So’zlar | o’ninchi so’z | 85
(38-89)
Ham hayot "qadarga iymon " rukniga boqadi, ramzan isbot etadi. Chunki modomiki hayot shahodat olamining ziyosidir va istilo etadi va vujudning natijasi va g’oyasidir va Koinot Xoliqining eng sermazmun oynasidir va Rabboniy ishlarning eng mukammal namunasi va mundarijasidir, o’rnakda xato bo’lmasin, bir navi programmasi hukmidadir. Albatta g’ayb olami, ya`ni moziy, istiqbo, ya`ni o’tgan va kelasi maxluqotning ma`naviy hayotlari hukmida bo’lgan intizom va nizom va ma`lumlik va ko’rinishlik va ayon bo’lish va taqviniy amrlarga ergashishi muhayyo bir vaziyatda bo’lishlarini hayot siri lozim etadi.

Qandayki bir daraxtning asl urug’i va ildizi va tepasi va mevalaridagi urug’lari ham aynan daraxt kabi bir navi hayotga mazhardirlar. Balki daraxtning hayotiy qonunlaridan yanada nozik hayot qonunlarini tashiydilar. Ham qandayki bu hozir bahordan avval o’tgan kuzning qoldirgan tuxumlari va ildizlari bu bahor ketgandan so’ng kelajak bahorlarga qoldiradigan urug’lar, ildizlar bu bahor kabi hayot jilvasini tashiydilar va hayot qonunlariga tobedirlar. Aynan shuning kabi koinot daraxtining butun shox va ildizlari ila har birining bir moziysi va istiqboli bor. O’tmish va kelajak holatlaridan va vaziyatlaridan shakllangan bir silsilasi topiladi. Har navi va har zarrasining Ilohiy ilmda turli holatlar ila xilma-xil vujudlari bir ilmiy vujud silsilasini tashkil etadi. Va xorijiy vujud kabi u ilmiy vujud ham ilmiy hayotning ma`naviy bir jilvasiga mazhardirki, hayotiy taqdirlar u ma`nodor va jonli qadar lavhasidan olinadi. Ha, g’ayb olamining bir navi bo’lgan ruhlar olami ayni hayot va hayotning moddasi va hayotning javharlari va zotlari bo’lgan ruhlar ila to’la bo’lishi albatta moziy va istiqbol deyilgan g’ayb olamining bir boshqa navi ham va ikkinchi qismi ham hayot jilvasiga mazhariyatini istar va lozim etar. Ham har bir narsaning ilmiy vujudidagi mukammal intizomi va ma`nodor vaziyatlari va jonli mevalari, holatlari bir navi ma`naviy hayotga mazhariyatini ko’rsatadi. Ha, azaliy hayot quyoshining ziyosi bo’lgan bu hayot jilvasi, albatta yolg’iz bu shahodat olamiga va bu hozir zamonga va bu xorijiy vujudga oid bo’lolmas. Balki har bir olam qobiliyatiga ko’ra u ziyoning jilvasiga mazhardir. Va koinot butun olamlari ila u jilva ila hayotdor va ziyodordir. Bo’lmasa zalolat nazarining ko’rgani kabi vaqtinchalik va zohiriy bir hayot ostida har bir olam buyuk va mudhish bittadan janoza va qorong’i bittadan xaroba olami bo’lardi.
Xullas, "qadarga va qazoga iymon" rukni ham keng bir jihatda hayot siri ila tushunilmoqda va sobit bo’lmoqda. Ya`ni qandayki shahodat olami va mavjud hozir narsalar intizomlari ila va natijalari ila hayotdorliklari ko’rinadi, xuddi shuning kabi g’ayb olamidan hisoblangan o’tgan va kelajak maxluqotning ham ma`nan hayotdor bir ma`naviy vujudlari va ruhli bittadan sobit ilmlari bordirki, Lavhi Qazo va Qadar vositasi ila u ma`naviy hayotning asari taqdir nomi ila ko’rinadi, namoyon bo’ladi.
Аудио мавжуд эмас