So’zlar | o’ninchi so’z | 84
(38-89)
Ham hayot "malaklarga iymon" rukniga ham boqadi, ramzan isbot etadi. Chunki modomki koinotda eng muhim natija hayotdir va eng ziyoda tarqalgan va qiymatdorligi uchun nusxalari ko’paytirilgan va zamin mehmonxonasini kelib ketgan karvonlar ila jonlantirilgan hayot sohiblaridir.. va modomiki Yer sayyorasi bu qadar hayot sohiblarining turlari ila to’lgan va doimo jonlilar navlarini yangilamoq va ko’paytirmoq hikmati ila har vaqt to’lar-bo’shalar va eng past va chirigan moddalarida ham ko’plik ila jonzotlar xalq etilib bir kichik maxluqot mashhari bo’lmoqda.. va modomiki hayotning sizilgan eng sof xulosasi bo’lgan idrok va aql va eng latif va sobit javhari bo’lgan ruh bu Yer sayyorasida g’oyat ko’plab yaratilmoqdalar. Xuddiki Yer sayyorasi hayot va aql va idrok va ruhlar ila tirilib shunday jonlantirilgan... Albatta Yer sayyorasidan yanada latif, yanada nuroniy, yanada buyuk, yanada ahamiyatli bo’lgan samoviy jismlar o’lik, jonsiz, hayotsiz, idroksiz qolishi imkon xorijidadir. Demak ko’klarni, quyoshlarni, yulduzlarni jonlantirgan va hayotdor vaziyatini bergan va osmonlar yaratilishining natijasini ko’rsatgan va Subhoniy xitoblariga mazhar bo’lgan idroklilar, jonlilar va osmonlarga munosib maskanlar, har holda hayot siri ila bo’ladilarki, ular ham malaklardir.
Ham hayot mohiyatining siri "Payg’ambarlarga iymon" rukniga boqib ramzan isbot etadi. Ha, modomiki koinot hayot uchun yaratilgan va hayot ham Hayyi Qayyumi Azaliyning a`zamiy bir jilvasidir, mukammal bir naqshidir, go’zal bir san`atidir. Modomiki sarmadiy hayot Rasullarning yuborilishi ila va Kitoblarning tushirilishi ila o’zini ko’rsatadi. Ha, agar Kitoblar va Payg’ambarlar bo’lmasa, u azaliy hayot bilinmas. Qandayki bir odamning gapirishi bilan tirik va hayotdor bo’lgani tushuniladi. Xuddi shuning kabi bu koinotning pardasi ostida bo’lgan g’ayb olamining orqasida aytgan, gapirgan, amr va man etib xitob etgan bir zotning kalomlarini, xitoblarini ko’rsatadigan Payg’ambarlar va qo’llarida nozil bo’lgan Kitoblardir. Albatta koinotdagi hayot qat`iy bir suratda Hayyi Azaliyning vujubi vujudiga qat`iy shahodat etgani kabi u azaliy hayotning shualari, jilvalari, munosabatlari bo’lgan "Rasul yuborilishi " va "Kitob nozil etilishi" ruknlariga boqadi, ramzan isbot etadi. Va xususan Hz.Muhammadning (S.A.V.) payg’ambarligi va Qur`onga oid vahiy hayotning ruhi va aqli hukmida bo’lganidan, bu hayotning vujudi kabi haqqoniyatlari qat`iydir deb bo’ladi.
Ha, qandayki hayot bu koinotdan sizilgan bir xulosadir.. va idrok va his ham hayotdan sizilgan hayotning bir xulosasidir.. aql ham idrokdan va hisdan sizilgan idrokning bir xulosasidir.. va ruh ham hayotning xolis va sof bir javhari va sobit va mustaqil zotidir. Xuddi shuning kabi moddiy va ma`naviy Hz. Muhammadning (S.A.V.) hayoti ham hayot va ruhi koinotdan sizilgan xulosasining xulosasidir.. va Hz. Muhammadning (S.A.V.) payg’ambarligi ham koinotning his va idrok va aqlidan sizilgan eng sof xulosasidir, balki moddiy va ma`naviy Hz. Muhammadning (S.A.V.) hayoti asarlarining shahodati ila koinot hayotining hayotidir.. va Hz. Muhammadning (S.A.V.) payg’ambarligi koinot aqlining idrokidir va nuridir.. va Qur`on vahiyi ham hayotdor haqiqatlarning shahodati ila koinot hayotining ruhidir va koinot aqlining idrokidir. Ha, ha, ha... Agar koinotdan Hz.Muhammad (S.A.V.) payg’ambarligining nuri chiqib ketsa, koinot vafot etadi.. agar Qur`on ketsa, koinot devona bo’ladi va Yer sayyorasi boshini, aqlini yo’qotadi, balki idroksiz qolgan boshini bir sayyoraga uradi, bir qiyomatni keltiradi.
Аудио мавжуд эмас