So’zlar | to’qqizinchi so’z | 34
(32-37)
Va tundagi tahajjud namozi esa, qabr kechasida va barzoh qorong’iligida naqadar foydali bir chiroq ekanini bildiradi, tanbeh beradi. Hamda butun bu inqiloblar ichra Janobi Mun`imi Haqiqiyning benihoyat ne`matlarini xotirlatish orqali qay daraja hamdu-sanoga loyiq ekanini e`lon etadi.
Ikkinchi bomdod esa qiyomatning tongini eslatadi. Ha, bu kechaning tongi va bu qishning bahori naqadar ma`qul va lozim va qat`iy bo’lsa, qiyomat tongi ham, Barzohning bahori ham shu qadar qat`iydir.
Demak, bu besh vaqtning har biri bir muhim inqilobning boshi ekanini va buyuk inqiloblarni xotirlatgani kabi, Qudrati Samadoniyaning har kungi azim tasarruflarining ishorasi ila, ham yillik, ham asriy, ham dahriy Qudratning mo’`jizalarini va Rahmatning hadyalarini xotirlatadi.
Demak, fitratning asl vazifasi va ibodatning asosi va qat`iy qarz bo’lgan farz namozi bu vaqtlarga loyiqdir va juda munosibdir.
BESHINCHI NUKTA: Inson fitratan g’oyat zaifdir. Holbuki har narsa unga hujum qiladi, uni ranjitadi va alam beradi. Ham g’oyat ojizdir. Holbuki balolari va dushmanlari juda ko’pdir. Ham g’oyat faqirdir. Holbuki ehtiyojlari juda ko’pdir. Ham tanbal va iqtidorsizdir. Holbuki hayotning takliflari g’oyat og’irdir. Ham insoniyligi uni koinot ila bog’lagan. Holbuki sevganlarining, ko’nikib qolgan narsalarining zavol va firoqlari doimo uni ranjitadi. Ham aql unga yuksak maqsadlar va boqiy mevalarni ko’rsatmoqda. Holbuki qo’li qisqa, umri qisqa, iqtidori qisqa, sabri qisqadir.
Bunday bir vaziyatda ruhning bomdod vaqtida bir Qodiyri Zuljalolning, bir Rahiymi Zuljamolning dargohiga niyoz ila, namoz ila murojaat etib, arzi-hol etmog’i, tavfiq va madad istamog’i naqadar darkor va oldidagi kunduz olamida boshiga keladigan, zimmasiga yuklanadigan ishlarga, vazifalarga bardosh bermoq uchun naqadar lozim bir suyanch nuqtasi ekani yaqqol anglashiladi.
Va peshin vaqtida-ki, u vaqt kunduzning kamolga yetib, zavolga moyilligi va kundalik ishlarning takomil zamonlari va mashg’ul bo’lgan ishlarning tazyig’idan vaqtinchalik bir istirohat vaqtidir va Ilohiy in`omlarning ko’ringan bir onidir. Shunday onda inson ruhi u tazyiqdan qutulib, u g’aflatdan sidirilib, u ma`nosiz va boqiy bo’lmagan narsalardan chiqib, Qayyumi Boqiy bo’lmish Mun`imi Haqiqiyning dargohiga borib, qo’l bog’lab, ne`matlarining yakuniga shukr va hamd etib yordam istashi va Jalol va Azamati oldida ruku ila ojizligini izhor etishi va bezavol kamoli va bemisol jamoli qarshisida sajda etib, hayrat va muhabbat va kamtarligini e`lon qilishi ma`nosidagi peshin namozini o’qimoq - naqadar go’zal, naqadar xush, naqadar lozim va munosib ekanini anglamagan inson inson emasdir!
Asr vaqtida-ki, u vaqt g’amgin kuz mavsumini va keksalikning mahzun holatini va oxirzamonning alamli mavsumini eslatadi va xotirlatadi. Ham kundalik ishlarning natijalangan zamoni, ham u kunda sazovor bo’lgan sihat va salomatlik va xayrli xizmat kabi Ilohiy ne`matlarning bir buyuk yakun topgan zamoni, ham u ulkan Quyoshning botmoqqa moyillik ko’rsatmog’ining ishorasi ila inson bir musofir ma`mur va har narsa o’tkinchi, beqaror ekanini e`lon qilmoq zamonidir.

Аудио мавжуд эмас