So’zlar | o’ninchi so’z | 80
(38-89)
Va bu qiymatli, sevimli do’stlaridan ham, ularning imomi va faxri bo’lmish Muhammad Alayhissolatu Vassalamni tanlab olib, ahamiyatli Yer Kurrasining yarmisini va ahamiyatli navi insonning beshdan birisini uzun asrlarda uning nuri ila nurlantirmoqda. Xuddi bu koinot uning uchun yaratilgandek, jamiki g’oyalarini u orqali va uning dini ila va Qur`oni ila namoyon etmoqda. Va u g’oyat qiymatli va millionlar sana yashaydigan qadar hadsiz xizmatlarining haqlarini cheksiz bir zamonda olmoqqa haqdor va loyiq ekan, g’oyat mashaqqatlar va mujohadalar ichida oltmish uch yil kabi qisqacha bir umr berilgan. Ajabo, hech bir jihat ila hech bir imkoni, hech bir ehtimoli va hech bir qobiliyati bormiki, u zot barcha o’xshashlari va do’stlari bilan birga tirilmasin va hozir ham ruhan tirik va hayot bo’lmasin? Abadiy yo’qlik ila mavh bo’lgan bo’lsin? Aslo, yuz ming karra yo’q va aslo! Ha, butun koinot va olam haqiqati tirilishini da`vo qilar va hayotini Sohibi Koinotdan talab etmoqda.
Va modomiki Yettinchi Shua bo’lgan "Oyat-ul Kubro"da har biri bir tog’ quvvatida o’ttiz uch adad azim ijmo` isbot etganlarki: Bu koinot bir qo’ldan chiqqan va yagona bir zotning mulkidir. Va Alloh kamolotining sababchisi bo’lgan vahdatini va ahadiyatini ochiq-oydin ko’rsatganlar va vahdat va ahadiyat ila butun koinot u Zoti Vohidning amrbardor askarlari va musahhar ma`murlari hukmiga o’tadilar va oxiratning kelishi bilan kamoloti sukutdan va mutlaq adolati masxarali cheksiz zolimlikdan va umumiy hikmati safohatkorona g’oyasizlikdan va poyonsiz rahmati lahiyona azobdan va qudratining izzati zalilona ojizlikdan qutuladilar, muqaddas bo’ladilar. Albatta va albatta va har holda, Allohga iymonning yuzlab nuktalaridan yuqorida sanalgan sakkiz "modomiki"lardagi haqiqatlarning taqozosi ila qiyomat kelajak, hashr va nashr bo’lajak, jazo va mukofot uyi ochilajak. Toki Zaminning mazkur ahamiyati va markaziyati hamda inson ahamiyati va qiymati haqiqiy suratda yuzaga chiqa olsin va Arz va insonning Xoliqi va Rabbi bo’lgan Mutasarrifi Hakiymning mazkur adolati, hikmati, rahmati, saltanati qaror topa olsin va u Boqiy Rabbning mazkur haqiqiy do’stlari va mushtoqlari abadiy yo’q bo’lib ketishdan xalos bo’lsin va u do’stlarning eng ulug’i va eng qiymatlisi, butun koinotni mamnun va minnatdor etgan muqaddas xizmatlarining mukofotini ko’rsin va Sultoni Sarmadiyning kamoloti nuqson va kamchilikdan va qudrati ojizlikdan va hikmati safohatdan va adolati zulmdan tanazzuh va taqaddus va tabarri etsin.
Al-hosil: Modomiki Alloh bor, albatta oxirat bordir...
Ham qandayki mazkur uch iymon ruknlari ularni isbot etgan butun dalillari ila hashrga shahodat va dalolat etarlar, xuddi shuning kabi وَ بِمَلئِكَتِهِ وَ بِالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَ شَرِّهِ مِنَ اللّهِ تَعَالَى bo’lgan ikki iymoniy rukn ham hashrni lozim tutib quvvatli bir suratda baqo olamiga shahodat va dalolat qilarlar. Shundayki:
Malaklarning borligini va ubudiyat vazifalarini isbot etgan barcha dalillar va hadsiz mushohadalar, aytilgan so’zlar hammasi ruhlar olamining va g’ayb olamining va baqo olamining va oxirat olamining va kelajakda insu jinlar ila jonlantiriladigan Saodat Yurtining, Jannat va Jahannamning vujudlariga dalolat qilarlar.
Аудио мавжуд эмас