So’zlar | o’ninchi so’z | 79
(38-89)
Ham modomiki bahor faslida zaminning tor sahifasida xatosiz yuz ming kitobni ichida yozgan bir qudrat qalami ko’z o’ngimizda tinimsiz ishlamoqda. Va u qalam egasi yuz ming karra ahd va va`da qilganki: "Bu tor joyda va qorishiq va bir-biri ichida yozilgan bahor kitobidan yanada oson bo’lib keng bir yerda go’zal va o’lmas bir kitob yozajakman va sizlarga o’qittirajakman",- deya butun farmonlarida u kitob haqida bahs yuritgan ekan, albatta va har holda, u kitobning asli yozilgan, hashr va nashr ila izohlari ham yozilajak! Va barchaning amallar daftari unda qayd etilajak.
Ham modomiki bu Zamin maxluqotining ko’pligi jihati ila va doimo o’zgargan yuz minglab turli tuman hayot va ruh sohiblari navlarining maskani, manbai, fabrikasi, namoyishgohi bo’lishi e`tibori ila bu koinotning qalbi, markazi, xulosasi, natijasi, yaratilish sababi bo’lib g’oyat buyuk shunday bir ahamiyati borki, kichikligi ila barobar ulkan samavotga qarshi teng qo’yilgan. Samoviy farmonlarda doimo: رَبُّ السَّموَاتِ وَ اْلاَرْضِ deyiladi. Va modomiki bu mohiyatdagi Zaminning har tarafiga hukm etgan va aksar maxluqotni tasarruf qilgan va aksar jonli mavjudotini bo’yinsundirib o’z atrofiga to’plattirgan va aksar san`atli asarlarini o’z istaklarining andozasi ila va ehtiyojlarining dasturlari ila shunday chiroyli ravishda tartiblar va namoyish etar va ziynatlar va g’oyat antiqa navlarini ro’yxat kabi bittadan yerlarda shunday jamlab bezantirarki, nafaqat ins va jinning nazarlarini, balki samavot ahlining hamda koinotning diqqat nazarlarini va taqdirlarini va koinot sohibining tahsin nazarlarini jalb etmoq ila g’oyat buyuk bir ahamiyat va qiymat olgan va bu jihatdan bu koinot yaratilishining hikmati va buyuk natijasi va qiymatli mevasi va Yerning xalifasi bo’lganini fanlari, san`atlari ila ko’rsatgan... va dunyo jihatida Sone`i Olamning mo’`jizali san`atlarini g’oyat go’zal ravishda namoyish qilgani va bir nizom berayotgani uchun isyon va kufri ila barobar dunyoda qoldirilgan va azobi kechiktirilgan va bu xizmati evaziga muxlat berilib mavaffaqiyat ko’rgan navi bani Odam bor.
Va modomiki bu mohiyatdagi navi Bani Odam tabiat va xilqat e`tibori ila g’oyat zaif va ojiz va g’oyat ojizligi va faqirligi ila barobar hadsiz ehtiyojlari va alamlari bo’lgani holda butun-butun quvvatidan va ixtiyoridan ustun bo’lib ulkan Yer Kurrasini shu navi insonga lozim bo’lgan har navi ma`danlarga kon va har turli taomlarga ombor va navi insonning xushiga yoqadigan har turli mollarga bir do’kon suratiga keltirgan g’oyat kuchli va hikmatli va shafqatli bir mutasarrif borki, bunday navi insonga boqmoqda, parvarish qilmoqda, istaganini bermoqda.
Va modomiki haqiqatdagi bir Rab; ham insonni sevar, ham o’zini insonga sevdirar; ham boqiydir, ham boqiy olamlari bor; ham adolat ila ish ko’rar va hikmat ila har narsani qilar. Ham bu qisqa dunyoviy hayotda va bu qisqagina bashar umrida va bu vaqtinchalik va foniy zaminda u Hokimi Azaliyning saltanatining hashamati va hokimiyatining sarmadiyati yerlasholmayotir. Va navi insonda sodir bo’lgan va koinotning intizomiga va adolat va muvozanalariga va nuqsonsiz jamoliga zid va qarshi juda katta zulmlari va isyonlari hamda valine`matiga va uni shafqat ila parvarish etganga qarshi xiyonatlari, inkorlari, kufrlari bu dunyoda jazosiz qolib, g’addor zolim rohat ila hayotini va bechora mazlum mashaqqatlar ichida umrlarini kechirmoqdalar. Va umum koinotga asarlari ko’ringan shu mutlaq adolatning mohiyati esa tirilmaslik surati ila u g’addor zolimlarning va ma`yus mazlumlarning vafot ichidagi tengliklariga butun-butun ziddir, ko’tarmas, izn bermas!
Va modomiki, qandayki koinotning sohibi koinotdan zaminni va zamindan navi insonni tanlab olib g’oyat buyuk bir maqom, bir ahamiyat bergan. Xuddi shuning kabi, navi insondan ham rububiyatining maqsadlariga muvofiq kelgan va o’zlarini iymon va taslim ila unga sevdirgan haqiqiy insonlar bo’lgan anbiyo va avliyo va asfiyolarni tanlab olib o’ziga do’st va suhbatdosh qilib, ularni mo’`jizalar va tavfiqlar ila ikrom va dushmanlarini samoviy ta`zirlar ila azob bermoqda...
Аудио мавжуд эмас