zgarmoq, bir holdan boshqa holga o’tmoq
ins-inson
insijom-suvning to’kilib davomli oqishi, silliq; davomli yomg’ir yog’ishi; *(adabiyot) tartibli, kitobning ifodasi go’zal va to’g’ri tartibli bo’lishi; benuqson, kamchiliksiz
insijomi ahkam-kamchiliksiz sog’lom tartib, eng sog’lom va buzilmas tartib
insoni akbar-buyuk va eng maqbul bo’lgan inson, ya`ni Islomiyat
insoni boshbo’g’oz-aqliga kelganni gapirgan, keraksiz gapirgan inson
insoni himmatparvar-qalbning butun quvvati ila muqaddasotga yo’nalgan inson
Insoniyat Bobi-insonlik eshigi
intibohi Islom-Islomiy uyg’onish, musulmonlarning uyg’onishi
intifo-yo’q bo’lmoq, so’nmoq
intiqom-o’ch
intisob-bog’lanish
intishor-tarqalmoq, yoyilmoq
inzivo-farog’at etib bir tarafga chekilmoq, bir ishga qo’shilmaslik; dunyo ishlarini tashlamoq, past va havasiy ishlarni tashlab Qur`on va iymon ilmi ila, ibodat va toat ila Qur`on va iymonga xizmat ila vaqt o’tqazmoq
inzol-tushirmoq, tushirilmoq, nuzul ettirmoq
inshiqoq-bo’linish
insho-qilmoq, vujudga keltirmoq, tarkib etmoq, bir narsa paydo etmoq; yaratmoq
inshod-she`r o’qimoq, she`rni qasidasiga uyg’un ohang ila o’qimoq, ovozini yuksaltirmoq
in`om-ne`mat bermoq, ehson etmoq; hidoyatga yetishtirmoq, to’g’riga chorlamoq; yaxshilik qilmoq
irfon-bilmoq, tushunish, tajriba va zakovatdan kelib chiqqan tushuncha va anglash kamoloti; iymon va Qur`onning yuksak haqiqatlarining noziklarini bilmoq
irhosot-payg’ambarlik ila vazifalantirilmasdan avval Payg’ambarimiz ila (S.A.V.) aloqador bo’lib sodir bo’lgan mo’`jizalar va ajoyibotlar
iroda jilvasi-iroda va qasdni ko’rsatgan tazohur va tajalliy, Janobi Haqning o’z istagi va irodasi ila qilganini ko’rsatgan bo’lish va intizom, mukammaliyat
iroda sifati-Janobi Haqning amr va irodasini bildirgan, ko’rsatgan hol va kayfiyat
iroda-i akvoniy-olamlarning idorasi, tasarrufi
Iroda-i Azaliya-borligining boshlang’ichi bo’lmagan Allohning irodasi
Iroda-i Ilohiy-Allohning cheksiz qudrati ila koinotda qo’ygan qonunlarni ishlattirishi; Allohning irodasi, Allohning istak va kuchi
Irodiy-iroda ila aloqali, irodaga doir
iroqa-i dam-qon oqitmoq, odam o’ldirmoq
irshod-to’g’ri yo’lga solmoq
irshodi Nabaviy-Payg’ambarning (S.A.V.) to’g’ri yo’lni ko’rsatishi
irshodkor-to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi
Islomiyat ta`sisi-Islomiyatning tug’ilishi va yoyilishi, ildiz otishi
ismat-gunohsizlik, ma`sumlik, gunohlardan qochmoq malakasiga sohib bo’lmoq; aybsizlik; payg’ambarlik vasflaridan birisidir
ismati bashar-inson haqlari
Аудио мавжуд эмас