So’zlar | to’qqizinchi so’z | 36
(32-37)
Ham Saltanati Rububiyatining dalloli va rozi bo’ladigan amallarini bildiruvchisi va Kitobi Koinot oyatlarining tarjimoni bo’lmish Muhammadi Arabiy Alayhissalotu Vassalomning Risolatiga shahodat etish ma`nosidagi shom namozini o’qimoq - naqadar aziz, laziz bir xizmat, naqadar xush va go’zal bir ibodat, naqadar jiddiy bir haqiqat va bu foniy mehmonxonada boqiy bir suhbat va doimiy bir saodat ekanini anglamagan odam qanday qilib odam bo’la oladi!
Xufton vaqtida-ki, u vaqt kunduzning ufqdagi asarlari ham yo’qolib, tun olami butun koinotni qoplaydi va

مُقَلِّبُ الَّيْلِ وَ النَّهَارِ bo’lgan Qodiyri Zuljalolning u oppoq sahifani bu qora sahifaga aylantirmog’idagi Rabboniy Tasarrufot ila yozning ziynatlangan yashil sahifasini qishning sovuq va oq sahifasiga aylantirmog’idagi مُسَخِّرُ الشَّمْسِ وَ الْقَمَرِ bo’lgan Hakiymi Zulkamolning Ilohiy ijrootini xotirlatadi.
Ham zamon o’tishi bilan qabr ahlining orqasida qolgan asarlari ham, bu dunyodan aloqasi uzilib, butunlay boshqa olamga o’tmog’idagi "Hayot va O’limning Xoliqi"ning Ilohiy faoliyatini eslatadi.
Ham tor va foniy va haqir dunyoning tamoman xarob bo’lib, azim sakaroti ila vafot etib, keng va boqiy va azamatli oxirat olamining ochilishida "Yer va Samovot Xoliqi"ning Jaloliy tasarrufotini va Jamoliy tajalliyotini xotirlatadi.
Ham bu Koinotning Haqiqiy Ma`budi va Mahbubi ul Zot bo’la olurki, kecha va kunduzni, qish va yozni, dunyo va oxiratni bir kitobning sahifalari singari osonlik bilan varaqlaydi, yozadi, buzadi, almashtiradi. Xullas, bularning hammasiga hukmi o’tadigan bir Qodiyri Mutlaq borligini isbotlaydigan bir vaziyatdir.
Xullas, benihoyat ojiz, zaif va benihoyat faqir, muhtoj va benihoyat bir istiqbol zulmatiga cho’mayotgan va tuganmas hodisalar ichida chayqalayotgan inson ruhi Xufton namozini o’qish uchun shu ma`nodagi xufton vaqtida Ibrohim alayhissalom singari لاَ اُحِبُّ اْلآفِلِينَ deb Ma`budi Lamyazal, Mahbubi Loyazalning dargohiga namoz ila iltijo etib va bu foniy olamda, foniy umrda va qorong’i dunyoda va qorong’i istiqbolda bir Boqiyi Sarmadiyga munojot qilib, bir onlik bir boqiy suhbat, bir necha daqiqalik bir boqiy umr ichra dunyosiga nur sochadigan, istiqbolni yoritadigan, mavjudotning va ahbobining firoq va zavolidan paydo bo’lmish yaralariga malham suradigan Rahmoni Rahiymning iltifoti Rahmatini va nuri hidoyatini ko’rib so’ramoq...
Ham vaqtinchalik uni unutgan va ko’zdan yashiringan dunyoni u ham unutib, dardlarini qalbining yig’isi ila dargohi Rahmatiga to’kib, ham ehtiyotan o’limga o’xshash uyquga kirmasdan avval, so’nggi bandalik vazifasini bajo keltirib, kundalik amal daftarini chiroyli xotima ila yopish uchun Namozga turmoq, ya`ni, barcha foniy sevganlarining o’rniga bir Ma`bud va Mahbubi Boqiyning ojiz maxluqotlarga tilanchilik qilish o’rniga bir Qodiyri Kariymning va yomonligidan qo’rqqan barcha ziyonkorlardan xalos bo’lish uchun bir Hafiyzi Rahiymning huzuriga chiqmoq...
Аудио мавжуд эмас