So’zlar | o’ninchi so’z | 81
(38-89)
Chunki malaklar bu olamlarni Allohning izni ila ko’ra oladilar va kirarlar va Hazrati Jabroil yanglig’, insonlar ila ko’rishgan jamiki Maloika-i Muqarrabin mazkur olamlarning vujudlarini va ular ularda sayr qilganliklarini ittifoqan xabar beradilar. Ko’rmaganimiz Amriqo qit`asininig mavjudligini u yerdan kelganlarning xabarlari ila yaqqol bilganimiz kabi, yuz tavotur quvvatidagi bo’lgan malaklarning xabarlari ila Baqo Olamining va Oxirat Yurtining va Jannat va Jahannamning borliklariga o’sha qat`iyatda iymon keltirmoq kerakdir va shunday ham iymon keltiramiz.
Ham Yigirma Oltinchi So’z bo’lgan Risola-i Qadarda “Iymoni bilqadar” ruknini isbot etgan butun dalillar hashrga va amallar daftarining nashriga va mezoni akbardagi amallarning muvozanatiga dalolat qilarlar. Chunki har narsaning taqdirini ko’zimiz o’ngida nizom va mezon lavhalariga qayd etmoq va har jonzotning hayot sarguzashtlarini quvva-i hofizalarida va urug’larida va boshqa misoliy lavhalarida yozmoq va har ruh egasining, xususan insonlarning amallar daftarini hifzlangan lavhalarda o’zidek ko’chirmoq, o’tkazmoq albatta shunday ihotali qadar va hakiymona bir taqdir va mudaqqiqona bir qayd va hafiyzona bir kitobat faqat Mahkama-i Kubroda umumiy bir muhokama natijasida doimiy bir mukofot va jazo uchun bo’lishi mumkin. Yo’qsa u ihotali va nozikdan nozik bo’lgan qayd va muhofaza butun-butun ma`nosiz, foydasiz qolar. Hikmatga va haqiqatga zid bo’lar. Ham hashr kuni kelmasa, qadar qalami ila bitilgan bu koinot kitobining butun shubhasiz ma`nolari buzilarki, hech bir jihat imkoni bo’lolmas va u ehtimol bu koinotning borligini inkor kabi mahol, balki bir bema`nilik bo’lar.
Al-hosil: Iymonning besh rukni butun dalillari ila hashr va nashrning sodir bo’lishiga va vujudiga va Oxirat Yurtining borligiga va ochilmog’iga dalolat etib istarlar va shohidlik bildirib talab qilarlar. Xullas, hashr haqiqatining azamatiga to’la muvofiq bunday azamatli va tebranmas tayanch va burhonlar mavjudligi uchundirki Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning qariyb uchdan birisi hashr va oxiratni tashkil etadi va uni butun haqiqatlariga poydevor va ussul asos qiladi va har narsani uning ustiga bino etadi.

(Muqaddima nihoyasiga yetdi.)
Аудио мавжуд эмас