So’zlar | o’ninchi so’z | 89
(38-89)
Ilovaning Beshinchi Bo’limi

Ha, hadis haqiqatlaridan ayonki, navi basharning eng mumtoz shaxsiyatlari bo’lmish bir yuz yigirma to’rt ming payg’ambarlarning ijmo` va tavotur ila qisman shuhudga va qisman haqqalyaqiynga tayangan holda, yakdil bo’lib oxiratning vujudidan va insonlarning u yerga yuborilishidan va bu koinot Xoliqining qat`iy va`da qilgan oxiratni keltirishidan xabar berganlari kabi; va ular bergan xabarlarni kashf va shuhud ila ilmalyaqiyn suratida tasdiq etgan bir yuz yigirma to’rt million avliyolarning u oxiratning borligiga bergan shahodatlari va bu koinot Sone`i Hakiymining butun ismlari bu dunyoda ko’rsatgan jilvalari ila bir baqo olamini shaksiz taqozo etganlaridan yana oxiratning vujudiga dalolatlari ila; va har yili bahorda zamin yuzida oyoqda turgan behisob o’lgan daraxtlarning janozalarini “Kun fayakun” amri ila tiriltirib, “ba`su ba`dal mavt”ga mazhar etgan hashr va nashrning yuz minglab namunasi bo’lib o’simliklar toifalaridan va hayvonot millatlaridan uch yuz ming navlarni hashr va nashr etgan cheksiz azaliy bir qudrat va hisobsiz va isrofsiz abadiy bir hikmat hamda rizqqa muhtoj butun ruh sohiblarini mukammal shafqat ila g’oyat g’aroyib bir tarzda parvarishlayotgan va har bahorda ozgina vaqtda behisob ziynat navlarini va go’zalliklarini ko’rsatgan boqiy bir rahmat va doimiy bir inoyat, shaksiz oxiratning vujudini lozim ko’rmoq ila; va shu koinotning eng mukammal mevasi va Koinot Xoliqining eng sevgili san`atli asari va koinotdagi mavjudotlar ila eng ko’p aloqador bo’lgan insonda shiddatli, tebranmas, doimiy bo’lgan “baqo ishqi”, “abadiyat shavqi” va “sarmadiyat orzulari” shaksiz ishorasi va dalolati ila, bu foniy olamdan keyin boqiy bir olam va bir oxirat yeri va bir saodat yeri bo’lganini shu daraja qat`iy bir suratda isbot etadilarki: Dunyoning vujudi qadar, yaqqol ravishda oxiratning borligini qabul etmoqni lozim qilarlar.(Izoh) Modomiki Qur`oni Hakimning bizga bergan eng muhim bir darsi oxiratga iymon keltirmoqdir va u iymon ham bu qadar quvvatlidir va u iymonda shunday bir umid va bir tasalli borki, agar yuz ming keksalik bir shaxs boshida jamlansa, bu iymondan kelguvchi tasalli ularga bas kela oladi.
Biz qariyalar “Alhamdulillahi a`la kamal-il iyman”deb keksaligimizga sevinmog’imiz lozim.

Said Nursiy
----------------------------------------------------------------------
(Izoh) Ha, isbotli bo’lgan bir amrni хabar bеrishning osonligi va inkor va yo’q sanashning g’oyat mushkul ekani bu misoldan ko’rinar. Shundayki; biri dеsa: "Yer Kurrasida sut konsеrvalari yеtishadigan g’oyat g’aroyib bir bog’ bordir". Boshqasi dеsa: "Yo’qdir". Isbot etgan yolg’iz o’sha bog’ning joyini yo ba`zi mеvalarini ko’rsatmoq ila osongina da`vosini isbot etar. Inkor etayotgan odam yo’qligini isbotlash uchun butun Yer Kurrasini ko’rmoq va ko’rsatmoq ila da`vosini isbot eta olar. Хuddi shuning kabi, Jannatdan хabar bеrguvchilar yuz minglab tomchilarini, mеvalarini, alomatlarini ko’rsatganlaridan qat`iy nazar, ikki sodiq shohidning sodir bo’lishga guvohliklari kifoya kеlarkan, uni inkor etgan hadsiz bir koinotni va chеksiz bir abadiy zamonni tomosha qilmoq va ko’rmoq va bir-bir elakdan o’tkazmoqdan so’ng inkorini isbotlay olar. Yo’qligini ko’rsata olar. Хullas, ey kеksa birodarlar, oхiratga iymonning naqadar quvvatli ekanini anglangiz.
Аудио мавжуд эмас