So’zlar | o’ninchi so’z | 83
(38-89)
Ham hech qabulmidirki, hayotning eng juz`iyining juda yashirin ovozini eshitsin, dardini tinglasin va darmon bersin va nozini bajarsin va mukammal diqqat va ahamiyat ila parvarish va unga diqqat ila xizmat ettirsin va buyuk maxluqotini unga xizmatkor qilsin. Va so’ngra eng buyuk va qiymatdor va boqiy va nozdor bir hayotning ko’k sadosi kabi yuksak ovozini eshitmasin va uning juda ahamiyatli baqo duosini va nozini va niyozini nazarga olmasin. Xuddiki bir askarning mukkammal diqqat ila jihozlash va idorasini bajarsin. Va mute va muhtasham qo’shiniga hech qaramasin.. va zarrani ko’rsin, Quyoshni ko’rmasin.. pashshaning ovozini eshitsin, ko’k sadosini eshitmasin? Aslo.. yuz ming marta aslo!..
Ham hech bir jihat ila aql qabul etarmikin, hadsiz rahmatli, muhabbatli va nihoyat darajada shafqatli va o’z san`atini juda sevgan va o’zini juda sevdirgan va o’zini sevganlarni ziyoda sevgan bir Zoti Qodiyri Hakiym eng ziyoda o’zini sevgan va sevimli va sevilgan va Sone`ini fitratan parastish etgan hayotni va hayotning zoti va javhari bo’lgan ruhni abadiy o’lim ila yo’q qilib, o’zidan u sevgili sevganini va habibini abadiy bir suratda nafratlantirsin, yuz o’girtirsin, dahshatli ranjida etib rahmatining sirini va muhabbatining nurini inkor etsin va ettirsin? Yuz ming marta yo’q va aslo!.. Bu koinotni jilvasi ila bezagan mutlaq bir jamol va umum maxluqotni sevintirgan mutlaq bir rahmat bunday hadsiz bir chirkinlikdan va mutlaq yomonlikdan va bunday mutlaq bir zulmdan, bir marhamatsizlikdan albatta nihoyatsiz daraja pokdir va muqaddasdir.
NATIJA: Modomiki dunyoda hayot bor, albatta insonlardan hayotning sirini anglaganlar va hayotini suiiste`mol etmaganlar baqo olamida va Boqiy Jannatda boqiy hayotga mazhar bo’ladilar. Amanna.
Va ham qandayki yer yuzida bo’lgan porloq narsalarning Quyoshning akslari ila porlashlari va dengizlarning yuzlarida pufakchalari ziyoning yog’dulari ila porlab so’nishlari, orqalaridan kelgan pufakchalar yana xayoliy quyoshchalarga oynalik etishlari shubhasiz ko’rsatadiki, u yog’dular yuksak bitta Quyoshning akslanish jilvalaridir va Quyoshning vujudini turli tillar ila yod etadilar va ishiq barmoqlari ila unga ishora etadilar. Xuddi shuning kabi: Zoti Hayyi Qayyumning Muhyi ismining a`zamiy jilvasi ila quruqlik yuzida va dengizning ichida jonlilarning Ilohiy qudrat ila porlab, orqalaridan kelganlarga yer bermoq uchun "Yo Hayy!" deb g’ayb pardasida yashirinishlari abadiy bir hayot sohibi bo’lgan Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodatlar, ishoralar etganlari kabi.. umum mavjudotning nizomida asari ko’ringan Ilohiy ilmga shahodat etgan butun dalillar va koinotga tasarruf etgan qudratni isbot etgan butun burhonlar va nizom va koinot idorasida hukmron etgan iroda va xohishni isbot etgan butun hujjatlar va Rabboniy kalom va Ilohiy vahiyning madori bo’lgan risolatlarni isbot etgan butun alomatlar, mo’`jizalar va hokazo yetti Ilohiy sifatlarga shahodat etgan butun dalillar ittifoq ila Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga dalolat, shahodat, ishora etadilar. Chunki, qandayki bir narsada ko’rmoq bo’lsa, hayoti ham bor. Eshitmoq bo’lsa, hayotning alomatidir. Gapirmoq bo’lsa, hayotning vujudiga ishora etadi. Ixtiyor, iroda bo’lsa hayotni ko’rsatadi.. aynan shuning kabi bu koinotda asarlari ila vujudlari muhaqqaq va shubhasiz bo’lgan mutlaq qudrat va hamma narsani qamragan iroda va bepoyon ilm kabi sifatlar butun dalillari ila Zoti Hayyi Qayyumning hayotiga va vujubi vujudiga shahodat etadilar va butun koinotni bir soyasi bilan ishiqlantirgan va bir jilvasi ila butun oxirat diyorini zarralari ila barobar hayotlantirgan sarmadiy hayotiga shahodat etadilar.
Аудио мавжуд эмас