So’zlar | o’ninchi so’z | 76
(38-89)
Masalan der: "Bu xotinim abadiy bir olamda, abadiy bir hayotda doimiy bir rafiqa-i hayotimdir. Hozircha keksa va xunuk bo’lgan bo’lsa zarari yo’q. Chunki abadiy bir go’zalligi bor, keladi. Va shunday doimiy do’stlikning haqqi-hurmati uchun har qanday fidokorlikni va marhamatni qilaman",- deya u kampiriga go’zal bir huriy kabi muhabbat, shafqat va marhamat ila muomala qilar. Aks holda, qisqacha bir-ikki soat suriy va vaqtinchalik va asossiz, hayvon kabi bir jinsiy shafqat ma`nosida va bir majoziy marhamat va sun`iy bir hurmat bera olar. Va hayvonotda bo’lgani kabi boshqa manfaatlar va boshqa g’olib hislar u hurmat va marhamatni mag’lub etib, u dunyo jannatini jahannamga aylantirar.
Xullas, hashrga iymonning yuzlab natijalaridan birisi insonning ijtimoiy hayotiga taalluqlidir. Va shu birgina natijaning ham yuzlab jihat va foydalaridan mazkur to’rt dalilga boshqalari qiyoslansa anglashilarki: Hashr ila bog’liq haqiqatning yuzaga kelishi va sodir bo’lishi insoniyatning yuksak haqiqati va kulliy hojati darajasida qat`iydir. Balki insonning me`dasidagi ehtiyojning mavjudligi taomlarning vujudiga dalolat va shahodatidan yanada zohirdir va yanada ziyoda haqiqatlashishini ko’rsatar. Va agar bu hashrga oid haqiqatning natijalari insoniyatdan chiqsa u juda muhim va yuksak va hayotbaxsh bo’lgan insoniyat mohiyati xuddi murdor va mikrob bosgan sassiq go’sht hukmiga sukut etishini isbot etar. Insoniyatning idora va axloq va ijtimoiyati ila g’oyat aloqador bo’lgan ijtimoiyun va siyosiyun va axloqiyunning quloqlari jaranglasin! Kelsinlar, bu bo’shliqni nima bilan to’ldira oladilar va bu og’ir yaralarni nima bilan davolay oladilar?
IKKINCHI NUQTA: Hashr haqiqatining hadsiz burhonlaridan boshqa iymon ruknlaridan kelgan shahodatlarning xulosasidan tug’ilgan bir burhonni g’oyat muxtasar bir suratda bayon qilar. Shundayki:
Hazrati Muhammad Alayhissolatu Vassalamning risolatiga dalolat etgan butun mo’`jizalari va butun nubuvvat dalillari va haqqoniyatining butun burhonlari birdan hashr haqiqatining haqqoniyatiga shahodat etib isbot etarlar. Chunki bu zotning butun hayotida butun da`volari vahdoniyatdan so’ng hashr masalasida yig’iladi. Ham umum payg’ambarlarni tasdiq etgan va ettirgan butun mo’`jizalari va hujjatlari ayni haqiqatga shahodat etar. Ham وَ بِرُسُلِهِ kalimasidan kelgan shahodatni yaqqollik darajasiga chiqargan وَ كُتُبِهِ shahodati ham ayni haqiqatga shahodat etar. Shundayki:
Boshda Qur`oni Mo’`jiz-ul Bayonning haqqoniyatini isbot etgan butun mo’`jizalari, hujjatlari va haqiqatlari birdan hashr haqiqatining haqqoniyatiga va sodir bo’lishiga shahodat etib isbotlaydilar. Chunki Qur`onning deyarli uchdan bir qismi hashrdir va aksar qisqa suralarining boshlari g’oyat quvvatli hashriy oyatlar bilan boshlanadi. Sarihan va ishoratan minglab oyatlari ila ayni haqiqatni xabar berar, isbot etar, ko’rsatar. Masalan
اِذَا الشَّمْسُ كُوِّرَتْ ❊ يَا اَيُّهَا النَّاسُ اتَّقُوا رَبَّكُمْ اِنَّ زَلْزَلَةَ السَّاعَةِ شَيْءٌ عَظِيمٌ ❊ اِذَا زُلْزِلَتِ اْلاَرْضُ زِلْزَالَهَا ❊ اِذَا السَّمَاءُ انْفَطَرَتْ ❊ اِذَا السَّمَاءُ انْشَقَّتْ ❊ عَمَّ يَتَسَاءَلُونَ ❊ هَلْ اَتَيكَ حَدِيثُ الْغَاشِيَةِ
kabi o’ttiz-qirq suralarning boshlarida butun qat`iyat ila hashrning haqiqatini koinotning eng ahamiyatli va vojib bir haqiqati bo’lganini ko’rsatmoq ila barobar boshqa oyatlar ham u haqiqatning turli-tuman dalillarini bayon etib ishontirar.
Аудио мавжуд эмас