So’zlar | to’qqizinchi so’z | 32
(32-37)
TO’QQIZINCHI SO’Z

بِسْمِ اللّهِ الرَّحْمنِ الرَّحِيمِ

فَسُبْحَانَ اللّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ ❊ وَلَهُ الْحَمْدُ فِى السَّموَاتِ وَاْلاَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ

Ey birodar! Mendan namozning shu muayyan besh vaqtga maxsusligining hikmatini so’ramoqdasan. Juda ko’p hikmatlaridan yolg’iz birginasiga ishora qilamiz.
Ha, har bir namozning vaqti, muhim bir inqilobning boshlanishidir. Shuningdek, azim bir Ilohiy tasarrufning oynasi va ul tasarruf ichida barcha Ilohiy ehsonlarning bittadan aks etadigan zamonidir va shu sababdan Qodiyri Zuljalolga o’sha vaqtlarda yanada ziyoda tasbeh va ta`zim qilmoq, hadsiz ne`matlarining ikki vaqt o’rtasida to’plangan zaxirasi uchun shukr va hamd etmoq ma`nosida ibodat qilishga - namozga amr etilgandur. Bu nozik va chuqur ma`noni bir oz fahmlamoq uchun quyidagi "Besh Nukta"ni nafsim ila birga tinglamoq lozim.
BIRINCHI NUKTA: Namozning ma`nosi, Janobi Haqni poklab yod etmoq, unga ta`zim va shukr qilmoqdir. Ya`ni, Jaloli huzurida so’zi va harakati ila "Subhanolloh" deb Uni muqaddas tutmoq...
Ham Kamoli qarshisida lafzan va amalan "Allohu Akbar" deb ta`zim qilmoq...
Ham Jamoli qarshisida qalban va til va badan ila "Alhamdulilloh" deb shukr etmoqdir.
Demak, Tasbeh va Takbir va Hamd namozning mag’zlari hukmidadir. Shuning uchun namozning har bir harakat va zikrlarida bu uch narsa bordir. Ham shuning uchun namozdan so’ng namozning ma`nosini ta`kid va quvvatlash niyatida bu muborak kalimalar o’ttiz uch martadan takrorlanadi. Namozning ma`nosi bu muxtasar xulosalar ila ta`kidlanadi.
IKKINCHI NUKTA: Ibodatning ma`nosi, bandaning dargohi Ilohiyda o’z qusurini va ojizligi va faqirligini ko’rib, kamoli Rububiyatning va qudrati Samadoniyaning va rahmati Ilohiyaning oldida hayrat va muhabbat ila sajda etmog’idir. Ya`ni, Rububiyatning saltanati ibodat va itoatni istaganidek, Rububiyatning muqaddasligi, pokligi ham istaydiki, banda o’z qusurini ko’rib, istig’for ila va Rabbini barcha nuqsonlardan pok va mubarro va ahli zalolatning botil fikrlaridan munazzah va a`lo va koinotning barcha qusurlaridan muqaddas va yuksak ekanini tasbeh ila "Subhonalloh" deya e`lon etsin.
Hamda Rububiyatning kamoli qudrati esa, banda o’z zaifligini va maxluqotning ojizligini ko’rish orqali Samadoniy qudratning azamatli asarlari qarshisida tahsin va hayrat ichra "Allohu Akbar" deb huzu ila rukuga bormog’ini, unga iltijo va tavakkul etmog’ini istar.
Аудио мавжуд эмас