So’zlar | o’ninchi so’z | 77
(38-89)
Ajabo, birgina oyatining birgina ishorasi ko’zimiz o’ngida Islomiy ilmlarda turli-tuman ilmiy, kavniy haqiqatlarni meva bergan bir kitobning shahodatlari ila va da`volari ila quyosh kabi ko’ringan hashr iymonining yolg’on bo’lishi Quyoshning inkori, balki koinotning yo’qligiday hech bir imkon jihati bormi va yuz daraja mahol va botil bo’lmasmi? Ajabo, bir sultonning birgina ishorasi yolg’on bo’lmasligi uchun ba`zan bir qo’shin harakat etib urushga kirgani holda, u juda jiddiy va izzatli sultonning minglab so’zlari va va`dalari va qo’rqitishlarini yolg’onga chiqarmoq hech bir jihat ila mumkinmidir va haqiqatsiz bo’lishi mumkinmidir?
Ajabo, o’n uch asrda to’xtovsiz ravishda son-sanoqsiz ruhlarga, aqllarga, qalblarga, nafslarga haq va haqiqat doirasida hukm etgan, tarbiya va idora qilgan bu ma`naviy shonli Sultonning birgina ishorasi bunday bir haqiqatni isbot etmoqqa kifoya ekan, minglab ochiq anglatishlar ila bu hashrga oid haqiqatni ko’rsatib isbot qilgandan so’ng, u haqiqatni tanimagan bir johil ahmoq uchun Jahannam azobi lozim bo’lmasmi va ayni adolat bo’lmasmi?
Ham bittadan zamonga va davrga hukm etgan butun samoviy sahifalar va muqaddas kitoblar ham butun istiqbolga va umum zamonlarga hukmron bo’lgan Qur`onning tafsillar ila, izohlar ila, takror ila bayon va isbot qilgan hashrga oid haqiqatni asrlariga va zamonlariga ko’ra u haqiqatni qat`iy qabul ila barobar, tafsilotsiz va pardali va muxtasar bir suratda bayon, faqat quvvatli bir tarzda da`vo va isbotlari Qur`onning da`vosini minglab imzo ila tasdiq qilarlar.
Bu bahs munosabati ila Munojot Risolasining oxirida “Iymoni bil-yavmil-axir” rukniga boshqa ruknlarning, xususan "Rusul" va "Kutub" shahodatini munojot suratida zikr etilgan juda quvvatli va xulosali va butun vahimalarni ketkazadigan bir hashrga oid hujjat aynan bu yerga kiritilayotir. Shundayki: Munojotda degan:
Ey Rabbi Rahiymim! Rasuli Akramingning ta`limi ila va Qur`oni Hakimning darsi ila angladimki, boshda Qur`on va Rasuli Akraming bo’lib butun muqaddas kitoblar va payg’ambarlar, bu dunyoda va har tarafda namunalari ko’rilgan jalolli va jamolli ismlaringning ko’rinishlari yanada porloq bir shaklda abad-ul obodda davom etajagiga va bu foniy olamda rahiymona jilvalari, namunalari ko’rilayotgan ehsonlaringning yanada porloq bir tarzda Dori Saodatda davom etmog’iga va baqosiga va bu qisqa dunyoviy hayotda ularni zavq ila tomosha qilayotgan va muhabbat ila oshno bo’layotgan mushtoqlarning abadiy hayotda ham do’st bo’lib qolmoqlariga va birga bo’lmoqlariga ijmo` va ittifoq ila shahodat va dalolat va ishora qilarlar.
Ham yuzlab yaqqol mo’`jizalaringga va qat`iy oyatlaringga tayangan holda, boshda Rasuli Akram va Qur`oni Hakiming bo’lib barcha nuroniy ruhlarning sohiblari bo’lmish payg’ambarlar va barcha munavvar qalblarning qutblari bo’lmish valiylar va jamiki o’tkir va nurli aqllarning ma`danlari bo’lmish siddiqiynlar, barcha samoviy sahifalarda va muqaddas kitoblarda sening takror-takror qilgan minglab va`dalaringga va qo’rqitishlaringga suyangan holda; ham sening qudrat, rahmat, inoyat va hikmat va jalol va jamol kabi oxiratni taqozo etuvchi muqaddas sifatlaringga, ishlaringga va sening jaloling izzatiga va rububiyating saltanatiga e`timod etgan holda; ham oxirat izlarini va tomchilarini bildirgan hadsiz kashfiyotlaringga va mushohadalaringga va ilmalyaqiyn va aynalyaqiyn darajasidagi e`tiqod va iymonlariga binoan abadiy saodatni insonlarga xushxabarini bildirmoqdalar. Zalolat ahli uchun Jahannam va hidoyat ahli uchun Jannat borligini xabar berib e`lon qilmoqdalar. Mustahkam iymon etib shahodat etmoqdalar.
Аудио мавжуд эмас