So’zlar | o’ninchi so’z | 86
(38-89)
Ilovaning Uchinchi Bo’limi

Hashr munosabati ila bir savol: Qur`onda takror-takror اِنْ كَانَتْ اِلاَّ صَيْحَةً وَاحِدَةً hamda وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلاَّ كَلَمْحِ الْبَصَرِ farmonlari ko’rsatadiki, hashri a`zam bir onda, zamonsiz vujudga keladi. Tor aql esa bu hadsiz daraja g’aroyib va mislsiz bo’lgan bu masalani idrok ila qabul etishiga sabab bo’ladigan ko’rinadigan bir misol istar.
Javob: Hashrda ruhlarning jasadlarga kelishi bor. Ham jasadlarning tirilishi bor. Ham jasadlarning inshosi bor. Uch masaladir.
Birinchi masala: Ruhlarning jasadlariga kelishiga misol esa: G’oyat intizomli bir qo’shinning barcha askarlari istirohat uchun har tarafga tarqalgan ekan, baland ovozli bir burg’u sadosi ila to’planishlaridir. Ha, Isrofilning burg’usi bo’lgan Suri, qo’shinning burg’usidan orqa bo’lmaganidek, abadlar tarafida va zarralar olamida ekan azal tomonidan kelgan اَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ xitobini eshitgan va قَالُوا بَلَى ila javob bergan arvohlar, albatta qo’shinning askarlaridan minglab daraja yanada itoatli va intizomli va mutedirlar. Ham yolg’iz ruhlar emas, balki butun zarralar ham, Subhoniy bir qo’shin va amrbardor askarlari bo’lganini qat`iy burhonlar ila O’ttizinchi So’z isbot etgan.
Ikkinchi masala: Jasadlarning tirilmog’iga misol esa: Juda katta bir shaharda, shodiyona bir kechada, birgina markazdan, yuz minglab elektr chiroqlari, xuddi zamonsiz bir onda jonlanishlari va ishiqlanishlari kabi, butun Yer Kurrasi yuzasida ham birgina markazdan yuz millionlab chiroqlarga nur berish mumkindir. Modomiki Janobi Haqning elektr kabi bir maxluqi va bir musofirxonasida bir xizmatkori va bir chiroqboni, Xoliqidan olgan tarbiyasi va intizom darsi ila bu holatga noil bo’lmoqda. Albatta, elektr kabi minglab nuroniy xizmatkorlarining misol etganlari, Alloh hikmatining muntazam qonunlari doirasida hashri a`zam ko’z ochib yumguncha vujudga kelishi mumkin.
Uchinchi masalaki, jasadlarning bir onda inshosining misoli esa: Bahor faslida bir necha kun ichida navi basharning umumidan ming karra ziyoda bo’lgan umum daraxtlarning jamiki yaproqlari, o’tgan bahorning aynisi kabi birdan mukammal bir suratda insholari va yana umum daraxtlarning jamiki gullari va mevalari va yaproqlari, o’tgan bahorning mahsuloti kabi, yashindek bir tezlik ila ijodlari; ham u bahorning mabda`lari bo’lmish hadsiz urug’chalarning, danaklarning, ildizlarning birdan barobar uyg’onishlari va ochilishlari va jonlanishlari; ham suyaklardan iborat bo’lib oyoqda turgan o’liklar kabi jamiki daraxtlarning janozalari bir amr ila birdaniga "Ba`su ba`dal mavt"ga mazhariyatlari va nashrlari; ham jajji hayvonot toifalarining hadsiz a`zolarining nihoyat darajada san`atli bir shaklda tirilishlari; ham bilxossa chivinlar qabilalarining hashrlari va bilxossa doimo yuzini, ko’zini, qanotini tozalamoq ila bizga tahoratni va poklikni eslatgan va yuzimizni siypalagan ko’zimiz o’ngidagi qabilaning bir yilda nashr bo’lgan a`zolari bani Odamning Odam zamonidan beri kelgan umum kishilaridan ortiq bo’lgani holda, har bahorda boshqa qabilalar ila barobar bir necha kun ichida insholari va tirilishlari, hashrlari albatta Qiyomatda inson jasadlarining inshosiga bir misol emas, balki minglab misoldirlar.
Ha, dunyo hikmat yeri va oxirat qudrat yeri bo’lganidan dunyoda Hakiym, Murattib, Mudabbir, Murabbiy kabi ko’p ismlarining taqozosi ila dunyoda narsalarning ijodi bir daraja tadrijiy va vaqt bilan bo’lishi Rabboniy hikmatning taqozosi bo’lgan. Oxiratda esa, hikmatdan ziyoda qudrat va rahmatning namoyon bo’lishlari uchun moddaga va muddatga va zamonga va kutishga ehtiyoj qoldirmasdan birdan narsalar insho etiladi. Bu yerda bir kunda va bir yilda qilingan ishlar oxiratda bir onda, bir lahzada inshosiga ishoratan Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayon وَمَا اَمْرُ السَّاعَةِ اِلاَّ كَلَمْحِ الْبَصَرِ اَوْ هُوَ اَقْرَبُ farmon qilar.
Agar Hashrning kelishini kelgusi bahorning kelishi kabi qat`iy bir suratda anglashni istasang, hashrga doir O’ninchi So’z bilan Yigirma To’qqizinchi So’zga diqqat ila boq, ko’r. Agar bahorning kelishi kabi ishonmasang, kel, barmog’ingni ko’zimga suq.
To’rtinchi masala bo’lgan dunyoning o’limi va qiyomatning kelishi esa: Bir onda bir sayyora yoki bir dumli yulduzning Rabboniy amr ila kurramizga, musofirxonamizga urilishi bu xonamizni xarob qila olar. O’n yilda barpo qilingan bir saroyning bir daqiqada xarob bo’lmog’i kabi...
Аудио мавжуд эмас