So’zlar | to’qqizinchi so’z | 35
(32-37)
Endilikda abadiyatni istagan va abad uchun yaratilgan va ehson uchun cheksiz muhabbatini izhor etgan va firoqdan alam topgan inson ruhi turib, tahorat olib, bu asr vaqtidagi namozini o’qimoq uchun Qadiymi Boqiy va Qayyumi Sarmadiyning dargohi Samadoniyasiga munojotini arz etib, zavolsiz va benihoyat rahmatining iltifotiga iltijo etib, behisob ne`matlari qarshisida shukr va hamd etib, rububiyatning izzati qarshisida kamtarona sajda qilib, haqiqiy bir qalb tasallisi va ruhning rohatini topib, kibriyosining huzurida ibodatga kamarbasta bo’lish ma`nosidagi asr namozini o’qimoq - naqadar yuksak bir vazifa, naqadar munosib bir xizmat, fitrat qarzini naqadar joyida ado etish, balki g’oyat xush bir saodatga erishish ekanini inson bo’lgan anglab etadi!
Shom vaqtida-ki, u zamon ham qishning boshlanishi oldidan yoz va kuz olamining nozanin va go’zal maxluqotining hazinona vidolashib ko’zdan g’oyib bo’lish zamonini eslatadi.
Ham inson vafoti tufayli barcha sevganlaridan alamli bir firoqda ayrilib, qabrga kirish zamonini xotirlatadi.
Ham dunyoning o’lim onidagi zilzilasi ichra vafot etgan barcha aholisining boshqa olamlarga ko’chishi va bu imtihon uyi chirog’ining so’ndirilish zamonini eslatadi, xotirlatadi va bu zavolda g’oyib bo’ladigan mahbublarga sig’inganlarga shiddat ila tanbeh beradigan bir zamondir.
Xullas, shom namozi uchun bunday bir vaqtda fitratan bir Jamoli Boqiyga mushtoq oyna bo’lgan inson ruhi, bu azim ishlarni qilgan va bu buyuk olamlarni aylantirgan, o’zgartirgan Qadiymi Lamyazal va Boqiyi Loyazalning arshi azamatiga yuzini qaratib, bu foniylarning ustida "Allohu Akbar" deya, ulardan qo’lini tortib, Mavlo xizmati uchun qo’l bog’lab, Doimi Boqiyning huzurida qiyomda turib, "Alhamdulilloh" deyish ila qusursiz kamoli, mislsiz jamoli va benihoyat rahmati qarshisida hamdu sano etib اِيَّاكَ نَعْبُدُ وَ اِيَّاكَ نَسْتَعِينُ deyish birla muovinsiz Rububiyati, sheriksiz Uluhiyati va vazirsiz Saltanati qarshisida ibodatini arz etib yordam istash; ham benihoyat kibriyosi, hadsiz qudrati va ojiz bo’lmagan izzati qarshisida rukuga borib, butun koinot bilan birga zaifligi va ojizligini, faqirligini va zillatini izhor etib, سُبْحَانَ رَبِّىَ الْعَظِيمِ deb Rabbi Azimini barcha nuqsonlardan poklab, ham zavolsiz Jamoli Zoti, o’zgarmas Sifati Qudsiyasi, o’zgarmas Kamoli Sarmadiyati qarshisida sajda qilib, hayrat va kamtarlik ichra tarki masivo ila muhabbat va ibodatini e`lon etib, butun foniylarga badal tariqasida bir Jamiyli Boqiy,bir Rahiymi Sarmadiyni topib,
سُبْحَانَ رَبِّىَ اْلاَعْلَى deyish bilan zavol va qusurdan pok bo’lgan Rabbi A`losini taqdis qilish...
So’nggi tashahhudda o’tirib, barcha maxluqotning muborak tahiyyotlarini va salovoti toyyibalarini o’z nomidan U Jamiyli Lamyazal va Jaliyli Loyazalga hadya etib va Rasuli Akramiga salom bermoq ila bay`atini yangilamoq va amrlariga itoatini izhor etmoq. Hamda iymonini yangilamoq va nurlantirmoq uchun bu koinot qasrining hikmatli intizomini ko’rib, Sone`i Zuljalolning yakkayu-yagonaligiga guvohlik berish...

Аудио мавжуд эмас