So’zlar | Lug’at | 533
(511-605)
Iloh-O’ziga ibodat etilgan Alloh (J.J.), har narsadan ham ko’p sevilgan, ta`zim va tasbeh etilgan Alloh Taolo
Ilohiy axloq-Payg’ambarning (S.A.V.) go’zal axloqi
Ilohiy fitrat-Rabboniy san`at va Ilohiy qudratning doimo o’zgargan bir daftari bo’lgan va xato bo’lib "Tabiat" nomi berilgan Janobi Haqning fitrat qonunlari va maxluqotning yaratilishi
Ilohiy ilhom-Allohning ilhomi, Alloh tarafidan qalbga kelgan ma`no
Ilohiy rububiyat-Allohning tarbiya etuvchiligi, tarbiya va tasarrufi Ilohiy
Ilohiy tanazzulot-Allohning (J.J.) insonlarning tushunadigan saviya ila ularga xitob etishi
Ilohiy xalloqiyat-Allohning har borliqni yo’qdan yaratuvchiligi
Ilohiy shuunlar-Allohga oid juda yuksak, muqaddas, go’zal ma`nolardirki, muqaddas lazzat, muqaddas ishq, munazzah faroh, muqaddas niyat deya ta`bir etilar. Yod etilishiga dinan ruxsat bo’lmagan bu shanlar koinotda ko’ringan ishq, faroh va sevinchdan nihoyatsiz daraja yanada yuksak, yanada muqaddas va yanada pokdir
iltizom-kerak ko’rmoq, zarur ko’rmoq, tarafgirlik va bog’liqlik
iltifoti Rahmat-rahmati Ilohiyaning lutf va yaxshiligi
iltihom-yaraning yaxshi bo’lib yuzining yopilishi; urushning qizishishi
ilqoot-zararli va adashtiruvchi fikrlarni xotiraga keltirmoq, zararli so’z ila ila adashtirmoq, tark etishlar
ilzom-muoraza yoki muhokamada dalil ko’rsatib muxolifni jim qilmoq; so’z va fikrda g’olibiyat
imho-buzmoq, yo’q etmoq, mavh etmoq, zoil etmoq
imkon doirasi-borliqlarning imkon va ehtimol doirasida bo’lganlar
imkonot-borligi ham yo’qligi ham mumkin bo’lganlar, yo’qligi ila vujudi teng bo’lganlar, bor bo’lishida boshqasiga muhtoj bo’lgan narsalar
Imomi Mubin-qadar daftari, koinotning va butun borliqlar dasturlarining qayd etilgan ma`naviy daftari, hamma narsaning o’tmish va kelajak ila aloqali butun xususiyatlarining aniqlangan va dasturlarining yozilgan ma`naviy daftari
Imomi Rabboniy-Ahmadi Faruqiy. (hi.971-1034) Hz. Umar (R.A.) naslidan bo’lganidan Faruqiy aytilgandir. Naqshiy tariqatining eng buyuk shayxi va 11. asrning mujaddidi
Imom Shofe`iy-Islom dunyosining eng buyuk olimlaridan biri va Shofe`iy mazhabining asoschisidir. Asl ismlari Abu Abdulloh Muhammad Ibn Idrisdir. Hijriy 199 yilda Misrda vafot etganlar
imtisol-namuna qabul qilmoq, uymoq, masal va qissa so’ylamoq, bir narsaning suratiga kirmoq
imtizoj-uyushmoq, qo’shilib bir bo’lmoq
inbisot-kengaymoq, yoyilmoq
infiol-ta`sirlanmoq, tashqi ta`sirlardan maydonga kelgan holat
infirod-yolg’izlik, yakkalik
injizob-joziba, tortish kuchi
injimod-muzlash
Inkvizitsiya-16 va 17 asrlarda Xristian Katolik mazhabidan aloqani kesgan va Popga qarshi kelganlarga qilingan, insonlarni daxshatli azoblaganlarga yoki o’sha mahkamalarga berilgan ism
inkishof-ochilish, maydonga chiqish, rivojlanish, yashirin sirlarning bilinishi
inkishofi uxuvvat-qardoshlikning kengayib taraqqiy etishi
inod-qaysarlik
inoyat-yordam, madad bermoq
Inoyat xoh-inoyat istagan, madad kutgan
Аудио мавжуд эмас