So’zlar | o’ninchi so’z | 87
(38-89)
Ilovaning To’rtinchi Bo’limi

قَالَ مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ وَهِىَ رَمِيمٌ قُلْ يُحْيِيهَا الَّذِى اَنْشَاَهَا اَوَّلَ مَرَّةٍ وَهُوَ بِكُلِّ خَلْقٍ عَلِيمٌ
Ya`ni, inson der: "Chirib ketgan suyaklarni kim tiriltiradi?". Sen ayt: "Kim ularni boshida insho etib, hayot bergan bo’lsa, o’sha tiriltiradi".
O’ninchi So’zning To’qqizinchi Haqiqatining uchinchi misolida tasvirlangani kabi, bir zot ko’z o’ngingda bir kunda yangidan katta bir qo’shinni tashkil etgani holda, biri desa: "Shu zot, istirohat uchun tarqab ketgan bir batal`onni bir sur chalish bilan to’plar, lashkarni nizomi ostiga keltira olar". Sen, ey inson, desang: "Ishonmayman". Naqadar telbalarcha bir inkor bo’lganini bilasan. Xuddi shuning kabi, hechlikdan, yangidan batal`on kabi butun hayvonot va boshqa jonzotlarning batal`on kabi jasadlarini mukammal intizom ila va hikmat mezoni ila u badanlarning zarralarini va latifalarini “Kun fayakun” amri ila qayd etib yerlashtirgan va har asrda, hatto har bahorda ro’yi zaminda yuz minglab lashkar-misol hayot sohiblarining navlarini va toifalarini ijod etgan bir Zoti Qodiyri Aliym, batal`on kabi bir jasadning nizomi ostiga kirmoq ila bir-biri bilan tanishgan asosga oid zarralar va asl parchalarni bir na`ra ila Isrofil Surining burg’usi ila qanday to’play olar? Aqldan uzoq ko’rmoq suratida deyilarmi? Deyilsa, ahmoqona bir telbalik bo’lar.
Ham Qur`on goh bo’ladiki Janobi Haqning oxiratda g’aroyib ishlarini qalbga qabul ettirmoq uchun hozirlik mohiyatida va zehnni tasdiqqa tayyorlamoq uchun bir tayyorgarlik suratida dunyodagi ajoyib ishlarini zikr etar. Va yoxud istiqbolni va oxiratga taalluqli bo’lgan Ilohiy ajib ishlarni shunday bir suratda zikr etarki, ko’zimizga ko’ringan ko’p o’xshashlari yordamida ularga qanoatimiz kelar. Masalan: اَوَ لَمْ يَرَ اْلاِنْسَانُ اَنَّا خَلَقْنَاهُ مِنْ نُطْفَةٍ فَاِذَا هُوَ خَصِيمٌ مُبِينٌ to suraning oxiragacha... Xullas shu bahsda hashr masalasida Qur`oni Hakim hashrni isbot uchun yetti-sakkiz suratda turli xil yo’llar bilan isbot qilmoqda.
Avvalo, ilk yaratilishni nazarga berar. Derki: Nutfadan alaqqa, alaqdan mudg’aga, mudg’adan to insoniyat xilqatiga qadar bo’lgan paydo bo’lishingizni ko’rmoqdasiz. Qanday qilib oxiratda qayta vujudga kelishlikni inkor etmoqdasiz?... U uning misli, balki undan ham osonidir. Ham Janobi Hak insonga lutf etgan buyuk ehsonlarini اَلَّذِى جَعَلَ لَكُمْ مِنَ الشَّجَرِ اْلاَخْضَرِ نَارًا kalimasi ila ishora etib der: "Sizga bunday ne`mat bergan bir zot sizni o’z holingizga tashlab qo’ymaski, qabrga kirib so’ng qayta turmasdan yotsangiz". Ham ramzan der: O’lgan daraxtlarning tirilib, yashil tusga kirishini ko’rib turibsiz. O’tindek suyaklarning ham hayot topishini qiyos etolmasdan, aqldan uzoq ko’rmoqdasiz. Ham osmonlar va Yerni yaratgan, osmonlar va Yerning mevasi bo’lgan insonning hayot va mamotidan ojiz qolarmi? Ulkan daraxtni idora etgan, u daraxtning mevasiga ahamiyat bermasdan, boshqaga havola etarmi? Jamiki daraxtlarning natijasini tark etmoq ila, butun jihozlari ila hikmat ila qorilgan xilqat shajarasini g’oyasiz va behuda qilar deb o’ylaysizmi? Der: Hashrda sizni qayta tiriltiradigan zot shunday bir zotdirki, butun koinot unga amriga muntazir askar hukmidadir. “Kun fayakun” amriga qarshi mukammal itoat ila bo’yin egar. Bir bahorni xalq etmoq bir chechak qadar unga oson kelar. Butun hayvonotni ijod etmoq bir chivin ijodi qadar qudratiga oson bo’lgan bir zotdir. Unday bir zotga qarshi مَنْ يُحْيِى الْعِظَامَ deb qudratiga qarshi ojiz ko’rmoq ila qarshi chiqilmas.
Аудио мавжуд эмас