So’zlar | o’ninchi so’z | 78
(38-89)
Ey Qodiyri Hakiym! Ey Rahmoni Rahiym! Ey Sodiq-ul Va`d-il Kariym! Ey izzat va azamat va jalol sohibi Qahhori Zuljalol!..
Bu qadar sodiq do’stlaringni va bu qadar va`dalaringni va bunday sifat va ishlaringni yolg’onga chiqarmoq, takzib etmoq va rububiyat saltanatingning qat`iy taqozo qilgan narsalarini yolg’onga chiqarib ado qilmaslik va sen sevgan va ular ham seni tasdiqlash va senga itoat etish ila o’zlarini senga sevdirgan hadsiz maqbul qullaringning oxiratga taalluqli nihoyatsiz duolarini va da`volarini rad etmoq, tinglamaslik, kufr va isyon ila va seni va`dalaringda yolg’onga chiqarish ila sening kibriyongning azamatiga tegib ketadigan va jalolingning izzatiga tegizadigan va uluhiyatingning haysiyatiga tegilgan va rububiyatingning shafqatini ranjitgan zalolat ahlini va kufr ahlini hashrning inkorida ularni tasdiqlashdan yuz minglab daraja muqaddassan va hadsiz daraja munazzah va oliysan. Bunday nihoyatsiz bir zulmdan va behad bir xunuklikdan sening u cheksiz adolatingni va nihoyatsiz jamolingni va hadsiz rahmatingni benihoyat daraja muqaddas tutamiz. Va butun quvvatimiz ila iymon keltiramizki, u yuz minglab sodiq elchilaring va u hadsiz to’g’ri saltanat dalolatchilaring bo’lmish anbiyo, asfiyo, avliyolaring haqqalyaqiyn, aynalyaqiyn, ilmalyaqiyn suratida sening uxroviy rahmat xazinalaringga, baqo olamidagi ehsonlaringning dafinalariga va saodat yurtida batamom namoyon bo’luvchi go’zal ismlaringning g’aroyib go’zal jilvalariga shahodatlari haq va haqiqatdir va ishoratlari to’g’ri va uyg’undir va bashoratlari sodiq va sodir bo’lgandir. Va ular butun haqiqatlarning manbai va quyoshi va homiysi bo’lgan "Haq" ismingning eng buyuk bir shuasi bu hashrga oid eng buyuk haqiqat bo’lganiga iymon keltirib, sening amring ila sening qullaringga haq doirasida dars bermoqdalar va haqiqatning o’zginasi bo’lib ta`lim bermoqdalar. Yo Rab! Bularning dars va ta`limlarining haqqi-hurmati uchun bizga va Risola-i Nur talabalariga iymoni komil va husni xotima ber. Va bizlarni ularning shafoatlariga noil ayla, omin...
Ham qandayki Qur`onning, balki butun samoviy kitoblarning haqqoniyatini isbot etgan barcha dalil va hujjatlar hamda Habibullohning, balki butun payg’ambarlarning nubuvvatlarini isbot etgan barcha mo’`jiza va burhonlar eng katta muddaolari bo’lgan oxiratning haqiqatlashishiga qanday dalolat qilsalar, xuddi shuningdek Vojib-ul Vujudning borligiga va birligiga shahodat etgan aksar dalil va hujjatlar ham rububiyat va uluhiyatning eng buyuk madori va mazhari bo’lgan saodat yurtining va baqo olamining borligiga, ochilmog’iga shunday shahodat etadilar. Chunki kelasi maqomlarda bayon va isbot etilishi kabi Zoti Vojib-ul Vujudning ham mavjudiyati, ham umum sifatlari, ham aksar ismlari, ham rububiyat, uluhiyat, rahmat, inoyat, hikmat, adolat singari vasflari, ishlari lozim darajada oxiratni taqozo va vujub darajasida boqiy bir olamning kerakligini ko’rsatadi va zarurat darajasida mukofot va jazo uchun hashrni va nashrni istaydilar. Ha, modomiki azaliy, abadiy bir Alloh bor, albatta uluhiyati saltanatining bitmas-tuganmas madori bo’lgan oxirat bordir. Va modomiki bu koinotda va jonzotlarda g’oyat hashamatli va hikmatli va shafqatli mutlaq bir rububiyat bor va ko’rinmoqda. Albatta, u rububiyatning hashamatini tubanlikdan va hikmatini g’oyasizlikdan va shafqatini xoinlikdan qutqargan abadiy bir saodat yurti bo’lajak va kirilajak.
Ham modomiki ko’z ila ko’ringan bu hadsiz in`omlar, ehsonlar, lutflar, karamlar, inoyat va rahmatlar g’ayb pardasi orqasida bir Zoti Rahmoni Rahiymning borligini so’nmagan aqllarga, o’lmagan qalblarga ko’rsatar. Albatta, in`omni masxara qilishdan va ehsonni aldatmoqdan va inoyatni adovatdan va rahmatni azobdan va lutfu karamni xoinlikdan xalos etgan va ehsonni ehson va ne`matni ne`mat etgan boqiy bir olamda boqiy bir hayot bor va bo’lajakdir.
Аудио мавжуд эмас