So’zlar | to’qqizinchi so’z | 37
(32-37)
Ham Fotiha ila boshlamoq, ya`ni hech bir narsaga yaramagan, qusurli, faqir maxluqlarni o’rinsiz madh etib, ulardan minnatdor bo’lish o’rniga bir Komili Mutlaq va G’aniyi Mutlaq va Rahiym va Kariym bo’lmish Rabbul Olamiynni madhu-sano etmoq...
Ham اِيَّاكَ نَعْبُدُ xitobi darajasiga yuksalmoq, ya`ni kichikligi, hechligi, kimsasizligi bilan birga, azal va abad Sultoni bo’lmish Maliki Yavmiddinga bog’lanish bilan bu koinotda nozli bir mehmon va ahamiyatli bir vazifador maqomiga kirib, اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deyish bilan butun maxluqot nomidan koinotning buyuk jamoati va azim jamiyatidagi ibodat va duolarni Unga taqdim etmoq...
Ham اِهْدِنَا الصِّرَاطَ الْمُسْتَقِيمَ deyish bilan istiqbol qorong’iligi ichra Abadiy Saodatga olib boradigan nuroniy yo’l bo’lmish siroti mustaqiymga hidoyat istamoq...
Ham hozirda uyquga ketgan o’simliklar va hayvonot kabi ko’zdan yashiringan quyoshlar, hushyor yulduzlar har biri bittadan askar singari amriga bo’ysungan va bu olam mehmonxonasidagi bittadan chirog’i va xizmatkori ekanlaridan Zoti Zuljalolning buyukligini tafakkur etib, "Allohu Akbar" deb rukuga bormoq...
Ham butun maxluqotning ulkan sajdasini fikrlab, ya`ni, bu kechada uyquga ketgan maxluqot kabi har yilda, har asrdagi mavjudot navlari, hatto yer, hatto dunyo, har biri bittadan muntazam lashkar, balki bittadan itoatli askar singari كُنْ فَيَكُونُ amri ila dunyodagi ibodat vazifasidan ozod etilgan, ya`ni g’ayb olamiga jo’natilayotgan on, zavol vaqtida so’nggi bor joynamozida nihoyat darajada intizom ila "Allohu Akbar" deb sajda etganlaridek...
Ham كُنْ فَيَكُونُ amridan kelgan bir tiriltirish va uyg’otish ila yana bahorda qisman aynan o’zi, qisman misli bo’lib qayta tirilib, qiyomda turib, Mavlo xizmatiga kamarbasta bo’lganlaridek, bu kichik inson ularga iqtido qilib, Ul Rahmoni Zulkamolning, Ul Rahiymi Zuljamolning dargohi huzurida hayratolud bir muhabbat, baqoolud bir kamtarlik, izzatolud bir haqirlik birla "Allohu Akbar" deb sajdaga bormoq, ya`ni bir navi Me`rojga chiqish ma`nosidagi xufton namozini o’qimoq naqadar xush, naqadar go’zal, naqadar shirin, naqadar yuksak, naqadar aziz va laziz, naqadar ma`qul va munosib bir vazifa, bir xizmat, bir ibodat, bir jiddiy haqiqat ekanini albatta anglading.
Demak, bu besh vaqt har biri bittadan azim inqilobning ishoralari, Rabbimizning ulkan ijrootining belgilari va barcha Ilohiy in`omlarning alomatlaridirlar va shuning uchun burch va qarz bo’lgan farz namozining u vaqtlarga xos bo’lishi nihoyat darajada hikmatlidir...

سُبْحَانَكَ لاَ عِلْمَ لَنَا اِلاَّ مَا عَلَّمْتَنَا اِنَّكَ اَنْتَ الْعَلِيمُ الْحَكِيمُ
اَللّهُمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ عَلَى مَنْ اَرْسَلْتَهُ مُعَلِّمًا لِعِبَادِكَ لِيُعَلِّمَهُمْ كَيْفِيَّةَ مَعْرِفَتِكَ وَ الْعُبُودِيَّةَ لَكَ وَ مُعَرِّفًا لِكُنُوزِ اَسْمَائِكَ وَ تَرْجُمَانًا ِلآيَاتِ كِتَابِ كَائِنَاتِكَ وَ مِرْآتًا بِعُبُودِيَّتِهِ لِجَمَالِ رُبُوبِيَّتِكَ وَ عَلَى آلِهِ وَ صَحْبِهِ اَجْمَعِينَ وَ ارْحَمْنَا وَ ارْحَمِ الْمُؤْمِنِينَ وَ الْمُؤْمِنَاتِ آمِينَ بِرَحْمَتِكَ يَا اَرْحَمَ الرَّاحِمِينَ
Аудио мавжуд эмас