So’zlar | to’qqizinchi so’z | 33
(32-37)
Ham Rububiyatning benihoyat rahmat xazinasi istarki, banda o’z ehtiyojini va butun maxluqotning faqirligi va ehtiyojlarini savol va duo ila izhor etsin va Rabbining ehson va in`omlarini shukr va sano ila "Alhamdulilloh" ila e`lon qilsin.
Demak, namozning harakat va zikrlari bu ma`nolarni o’z ichiga olgandir va shuning uchun tarafi Ilohiydan tayinlangandir.
UCHINCHI NUKTA: Inson - bu ulkan olamning kichik bir namunasi va Fotihai sharifa - Qur`oni Azimushshonning bir munavvar timsoli bo’lgani singari, Namoz ham butun ibodat navlarini o’z ichiga olgan bir nuroniy mundarijadir. Va butun maxluqot sinflarining xilma-xil ibodatlariga ishora qilgan bir muqaddas xaritadir.
TO’RTINCHI NUKTA: Haftalik bir soatning soniya, daqiqa, soat va kunlarini ko’rsatuvchi millari bir-birlariga qanday bog’liq bo’lsalar, bir-birlariga qandayin o’xshash bo’lsalar va qanchalik bir-birlarining hukmida bo’lsalar;.
Shunga o’xshab Janobi Haqning ulkan soati bo’lmish bu olami-dunyoning soniyasi o’rnidagi kecha va kunduzning aylanib turishi, daqiqalar o’rnidagi yillar, soatlari o’rnidagi inson umri davrlari va kunlarni sanagan olam umrining davrlari bir-biriga shunday qaraydilar, bir-biriga o’xshaydilar va bir-birining shunchalik hukmidadirlar va bir-birini eslatadilar. Masalan:
Bomdod vaqti kun chiqqunga qadardir. Bahorning avval zamoniga, ham insonning ona qorniga tushgan onlariga, ham Samovot va Yerning olti kunda yaratilishidan birinchi kuniga o’xshaydi va shuni eslatadi. Hamda ulardagi Ilohiy faoliyatni xotirlatadi.
Peshin vaqti yoz mavsumining o’rtasiga, ham yoshlikning kamoliga, ham dunyo umridagi insonning ilk yaratilish davriga o’xshaydi va shunga ishora qiladi. Hamda ulardagi Rahmatning zuhurini va ne`matning fayzlarini xotirlatadi.
Asr vaqti kuz mavsumiga, ham keksalik vaqtiga ham oxirzamon Payg’ambarining (Alayhissalotu Vassalom) Saodat Asriga o’xshaydi. Hamda ulardagi Ilohiy faoliyatni va Rahmoniy in`omlarni xotirlatadi.
Shom vaqti kuz mavsumining oxirida juda ko’p maxluqotning yo’qolib ko’zdan g’oyib bo’lmog’ini, ham insonning vafotini, ham dunyoning qiyomat boshlanishidagi xarobiyatini xotirlatish bilan, Jaloliy tajalliyotni anglatadi va insonni g’aflat uyqusidan uyg’otadi, tanbeh beradi.
Xufton vaqti zulmat olami nahor olamining butun asarlarini qora kafani ila berkitmog’ini, ham qishning oppoq kafani ila o’lgan yerning yuzini o’ramog’ini, ham vafot etgan insonning orqasida qolgan asoratining ham vafot etib, unutilish pardasi ostiga kirmog’ini va ham imtihon uyi bo’lgan bu dunyoning butunlay berkilmog’ini xotirlatish bilan Qahhori Zuljalolning jalolli tasarrufotini e`lon qiladi.
Tun vaqti qishni, ham qabrni, ham Barzoh olamini fahmlatish bilan inson ruhi Rahmati Rahmonga qay daraja muhtoj ekanini insonga xotirlatadi.

Аудио мавжуд эмас